JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Odam anatomiyasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 1
Semestr 1,2-semestr
Fan nomi Odam anatomiyasi Fan kodi АN1123011
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    8    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 240 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
120
(aud)
120
(must)
32 88
16 | 16 44 | 44

2. Fan maqsadi

talabalarda odam organizmining tuzilishi, aʼzo va toʻqimalarining funktsional va topografik anatomiyasi, yoshga qarab oʻzgarishi haqida bilim, koʻnikma (uquvlar) va malakani shakllantirishdir. Тalabalarga - anatomiya moduli, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berish, organizm tuzilishining individual va jinsiy tafovutlarini oʻrgatish, organizm tuzilishining yoshga qarab oʻzgarishini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning anatomo-topografik munosabatlarini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning rentgenoanatomiyasini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning taraqqiyotida uchraydigan nuqsonlarini oʻrgatish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, mantiqiy fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • tana, qoʻl, oyoq suyaklarini tuzilishi, sinflanishi, ahamiyati toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • kalla suyaklarini tuzilishi, sinflanishi, ulardagi teshiklar, kanallar, egatlar va ularni ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
  • boʻgʻimlarni asosiy va qoʻshimcha elementlari, biomexanikasi toʻgʻrisida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • muskullar ishi, sinflanishi, vazifasi, ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
  • hazm, nafas, siydik-tanosil aʼzolari tuzilishi, vazifasi haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
  • qon-tomir tizimi va uning ahamiyati haqida tushunchaga ega boʻlishlari kerak;
  • ichki azolar, yurak-qon tomir tizimining ontogenez davridagi koʻp uchraydigan nuqsonlar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • koʻz kosasining ostki teshigini, engak teshigini topa olishi ;
  • soʻrgʻichsimon oʻsimta sohasini topa olishi ;
  • yuz sohasidagi kontroforslarni teri orqali rentgen taʼsvirida topa olishi ;
  • boʻgʻim boʻshliqlari va shakllarini rentgen taʼsvirida topa olishi ;
  • qoʻl, oyoq, orqa, koʻkrak va qorin sohalarining asosiy yirik mushaklarning teri orqali relefini topa olishi ;
  • mimika va chaynov mushaklarini proektsiyasini topa olishi ;
  • boʻyin sohasidagi mushaklar, uchburchaklar, kletchatka boʻshliqlar va fastsiyalarni koʻrsatish ;
  • qoʻltiq osti va tirsak chuqurchalari, chov kanali, son uchburchagi va kanali, taqim osti chuqurcha, boldir sohasidagi kanallarning proektsiyasini teri orqali topa olish ;
  • oʻpka ekskursiyasini aniqlash ;
  • yurak topografiyasini aniqlash ;
  • uyqu, bilak, son va boldir arteriyalarida pulьsni, teri osti venalarini, limfa tugunlarini topa olishi kabi malakalariga (shu jumladan amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak ;
  • suyaklarni tuzilmalarni, kalla suyagi asosidagi teshiklar, kanallar va yoriqlarni koʻrsata olishni ;
  • tana har bir boʻgʻimdagi harakat oʻqlarini koʻrsata olishni ;
  • bosh (mimika va chaynov) va boʻyin sohasidagi mushkalarning oʻziga xos harakat xususiyatlarini koʻrsata olishni ;
  • ogʻiz boʻshligʻi devorlarini; tishlarni formulasini; Pirogov–Velder halqasini; meʼda topografiyasini; ingichka ichakni yoʻgʻon ichakdan farqini; jigar tuzilishi va topografiyasini; plevra qismlarini; koʻks oraligʻi qismlarini; buyraklar topografiyasini, erkaklar tanosil aʼzolari; ayollar tanosil aʼzolarini koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Anatomiya moduliga kirish. Odam skeleti haqida umumiy maʼlumot. Skeletning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Anatomiya faniga kirish. Anatomiya fanning rivojlanish tarixi
  2. Anatomiyaning asosiy boʻlimlari. Anatomiyani oʻrganish usullari
  3. Skelet xakida umumiy maʼlumotlar. Suyaklarning rivojlanishi (filogenez, ontogenez)
  4. Suyaklarning shakliga, tuzilishiga va rivojlanishiga qarab turlari (klassifikatsiyasi)
  5. Skeletning yoshga qarab oʻzgarishi
  6. Skelet taraqqiyotida uchraydigan anomaliyalar
2

