JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Bolalar kasalliklari propedevtikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 3
Semestr 5-semestr
Fan nomi Bolalar kasalliklari propedevtikasi Fan kodi BKP14-508
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Ogʻzaki
YI: Ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
8 22

2. Fan maqsadi

Fanning nazariy,uslubiy va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talabani mustaqil faoliyatga tayyorlash,nazariy va klinik fanlar oʻzlashtirish uchun zarur poyevor yaratish. Talabalarga turli yoshdagi bolalar organizmining anatomik – fiziologik hususiyatlaridan kelib chiqqan xolda, aʼzolar va tizimlarini tekshirish usullari va ularning asosiy kasalliklari semiotikasi haqida bilim, koʻnikma va malakani shakllantirishdir.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG11-06)

2. Odam anatomiyasi (OAN11-312)

3. Tibbiy kimyo (TK12-06)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • 1 Bilimlar jihatidan:;
  • Talabalarni nazariy bilimlar, amaliy kunikmalar, eng koʻp uchraydigan kasalliklar kelib chiqiqsh asoslarini;
  • Kasalhonagacha boʻlgan davrda umumiy tashxislash tamoyillari,;
  • Kasallikni klinik koʻrinish, laborator va instrumental tekshiruv usullari, davolashi, reabilitatsiyasini oʻrganish;
  • kasallikni oldini olish usullarini (profilaktiaksi);
  • Sogʻlom turmush tarzini targʻibot qilishni bilish va koʻnikmalarini hosil qilish;
  • Talabalarga bola organizmi aʼzolarining anatomik–fiziologik hususiyatlarini eʼtiborga olgan xolda;
  • obʼektiv tekshirish usullarini oʻrgatish va amaliy koʻnikmalar hosil qilish;
  • bola organizmining asosiy kasalliklari simptom va sindromlarini oʻrgatish;
  • sogʻlom bolalarni ratsional ovqatlantirishning asosiy qoidalarini oʻrgatishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan: ;
  • Amaliy mashgʻulotlarning maqsadini aniq belgilab olish ;
  • Oʻqituvchining innovatsion pedagogik faoliyati boʻyicha bilimlarni chuqurlashtirish ;
  • imkoniyatlariga talabalarda qiziqish uygʻotish ;
  • Talabada natijani mustaqil ravishda qoʻlga kiritish imkoniyatini taʼminlash ;
  • Talabani nazariy-metodik jihatdan tayyorlash va h. k koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Bolalarda qon va qon yaratuvchi aʼzolar anatomo-fiziologik hususiyatlari va jarohatlanish semiotikasi 
  1. Bolalar qon va qon hosil boʻlish aʼzolari anatomik – fiziologik hususiyatlari
  2. Qon va qon hosil boʻlish aʼzolari kasalliklari sindromi (anemiya, leykoz, gemorragik, periferik limfa tugunlari kattalashish) va semiotikasi (periferik qonni asosiy koʻrsatkichlarini kamayishi, koʻpayishi)
2

1

2 Bolalarda endokrin tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari va jarohatlanish semiotikasi 
  1. Bolalarda endokrin tizimini anatomik fiziologik hususiyatlariga koʻra tekshirish usullari
  2. Bolalarda endokrin tizimini asosiy kasalliklari semiotikasi va sindromlari
2

2

3 Bolalarda energiya almashinuvi 
  1. Bolalarda energiya almashinuvi hususiyatlari, energiya, oqsil va kaloriyaga boʻlgan talab
  2. Oqsil, uglevod va yogʻ almashinuvi hususiyatlari. Oqsil (seliakiya, sigir suti oqsilini hazm qila olmaslik, aminoatsidopatiyalar),
  3. uglevod (disaxaridlar yetishmovchiligi, glikogenozlar, galaktozemiya, fruktozuriya va fruktozemiya) va yogʻ (giperlipidemiya, toʻqima lipidlari sindromi) almashinuvi asosiy kasalliklar semiotikasi
  4. “Bolalar kasalliklarini integrallashgan usulda olib borish” (BKIUOB) dasturi metodikasi asosida ovqatlanish buzilishlari, ovqatlanishni oqsilenergetik yetishmovchiligini tashxislash
2

3

4 Bolalarni koʻkrak suti bilan ovqatlantirish 
  1. Koʻkrak suti bilan ovqatlantirish va uning bolani toʻgʻri rivojlanishidagi ahamiyati
  2. Qoʻshimcha ovqatlanish tamoyillari va ularni bosqichma bosqich kiritish
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Bolalarda hazm tizimini anatomo-fiziologik hususiyatlariga koʻra tekshirish usullari. Koprogramma interpretatsiyasi 
  1. Bir yoshgacha bolalarda hazm tizimini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari (BKIUOB - diareya )
  2. Bir yoshdan katta bolalarda hazm tizimini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari
2

1

2 Bolalarda siydik hosil qilish va ajratish aʼzolarini anatomofiziologik hususiyatlariga koʻra tekshirish usullari. Siydik tahlillari interpretatsiyasi 
  1. Bolalarda siydik hosil qilish va ajratish aʼzolarini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari. Proksimal va distal kanalchalarni jarohatlanish sindromlari
2

2

3 Bolalarda qon yaratish aʼzolarini anatomo-fiziologik hususiyatlariga koʻra tekshirish usullari. 
  1. Turli yoshdagi bolalarda periferik qon tarkibi
  2. Bolalarda qon yaratish aʼzolarini jarohatlanish semiotikasi va sindromlari
2

