JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Oʻqish va yozish amaliyoti
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
talabalarga oʻqish va yozish amaliyoti hаqidа tushunchа, uning oʻqituvchi fаоliyatidа tutgаn oʻrni, oʻqish va yozish fаnining vаzifаlаri, oʻqituvchi oʻqish va yozish koʻnikmalarini rivоjlаntirish usullari, tаʼlim jаrаyonidа oʻqituvchigа qoʻyilаdigаn tаlаblаr vа ijоdiy kаyfiyatni bоshqаrish yoʻllаri hаqidа bilishi va ulardan foydalana olishi; B1daraja talabiga javob beruvchi matnlarni oʻqish; B2 daraja talabiga javob beruvchi matnlarni tushunish; turli mavzularga oid matnlarni yoza olish mahoratiga ega boʻlish; egallangan oʻqish va yozish koʻnikmalarini kasbiy va ilmiy faoliyatda erkin qoʻllay olishlarini taʼminlash; ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, baholash va baholashga taʼsir qiluvchi omillarni tavsiflash.
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- oʻqish va yozish koʻnikmalarining ahamiyati va ularga taʼsir qiluvchi omillar haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- akademik muvaffaqiyat uchun zarur boʻlgan asosiy grammatika va soʻz boyligi boʻyicha bilimlarni egallashlari lozim;
- ilmiy matn va nashriyotlarni oʻqish va tahlil qilish usullari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- turli yozma matnlarni yaratish usullari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
- madaniy ong va turli madaniyatlar haqida bilimga ega boʻlishlari kerakni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- oʻqish va yozish koʻnikmalrini amalda qoʻllash, matnlarini oʻqish, tushunish va tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantirish ;
- oʻz fikrlarini yozma ravishda aniq va ravon ifodalash koʻnikmalariga ega boʻlish ;
- turli yozma matnlarni tahlil qilish , berilgan yozma maʼlumotlarni tahlil qilish, baholash ;
- oʻz fikrini dalillar asosida isbotlash va bularni yozma bayon eta olish ;
- rasmiy va norasmiy xatlarni yoza olish ;
- rasmiy va norasmiy matnlarni yoza olish ;
- madaniy sezgirlikni rivojlantirish va turli madaniy kontekstlarni oʻqib tahlil qila olish va oʻz fikrini yozma bayon eta olish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, keys-stadi yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Kashyap & Dyquisto, Writing, Reading, and College Success: A First-Year Composition Course for All Learners, darslik, LibreTexts, 2020, 618 pp
- Stephen Bailey, Academic Writing A handbook for International Students, darslik, Routledge, 2020, 663 pp
- Jennifer Bixby & Jaimie Scanion, Skillful, Reading and Writing book 3, darslik, Macmillan, 2017, 190pp
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- British Council, English for Academics 1 and 2nd. British Council, darslik, 2016, 175 pp
- William Grabe & Fredricka L. Stoller, Teaching and Researching Reading (Applied Linguistics in Action series) – 3rd Edition, darslik , 2020, 334 pp
- I. S. P. Nation, Teaching ESL/EFL Reading and Writing (ESL & Applied Linguistics Professional Series), Routledge, part of Taylor & Francis, darslik, 2020, 212 pp
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi (yozma) semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashgʻuloti vaqtida olinadi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-14 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 5 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | yozma | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 8-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | test | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
sevara.ruzmatova@mail.ru |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) S.Dadabayev Fakultet dekani (IT va ijtimoiy-gumanitar) |
(imzo) D.Egamnazarova Kafedra mudiri |
(imzo) S.Ruzmatova Fan oʻqituvchisi |