1

2 Kalla suyaklarining umumiy anatomiyasi 
  1. Kalla suyaklarining tasnifi, ontogenezi
  2. Kallaning miya qismi suyaklari, ularning yoshga qarab oʻzgarishi
  3. Kallaning yuz qismi suyaklari, ularning yoshga qarab oʻzgarishi
  4. Kalla suyaklari rivojlanishida variant va anomaliyalar
2

2

3 Butun kalla. Kalla asosi va gumbazi 
  1. Kalla asosi va gumbazi
  2. Yosh bola kalla suyagining tuzilishi
  3. Кoʻz kosasi, buru boʻshligʻi hamda ularning anomal taraqqiyoti haqida maʼlumot
  4. Chakka osti chuquri. Qanot-tanglay chuquri
2

3

4 Suyaklarning birlashuvi haqidagi ilm. Birlashmalarning tasniflanishi. Boʻgʻimlarning umumiy anatomiyasi 
  1. Birlashmalarning anatomik va funktsional tasnifi
  2. Suyaklarning oʻzaro birlashuvi, choklar, boʻgʻimlar, ularning umumiy tuzililishi, solishtirma tahlil qilinadi
  3. Boʻgʻimlarning sinflanishi. Boʻgʻimlar biomexanikasi
  4. Tana suyaklari birlashuvi
  5. Rentgenosindesmologiya
2

4

5 Qoʻl va oyoq panja suyaklarining birlashuvi, ularning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Qoʻl suyaklari birlashuvi
  2. Oyoq suyaklari birlashuvi
  3. Birlashuvlarni yoshga xos xususiyatlari
2

5

6 Mushaklarning tuzilishi va ishining umumiy printsiplari. Tana mushaklari va fastsiyalari, ularning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Mushaklarning tasnifi
  2. Mushaklar tuzilishining umumiy printsipi, ularning funktsional anatomiyasi va yoshga qarab oʻzgarishi
  3. Tana mushaklari va diafragmaning functional anatomiyasi
  4. Qorin topografiyasi: qorinni oq chizigʻI, qorin toʻgʻri muskuli qini, chov kanali
2

6

7 Qoʻl va oyoq mushaklari, ularning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Qoʻlning kamar mushaklari (elka kamari)
  2. Qoʻlning erkin qismi mushaklari
  3. Chanoq mushaklari
  4. Oyoqning erkin qismi mushaklari
  5. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi
2

7

8 Bosh mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Boʻyin mushaklari, fastsiyalari. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Boʻyin topografiyasi 
  1. Mimika mushaklari
  2. Chaynov mushaklari
  3. Bosh fassiyalari
  4. Boʻyin mushaklari
  5. Boʻyin uchburchaklari
  6. Boʻyin fassiyalari
2

8

9 Qon tomirlar tizimini oʻrganishga kirish 
  1. Yurakning funktsional va yoshli anatomiyasi
  2. Aorta. Aorta ravogʻi shoxlari
  3. Bosh miyaning qon bilan taʼminlanishi
  4. Yurak anomaliyalari
2

9

10 Qoʻl va oyoq arteriyalari. Koʻkrak va qorin aortasi 
  1. Qoʻlni qon bilan taminlanishi
  2. Oyoq sohasini qon bilan taminlanishi
  3. Orqa miya va ichki aʼzolarni qon bilan taʼminlanishi
  4. Arteriya tizimining yoshga qarab oʻzgarishi
2

10

11 Vena tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi. Limfa va immun tizimining funktsional va yoshli anatomiyasi 
  1. Yuqori kovak venani irmoqlari
  2. Pastki kovak venani irmoqlari
  3. Darvoza venasini xosil boʻlishi
  4. Kava-kaval, porto-kaval, kava-porto-kaval anastomozlar va ularning klinik ahamiyati
  5. Limfa va immun tizimining anatomiyasi
  6. Limfa tugunining tuzilishi
2

