JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Odam anatomiyasi
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
talabalarda odam organizmining tuzilishi, aʼzo va toʻqimalarining funktsional va topografik anatomiyasi, yoshga qarab oʻzgarishi haqida bilim, koʻnikma (uquvlar) va malakani shakllantirishdir. Тalabalarga - anatomiya moduli, maqsadi va vazifalari haqida tushuncha berish, organizm tuzilishining individual va jinsiy tafovutlarini oʻrgatish, organizm tuzilishining yoshga qarab oʻzgarishini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning anatomo-topografik munosabatlarini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning rentgenoanatomiyasini oʻrgatish, tizim va aʼzolarning taraqqiyotida uchraydigan nuqsonlarini oʻrgatish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tadbiq etib, mantiqiy fikrlash va bilimini saqlash darajasini oshirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Tibbiy biologiya.Gistologiya, sitologiya va embriologiya (GS12308)
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- markaziy nerv sistemasini shaklanishi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlarining mohiyati;
- ularning tashqi muhit bilan munosabatini taʼminlayotgan tizimlar hamda ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi;
- markaziy nerv sistemasi ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotining asoslarini hamda koʻp uchraydigan aʼzolar nuqsoni haqida;
- perifirik nerv tizimi taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari;
- yuz-jagʻ va ogʻiz boʻshligʻi sohalari innervatsiyasining xususiyatlari;
- vegetativ nerv sistemasini shaklanishi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlarining mohiyati, ularning tashqi muhit bilan munosabatini taʼminlayotgan tizimlar hamda ularning yoshga nisbatan oʻzgarishi;
- sezgi aʼzolari ontogenez va filogenezdagi taraqqiyotining asoslarini hamda koʻp uchraydigan aʼzolar nuqsoni haqida tasavvurga ega boʻlishini bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- orqa miya punktsiyasini, yuz sohasidan chiquvchi nervlarni teshiklarini teri orqali aniqlash ;
- teri sezgilarinini aniqlash, vegetativ qoʻzgʻalishlarni aniqlash ;
- taʼm bilish sezgisini aniqlash, hid bilish sezgisini aniqlash ;
- koʻz tubi qon tomirlarini aniqlash malakalariga (shu jumladan amaliy koʻnikmalariga) ega boʻlishi kerak ;
- orqa miya tuzilishini bilish KT, mulyaj, preparat va 3D formatdagi Pirogov stolida ;
- bosh miya asosidan chiquvchi nervlarni KT, mulyaj, preparat va 3D formatdagi Pirogov stolida ;
- yuz-jagʻ va boʻyin sohasi terisini, mushaklarini, CHPJB boʻgʻimini, ogʻiz boʻshligʻi aʼzollarini innervatsiyasini ;
- rombsimon miya tuzilishini KT, mulyaj, preparat va 3D formatdagi Pirogov stolida ;
- IV-qorincha devorlari va unga ochiluvchi teshiklarni KT, mulyaj, preparat va 3D formatdagi Pirogov stolida koʻrsata bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Mirsharapov U. М., Sodiqova Z. Sh., Ahmedova S. M., Pulatov Х. Х. . Odam anatomiyasi. Darslik. Тoshkent. 2024 y. - 528 bet
- Ahmedov A. G., Mirsharapov O. M., Sagatov T. A., Rasulov H. A. Anatomiya, darslik. Tom I – II. Toshkent. 2018 y. - I jild 432 с. - II jild 416 с
- Сапин М. Р., Никитюк Д. Б., Николенко Б. Н., С. В. Чава. Анатомия человека. Учебник. Toм I – II. Moсква. 2018 г. - I том 464 с. - II том 406 с
- Синельников Р. Д., Синельников Я. Р., Синельников A. Я., Aтлас анатомия человека. Toм I, II, III, IV. Moсква. 2022 г. - I том 488 с, -II том 272 с, - III том 216 с, -IV том 316 с
- Гайворонский И. В. . Нормальная анатомия человека. Tom I – II. Учебник 2024 г. - I том 736с, -II том 496 с
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
- https://www.memorixanatomy.com
- https://www.anatomystandard.com
- https://www.academia.edu/116586763/Atlas_of_Human_Anatomy_by_Netter
- https://meduniver.com/Medical/Anatom/
- https://anatomylearning.com
- https://uzsmart.uz/kitoblar/view/7188
- https://www.litres.ru
- https://www.studentlibrary.ru/book/ISBN9785970428047.html
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 15 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 2-14 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 5 | 2-14 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 10 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | test | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
noxwera@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) M.Saliyeva Kafedra mudiri |
(imzo) O.Nazirjonov Fan oʻqituvchisi |