3

4 Bolalarni jismoniy, asab-ruhiy va jinsiy rivojlanishini kompleks baholash. 
2

4

5 Bolalardan anamnez yigʻish va barcha aʼzo va tizimlar boʻyicha obʼyektiv tekshirish. 
  1. Kasallik tarixini himoyalash
2

5

6 Koʻkrak bilan boqishni zamonaviy tamoyillari. 
  1. Koʻkrak bilan boqishni afzalliklari. sut ishlab chiqarish mexanizmi
  2. Ona suti tarkibi va uni xayvon sutlaridan farqi
  3. Ogʻiz sutini tarkibi va uni bola uchun ahamiyati
  4. Bolani koʻkrakka qoʻyish qoidalari
2

6

7 Koʻkrak bilan boqishga qarshiliklar va qiyinchiliklar. 
  1. Sut sogʻishga koʻrsatmalar va qoidalari
  2. Koʻkrak suti yetishmovchiligi belgilari
  3. Bolani koʻkrakka qoʻyish belgilari
  4. Bolani koʻkrakka toʻgʻri yondoshish belgilari
  5. Koʻkrak bilan boqishda ona va bola tomonidan boʻladigan qiyinchiliklarda maslahat berish tamoyillari
  6. Emizikli onalarni ovqatlanish tartibi
2

7

8 Qoʻshimcha ovqat berish. 
  1. Bolalarga qoʻshimcha ovqat berish muddatlari va qoidalari
  2. Qoʻshimcha ovqat berish bosqichlari
  3. Qoʻshimcha ovqatni kiritish va kech kiritish asoratlari
  4. 6 oydan 2 yoshgacha bolalarga berish mumkin boʻlgan maxsulotlar
2

8

9 Bolalarni sunʼiy ovqatlantirish qoidalari. 
  1. Qoʻshimcha ovqat berish muddatlari va qoidalari
  2. Qoʻshimcha ovqat berish bosqichlari
  3. Qoʻshimcha ovqatni kiritish va kech kiritish asoratlari
  4. Qoʻshimcha ovqatlarni tayyorlash texnologiyalari
2

9

10 Bolalarni aralash ovqatlantirish qoidalari. 
  1. Qoʻshimcha ovqat berish muddatlari va qoidalari
  2. Qoʻshimcha ovqat berish bosqichlari
  3. Qoʻshimcha ovqatni kiritish va kech kiritish asoratlari
2

10

11 2 yoshdan katta bolalarni ratsional ovqatlantirish boʻyicha maslaxatlar. 
  1. Bolalar muassasalarida bolalarni ovqatlantirishni tashkillashtirish bilan tanishtirish
2

11

Jami 22

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Bolalarda ogʻiz boʻshligʻi, xalqum, qiziloʻngach anatomo-fiziologik hususiyatlari. Bolalarda meʼda, ichaklarni anatomo-fiziologik hususiyatlari. Ichaklar biotsenozi haqida tushuncha 

1

2 Bolalarda hazm tizimini instrumental tekshirish usullari 

2

3 Bolalarda buyraklarni anatomo-fiziologik hususiyatlari. Bolalarda siydik yoʻli, siydik pufagi, siydik chiqarish kanali anatomofiziologik hususiyatlari 

3

4 Bolalarda qon yaratish tizimi anatomo-fiziologik hususiyatlari. Xar xil yoshdagi bolalarda gemogramma 

4

5 Immunitet haqida tushuncha. 

5

6 Koʻkrak bilan ovqatlantirishni zamonaviy tamoyillari 

6

7 Sunʼiy ovkatlantirish toʻgʻrisida tushuncha 

7

8 Aralash ovkatlantirish toʻgʻrisida tushuncha. Ustama ovqat 

8

9 Bir yoshdan katta bolalarni ovqatlantirish hususiyatlari 

9

10 Bolalar muassasalarida ovkatlantirish tamoyillari. 

10

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. “Bolalar kasalliklari propedevtikasi” – Ashurova D. T. va boshq. Darslik . 2018y 434 b      
  2. “Преподевтика детских болезней” – Ашурова. D. T. и др. Учебник 2018 g. 375 ст      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Abdullayeva M. E. Raxmanova U. X., Karimova A. A. Bolalar kasalliklari proprdevtikasi. – Oʻquv qullanma. - Toshkent. -2021 y. -317 b      
  2. “Пропедевтика детских болезней”- Учебник. Мазурин А. В. 1999 й 412 ст      
  3. Пропедевтика децких болезней. Мазурин А. В., Воронсов И. М., Учебник . 2 ое издание Санкт. П. 2009. 426 ст      
  4. Жураева М. А., Валиева М. Ю., Ганиева И. У., Ашуралиева М. А. Клиническая лабораторная дтагностика. Учебник, Т. 2020 378 ст      
  5. Нуритдинова Г. Т., Инакова Б. Б., Абдуллаева М. Э. Основы ухода за здоровыми и болными новорожденными детми. Учебное пособие, Т. 2020 185 ст      
  6. Nuritdinova G. T., Inakova B. B., Abdullayeva M. E. Yangi tugʻilgan sogʻlom va kasal chaqaloqlarni parvarish asoslari. Oʻquv qoʻllanma, T. 2020. 176 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.ziyonet.uz      
  • https://www.medlincs.ru      
  • https://www.medbook.ru      
  • http://www.labirint.ru/books      
  • http://www.pediatr-russia.ru      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Aripova Nargiza Kazbekovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: nargiz.aripowa@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Ganiyev - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

S.Xakimov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 02 –xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Aripova

Fan oʻqituvchisi