11

12 Splanxnologiyaga kirish. Xazm aʼzolarining umumiy anatomiyasi 
  1. Ichki aʼzolar boʻyicha umumiy tushuncha, sinflanishi
  2. Ogʻiz boʻshligʻi, xalqum, ularning funktsional va yoshli anatomiyasi
  3. Qorin boʻshligʻi aʼzolari haqida umumiy maʼlumot
  4. Qiziloʻngach, meʼda. Ingichka va yoʻgʻon ichakning funktsional va yoshli anatomiyasi
2

12

13 Jigar, meʼda osti bezi. Qorin parda 
  1. Jigarning funktsional anatomiyasi
  2. Meʼda osti bezining funktsional anatomiyasi
  3. Qorin pardaning funktsional anatomiyasi va qorin boʻshligʻi aʼzolarining topografiyasi
  4. Xazm azolari anomaliyalari
2

13

14 Nafas aʼzolarining funktsional va yoshga oid anatomiyasi 
  1. Burun boʻshligʻI va uning ahamiyati
  2. Xiqildoq tuzilishi va ovoz paydo boʻlish jarayoni
  3. Oʻpka tuzilishi va vazifasi
  4. Plevra, koʻks oraligʻi
  5. Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar
  6. Nafas azolari anomaliyalari
2

14

15 Siydik-tanosil aʼzolarining funktsional va yoshli anatomiyasi 
  1. Buyrak topografiyasi, tuzilishi, vazifasi
  2. Buyrak qon tomirlari va nervlari
  3. Buyrak yoshga xos xususiyatlari
  4. Siydik yoʻli, siydik pufagi tuzilishi, vazifasi
  5. Buyrak va siydik pufagini yoshga xos xususiyatlari
  6. Siydik aʼzolari anomaliyalari
2

15

16 Tanosil aʼzolarining funktsional va yoshli anatomiyasi 
  1. Erkaklar tanosil azolari tuzilishi, vazifasi
  2. Ayollar tanosil azolari tuzilishi, vazifasi
  3. Oraliq va uning fatsiyalari
  4. Tanosil azolari anomaliyalari
2

16

Jami 32

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. 
  1. Skelet haqida umumiy maʼlumot. Satxlar haqida tushuncha
  2. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi
  3. Boʻyin, koʻkrak umurtqalari
  4. Bel umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari
  5. Dumgʻaza va dum suyagining tuzilishi
  6. Kifoz, lordoz, skolioz, osteomalyatsiya, osteoporoz
  7. Dumgʻaza va dum suyagining yoshga doir xususiyatlari
2

1

2 Qovurgʻalar, toʻsh suyagi va koʻkrak kafasi, ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Qovurgʻalarni xillari va tuzilishi
  2. Toʻsh suyagi tuzilishi
  3. Koʻkrak qafasi
  4. Tuberkulyozga aloqador spondilit
  5. Tana suyaklarida uchraydigan anomaliyalar
  6. ari
2

2

3 Yelka kamari va qoʻl erkin qismi suyaklari: tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Qoʻl kamari suyaklari
  2. Erkin qismi suyaklari: elka suyagi
  3. Bilak va tirsak suyaklari, qoʻ panja skeleti
  4. Yuvenil kifoz (Sheurman kasalligi)
2

3

4 Chanoq kamari suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari. Oyoq erkin qismi suyaklari: tuzilishi va ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Chanoq suyagini tuzilishi
  2. Yonbosh suyagini tuzilishi. Qov suyagini tuzilishi. Quymich suyagini tuzilishi
  3. Son suyagini tuzilishi
  4. Boldir suyaklarini tuzilishi
  5. Oyoq panja suyaklari
2

4

5 Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: tepa, peshona suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Kalla suyaklarini klassifikastiyasi
  2. Tepa suyagini tuzilishi
  3. Peshona suyagini qismlari va ularning tuzilishi
  4. Kraniosinostozlar
2

5

6 Kalla suyagi. Kalla suyagining miya qismi suyaklari: ensa va ponasimon suyaklari, ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Ensa suyagini qismlari va ularning tuzilishi
  2. Ponasimon suyak tanasi va oʻsiqlari
  3. Ponasimon suyakdagi teshik va yoriqlarni ahamiyati
2

6

7 Chakka va gʻalvir suyaklari: tuzilishi, yoshga oid xususiyatlari. 
  1. Chakka suyagi qismlari va ularning tuzilishi
  2. Chakka suyagining kanallari
  3. Gʻalvirsimon suyak plastinkalari va labirenti
  4. Gʻalvirsimon suyak ahamiyati
2

7

8 Kalla suyagining yuz qismi suyaklari. Yuqori va pastki jagʻ suyagi. Yuz sohasidagi mayda suyaklari. 
  1. Yuqori va Pastki jagʻ suyagi qismlari va ularning tuzilishi
  2. Yuqori va Pastki jagʻ suyagidagi teshiklarni ahamiyati
  3. Yuz sohasidagi mayda suyaklar
  4. Kallaning yuz qism suyaklarida uchraydigan anomaliyalar
  5. Yuqori jagʻsuyagi boʻshligʻi
  6. Bell falaji, uch shohli nerv nevralgiyasi
2

8

9 Butun kalla. Kalla suyagini asosi. Kalla suyagining topografiyasi - koʻz kosasi, burun boʻshligʻi. 
  1. Kalla suyagining tashqi asosi
  2. Kalla suyagining ichki asosi
  3. Koʻz kosasini devorlari va ahamiyati
  4. Burun boʻshligʻini devorlari va ahamiyati
  5. Yangi tugʻilgan chaqalloqning kalla suyagi: liqildoqlar, suyaklanish
2

9

10 Chakka, chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalari: devorlari, ochiladigan kanallar, teshiklar va yoriqlar, ularning klinik ahamiyati. 
  1. Kalla suyagidagi chakka chuqurchasi
  2. Chakka osti chuqurchasi, devorlari va ahamiyati
  3. Qanot-tanglay chuqurchasi: devorlari, ochiladigan kanallar, teshiklar va yoriqlar, ularning klinik ahamiyati
2

10

11 Birlashuvlar. Tana suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari. 
  1. Birlashuvlarning sinflanishi
  2. Qovurgʻalarning toʻsh suyagi bilan birlashuvi
  3. Qovurgʻalarning umurtqa pogʻonasi bilan birlashuvi
  4. Boʻgʻimlar biomexanikasi
2

11

12 Kalla suyaklarini birlashuvi va ularning bolalardagi xususiyatlari. 
  1. Kalla suyaklarini birlashuvlari: chok turlari
  2. CHakka-pastki jagʻ boʻgʻimi
  3. Boʻgʻimlarining artrografiya, KT, YaMR, MRT larda umumiy koʻrinishi
2

12

13 Elka kamari va qoʻl erkin qismi suyaklarning birlashuvi: xosil boʻlishi, tuzilishi. 
  1. Elka kamari suyaklarining birlashuvi
  2. Elka boʻgʻimi, boylamlari, biomexanikasi
  3. Tirsak boʻgʻimi, boylamlari, biomexanikasi
  4. Bilak suyaklarining oʻzaro birlashuvlari
  5. Qoʻl panjasi suyaklarining birlashuvlari
2

13

14 Chanoq kamari erkin oyoq suyaklarining birlashuvi: xosil boʻlishi, tuzilishi. 
  1. Chanoq kamari erkin oyoq suyaklarining birlashuvi: xosil boʻlishi, tuzilishi
  2. Oyoq kamari suyaklarining birlashuvi
  3. Butun chanoq
  4. Chanoq-son boʻgʻimi
  5. Tizza boʻgʻimi
  6. Boldir suyaklarining oʻzaro birlashuvlari
  7. Oyoq panjasi suyaklarining birlashuvlari
2

14

15 Gavdaning orqa guruh yuza va chuqur guruh mushaklari. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Muskullarni sinflanishi
  2. Muskullarni yordamchi apparatlari
  3. Orqaning yuza guruh mushaklari
  4. Orqaning chuqur guruh mushaklari
  5. Mushaklarni yoshga qarab oʻzgarishi
2

15

16 Koʻkrak mushaklari. Diafragma. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Koʻkrakning yuza va autoxton mushaklari
  2. Diafragma
  3. Koʻkrakning autoxton mushaklari
  4. Koʻkrak fassiyalari
2

16

17 Qorin mushaklari. Qorin topografiyasi. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Qorin mushaklari: oldingi, orqa va lateral guruh mmushaklari
  2. Qorin toʻgʻri mushagini qini
  3. Chov kanali
  4. Qorinning oq chizigʻi
2

17

18 Yelka kamari va yelka mushaklari. Bilak mushaklari va fastsiyalari. Qoʻl kafti mushaklari. Qoʻl kaftining pay qinlari. Ularning yoshga doir xu- susiyatlari. 
  1. Yelka kamari mushaklari
  2. Yelkaning oldingi va orqa guruh mushaklari
  3. Bilak mushaklari va fasssiyalari
  4. Qoʻl kafti mushaklari
2

18

19 Chanoq va son mushaklari. Boldir va oyoq panjasi mushaklari. Oyoqning sinovial qinlari. Ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Chanoq mushaklari
  2. Son mushaklari
  3. Boldir mushaklari
  4. Oyoq panjasining mushaklari
  5. Oyoq fassiyalari va pay qinlari
2

19

20 Qoʻl topografiyasi: qoʻltiq osti chuquri, tirsak chuquri, kanal va egatlar. Oyoq topografiyasi: son uchburchagi, lakunalar, yaqinlashtiruvchi kanal, taqimosti chuquri, kanal va egatlar. 
  1. Qoʻltiq osti chuquri
  2. Tirsak chuquri, kanal va egatlar
  3. Son uchburchagi, yaqinlashtiruvchi kanal
  4. Taqimosti chuquri, kanal va egatlar
2

20

21 Boʻyin mushaklari. Boʻyin uchburchaklari boʻyin fatsiyalari Ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Boʻyinning yuza mushaklari
  2. Boʻyinning chuqur mushaklari
  3. Boʻyinning oʻrta guruh mushaklari
  4. Boʻyin fassiyalari
  5. Boʻyin topografiyasi
2

21

22 Bosh mushaklari. Chaynov va mimika mushaklari. Ularning yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Chaynov mushaklari
  2. Boshning mimika mushaklari
  3. Yuzning mimika mushaklari
  4. Mimika mushaklarini oʻziga xosligi
2

22

23 Qon tomirlar tizimi. Yurakning funktsional va yoshli anatomiyasi. Qon aylanish doiralari, yurakning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Qon tomirlar tizimi
  2. Yurakning tuzilishi va klapanlari
  3. Yurakni oʻtkazuvchi sistemasi. Yurakning qon bilan taʼminlanishi
  4. Perikard
  5. Qon aylanish doiralari, yurakning yoshga qarab oʻzgarishi
2

23

24 Aorta, aorta ravogʻi, umumiy va tashqi uyqu arteriyasi. 
  1. Aorta
  2. Aorta ravogʻidan chiquvchi qon tomirlar
  3. Uyqu arteriasi, umumiy uyqu arteriyasi
  4. Tashqi uyqu arteriyasi
2

24

25 Ichki uyqu arteriyasi. Bosh miyaning qon bilan taʼminlanishidagi oʻziga xoslik. 
  1. Ichki uyqu arteriyasini tarmoqlari
  2. Bosh miyani qon bilan taminlanishi
  3. Bosh miyadagi arterial anastomozlar
2

25

26 Yelka-bosh poyasi. oʻmrov osti arteriyasi. Qoʻlning qon tomirlari. 
  1. Oʻmrov osti arteriyasi
  2. Qoʻltiq osti arteriyasi
  3. Elka arteriyasi
  4. Bilak va tirsak arteriasi
  5. Qoʻl kaft sohasini qon bilan taʼminlanishi
2

26

27 Koʻkrak aortasi tarmoqlari va koʻkrak sohasidagi anastomozlar. 
  1. Koʻkrak aortasini parietal tarmoqlari
  2. Koʻkrak aortasini vitseral tarmoqlari
  3. Ichki azolarni qon bilan taʼminlanishining jarrohlikdagi ahamiyati oʻziga xoslik
  4. Orqa miyani qon bilan taminlanishi
2

27

28 Qorin aortasining tarmoqlari. Ichki aʼzolarning qon bilan taʼminlanishining jarrohlikdagi ahamiyati oʻziga xoslik. 
  1. Qorin aortasini parietal tarmoqlari
  2. Qorin aortasini visceral tarmoqlari
  3. Ichki azolarni qon bilan taʼminlanishining jarrohlikdagi ahamiyati oʻziga xoslik
  4. Qorin aortasinini tarmoqlari orasidagi sistema ichidagi va sistemalararo anastomozlar
2

28

29 Ichki va tashqi yonbosh arteriyalari. 
  1. Son arteriyasi
  2. Boldir arteriyalari
  3. Oyoq –panja arteriyalari
  4. Arteriyalarni tarqalish qonuniyatlari
2

29

30 Vena tizimi va uning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Yuqori kovak venani hosil boʻlishi
  2. Pastki kovak venani hosil boʻlishi
  3. Vena tizimidagi asosiy anastomozlar
  4. Darvoza venasini xosil boʻlishi va ahamiyati
  5. Homilada qon aylanishi
2

30

31 Limfa tizimi va uning yoshga qarab oʻzgarishi. Immun tizimi aʼzolari va ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Limfa tizimning ahamiyati
  2. Yuza va chuqur limfa tugunlari
  3. Taloq: tuzilishi, klinik ahamiyati
2

31

32 Ogʻiz boʻshligʻi, tishlar, ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Til, soʻlak bezlari, yumshoq tanglay, ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Milklar: tuzilishi, qismlari, mikl choʻntagi
  2. Til: tuzilishi, mushaklari va soʻrgʻichlari
  3. Qattiq va yumshoq tanglay. Protez oʻrni toʻgʻrisida tushuncha
  4. Tishning umumiy tuzilishi: toj, boʻyin va ildiz qismlarning anatomik xususiyatlari. Tish boʻshligʻi. Tish yuzalari
  5. Tishning qattiq toʻqimalari: emal, sement va dentinlarning rivojlanishi va tuzilishi. . Periodont va paradont
  6. Katta va kichik soʻlak bezlari
2

32

33 Halqum. Pirogov-Valdeyer halqasi, ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Qiziloʻngach. Qorin boʻshligʻi aʼzolari haqida umumiy maʼlumot. Meʼda. 
  1. Halqum tuzilishi. Pirogov limfoepitelial halqasi, ahamiyati
  2. Qiziloʻngach: funktsional va topografik anatomiyasi
  3. Qorin boʻshligʻida joylashgan aʼzolarning umumiy obzori
  4. Meʼdaning funktsional va klinik anatomiyasi
2

33

34 Ingichka va yoʻgʻon ichaklar tuzilishi, farqlari, yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Ingichka va yoʻgʻon ichaklar tuzilishi
  2. Yoʻgʻon ichaklar tuzilishi
  3. Ingichka va yoʻgʻon ichaklarni bir-biridan farqlari
2

34

35 Jigar, Meʼda osti bezi topografiyasi, yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Xazm bezlari – jigar: tuzilishi, klinik ahamiyati
  2. Meda osti bezi
  3. Oʻt pufagi va oʻt chiqaruvchi yoʻllar
  4. Jigar va oʻt pufagida uchraydigan kasalliklar
2

35

36 Qorin pardaning anatomiyasi va uning qorin boʻshligʻi aʼzolariga munosabati. Sinuslar, xaltalar, choʻntaklar, ularning jarrohlik amaliyotidagi ahamiyati. 
  1. Yoʻnalishi, parietal va vistseral varaqlari
  2. Qorin boʻshligʻi aʼzolariga munosabati
  3. Sinuslar, xaltalar, choʻntaklar, ularning jarrohlik amaliyotidagi ahamiyati
  4. Erkak va ayollar qorin pardasining farqi
2

36

37 Burun boʻshligining tuzilishi va yoshga qarab oʻzgarishi. Xiqildoq va uning yoshga qarab oʻzgarishi. Kekirdak. 
  1. Tashqi burun
  2. Burun boʻshligʻining tuzilishi, burun yoʻllari
  3. Paranazal boʻshliqlar
  4. Xiqildoq: tuzilishi, boʻshligʻi, yoshga doir xususiyatlari, tovush paydo boʻlishi
  5. Kekirdak
2

37

38 Bronxlar, oʻpka anatomiyasi. Plevra, Koʻks oraligʻi. Yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Bronxlarni boʻlinishi
  2. Oʻpka: funktsional va topografik anatomiyasi
  3. Plevra: sinuslari, chegaralari
  4. Koʻks oraligʻi. Oldingi va orqa koʻks oraligʻi
2

38

39 Endokrin bezlar. Jinsiy bezlarning endokrin qismlari, ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Qalqonsimon, qalqon orqa va ayrisimon bezlar, ularning yoshga qarab oʻzgarishi
  2. Meʼda osti bezi endokrin qismi tuzilishi
  3. Jinsiy bezlarning endokrin qismi
  4. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi
2

39

40 Buyrak. Buyrak usti beʼzi. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Funksional anatomiyasi. 
  1. Buyrakning tashqi va ichki tuzilishi
  2. Buyrak usti bezi tuzilishi, gormonlari va ularning ahamiyati
  3. Buyrak anomaliyalari
  4. Buyrakni fiksatsya apparati
  5. Buyrakni fornikal apparati
2

40

41 Siydik yoʻli, qovuq, siydik chiqarish kanali, ularning yoshga qarab oʻzgarishi. 
  1. Siydik olib ketuvchi yollar
  2. Siydik yoʻli
  3. Siydik pufagi
  4. Ayollar va erkaklar siydik chiqarish kanali
  5. Anomaliyalаri
2

41

42 Erkaklarning tanosil aʼzolari. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Erkaklarning tanosil aʼzolari rivojlanishi
  2. Moyak va moyak ortigʻi
  3. Urugʻtizimchasi va uning vazifalari
  4. Prostata bezi. Urugʻ olib ketuvchi yoʻl
  5. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Anomaliyalari
2

42

43 Ayollarning tanosil aʼzolari. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi 
  1. Ayollarning tanosil aʼzolari sinflanishi
  2. Bachadon tuzilishi, vazifasi
  3. Bachadon nayi va tuxumdonning tuzilishi, ahamiyati
  4. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi. Anomaliyalari
2

43

44 Oraliq topografiyasi tuzilishi, chanoq va tanosil diafragmalari va jinsga nisbatan farqi. 
  1. Erkaklarning oraliq soxasi tuzilishi
  2. Ayollarning oraliq soxasi tuzilishi
  3. Ularning yoshga qarab oʻzgarishi
  4. Erkaklar va ayollar oraligʻidagi farq
2

44

Jami 88

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Skelet suyaklarining rentgenanatomiyasi. 

1

2 Skeletning rivojlanish anomaliyalari. 

2

3 Qoʻl suyaklarining variantli anatomiyasi, rivojlanish nuqsonlari, qoʻl suyaklarining rivojlanishiga ichki va tashqi faktorlarning taʼsiri. 

3

4 CHanoq va oyoq suyaklarining yoshga nisbatan xususiyatlari. 

4

5 Sport va mehnat faoliyatini chanoq va oyoq suyaklariga taʼsiri, rivojlanish nuqsonlari. 

5

6 Kalla suyaklarining rentgenanatomiyasi. 

6

7 Kalla suyagining yoshi va jin siy tafovutlari. 

7

8 Boʻgʻimlar tuzilishiga tashqi va ichki faktorlarni taʼsiri. 

8

9 Boʻgʻimlarning biomexanikasi. 

9

10 Birlashmalarning rentgenanatomiyasi 

10

11 Rentgen nurlarini oʻrganish tarixi, suyak va boʻgʻimlar rivojlanishini rentgen nurlari yordamida oʻrganish. 

11

12 Rentgenoanatomiyada yangi texnologiyalar 

12

13 Mushaklarning ishi va biomexanikasi. 

13

14 Lesgaft mushaklar toʻgʻrisida taʼlimoti. 

14

15 Sport va mehnat faoliyatini mushaklarning rivojlanishiga taʼsiri. 

15

16 Hazm aʼzolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari 

16

17 Tishlarning rentgen anatomiyasi. Prikus va tish taraqqiyotida uchraydigan anamaliyalar. 

17

18 Nafas olish jarayoni. Nafas aʼzolarining rentgenanatomiyasi va rivojlanish nuqsonlari. 

18

19 Ovoz paydo boʻlishi mexanizmi. 

19

20 Siydik ayiruv aʼzolarining rivojlanish nuqsonlari. 

20

21 Erkaklar jinsiy aʼzolarining rivojlanish nuqsonlari. 

21

22 Ayollar jinsiy aʼzolarining rivojlanish nuqsonlari. 

22

23 Moyakning yorgʻoqqa tushish jarayoni va jinsiy aʼzolarning rivojlanish nuqsonlari. 

23

24 Suyak iligi: taraqqiyoti, tuzilishi, vazifasi. Qizil ilik, sariq ilik. 

24

25 Limfa 

25

26 Timus tuzilishi, taraqqiyoti va vazifasi. 

26

27 Yurakning rivojlanish nuqsonlari. 

27

28 Yurak va qon tomirlar rentgenanatomiyasi. 

28

29 Arteriyalarning tarqalish qonuniyatlari. 

29

30 Mikrotsirkulyatsiya haqida tushuncha. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Mirsharapov U. М., Sodiqova Z. Sh., Ahmedova S. M., Pulatov Х. Х. . Odam anatomiyasi. Darslik. Тoshkent. 2024 y. - 528 bet      
  2. Ahmedov A. G., Mirsharapov O. M., Sagatov T. A., Rasulov H. A. Anatomiya, darslik. Tom I – II. Toshkent. 2018 y. - I jild 432 с. - II jild 416 с      
  3. Сапин М. Р., Никитюк Д. Б., Николенко Б. Н., С. В. Чава. Анатомия человека. Учебник. Toм I – II. Moсква. 2018 г. - I том 464 с. - II том 406 с      
  4. Синельников Р. Д., Синельников Я. Р., Синельников A. Я., Aтлас анатомия человека. Toм I, II, III, IV. Moсква. 2022 г. - I том 488 с, -II том 272 с, - III том 216 с, -IV том 316 с      
  5. Гайворонский И. В. . Нормальная анатомия человека. Tom I – II. Учебник 2024 г. - I том 736с, -II том 496 с      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Axmedov A. G., Rasulov X. A. Odam anatomiyasi bolalar anatomiyasi asoslari bilan. Darslik. Tashkent. 2021 g. - 634 bet      
  2. Неттер Ф. Aтлас анатомии человека. 6-e издание, Moсква. 2018 г. – 769 с      
  3. Axmedov N. K. Atlas odam anatomiyasi. Tom I – II. Toshkent 2005 y. - I jild 265 bet. - II jild 257 bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.memorixanatomy.com      
  • https://www.anatomystandard.com      
  • https://www.academia.edu/116586763/Atlas_of_Human_Anatomy_by_Netter      
  • https://meduniver.com/Medical/Anatom/      
  • https://anatomylearning.com      
  • https://uzsmart.uz/kitoblar/view/7188      
  • https://www.litres.ru      
  • https://www.studentlibrary.ru/book/ISBN9785970428047.html      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa (topshiriqlarni) bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10 - haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 2-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 5 2-14 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Nazirjonov Orifxoʻja Xusanxoʻja oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: noxwera@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

Z.Kaxarov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Saliyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

O.Nazirjonov

Fan oʻqituvchisi