JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash Fan kodi DAT201
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

dasturlashda qoʻllaniladigan obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash paradigmasini chuqur oʻrgatish, C++ dasturlash tilida sinf, obyekt, inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi konseptlarni tahlil qilish va amalda qoʻllash boʻyicha zarur nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan. OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish qobiliyatini rivojlantiradi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Dasturlash asoslari (DAT101)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalari haqida tasavvurga ega boʻladi va mantiqiy fikrlashi rivojlanadi;
  • Sinflar, obyektlar boʻyicha bilimlarga ega boʻladi;
  • inkapsulyatsiya, merosxoʻrlik, polimorfizm, operatorlarni qayta yuklash, abstrakt sinflar kabi tushunchalarni tadbiq qilish usullarini qoʻllashni oʻrganadi;
  • C++ dasturlash tili OOP prinsiplariga asoslangan tizimlarni loyihalash va kod yozish qobiliyati oʻrgatiladini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Dasturlash tillarining qoʻllanish sohalarini tushunadi (desktop, tizim dasturlari, oʻyinlar, apparat bilan bogʻliq tizimlar). Mantiqiy fikrlash, algoritmik tafakkur va ketma-ketlikda kod yozish malakasi rivojlanadi. Amaliy muammoni bosqichma-bosqich hal qilish uchun strukturaviy yondashuvni shakllantiradi ;
  • Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash konsepsiyalarini chuqur tushunish va tadbiq qilish ;
  • Amaliy dastur loyihalash va sinovdan oʻtkazish koʻnikmalari ;
  • Loyiha asosida ishlash va jamoaviy hamkorlik (teamwork) koʻnikmalari koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari 
  1. Standart nomlar fazosi. C++ tilida ifodalar
  2. Arifmetik va mantiqiy amallari
  3. C++ tilida tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar va parametr boʻyicha dasturlash
2

1

2 Dasturlash tilida massiv, funksiya va proseduralarni yaratish va ulardan foydalanish 
  1. Massiv tushunchasi. Bir oʻlchovli va koʻp oʻlchovli massivlar
  2. Dasturlash tilida funksiyalar va ularing turlari
  3. Rekursiv funksiyalar
2

2

3 OYD asoslari: sinf va obyekt tushunchasi 
  1. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash asoslari
  2. Sinf haqida tushuncha
  3. Obyektlarni yaratish va ulardan foydalanish
2

3

4 Konstruktorlar va destruktorlar 
  1. Konstruktor va destruktor tushunchasi
  2. Konstruktor/destruktor turlari va chaqirilish tartibi
  3. Misollar va qoʻllanish holatlari
2

4

5 Inkapsulyatsiya. Private/public 
  1. Inkapsulyatsiya tushunchasi
  2. Access specifiers: private, public, protected
  3. Getter va setter funksiyalar
2

5

6 Vorislik (Inheritance) 
  1. Vorislik tushunchasi. Base va derived sinflari
  2. Access specifierʼlar vorislikda
  3. Vorislikda konstruktor/destruktorlar
2

6

7 Koʻp martalik va gibrid merosxoʻrlik 
  1. Koʻp martalik vorislik tushunchasi
  2. Konfliktlar, Virtual vorislik
  3. Gibrid vorislik holatlari
2

7

8 Polimorfizm: funksiyani qayta yuklash. Virtual funksiyalar 
  1. Statik va dinamik polimorfizm
  2. Funksiyani qayta yuklash (overloading)
  3. Virtual funksiyalar va late binding
2

8

9 Interfeys, abstrakt sinflar 
  1. Abstrakt sinf tushunchasi. Pure virtual funksiyalar
  2. Interfeysga oʻxshashlik (interface-like design)
  3. Abstraktsiya va kengaytma imkoniyatlari
2

9

10 Operatorlarni qayta yuklash 
  1. Operator overloading maqsadi
  2. Qoʻshish, ayirish, tenglikni taqqoslash kabi operatorlarni overload qilish
  3. Global va local operatorlar. Overload qilish cheklovlari
2

10

11 Operatorlarni qayta yuklash 
  1. ˂˂, ˃˃, ==, != kabi operatorlar
  2. friend kalit soʻzining roli
  3. Input/Output toklar (streams) bilan ishlash
2

11

12 Memory management 
  1. Statik va dinamik xotira tushunchasi
  2. new va delete operatorlari. Memory leak va uni oldini olish
  3. Smart pointers (umumiy tushuncha)
2

12

13 Doʻst funksiyalar va sinflar 
  1. Friend function nima?
  2. Friend class tushunchasi
  3. Private aʼzolarga doʻstlik orqali kirish
2

13

14 Shablonlar (Templates) 
  1. Template funksiyalar va template sinflar
  2. Type safety va generiklik
  3. Template specialization
2

14

15 Istisnolar bilan ishlash (Exceptions) 
  1. Exception tushunchasi. try, catch, throw kalit soʻzlari
  2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan xatoliklar
  3. Exception propagation
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 C++ dasturlash tilida birinchi dastur. 
  1. Oʻzgaruvchilar va maʼlumot turlari
  2. Ifodalarni tuzish va tahlil qilish
  3. Tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi jarayonlar
2

1

2 Massivlar. Funksiyalar va protseduralar. 
  1. Bir va koʻp oʻlchamli massivlar
  2. Dasturlash tilida funksiyalar va ularing turlari
  3. Rekursiv funksiyalar
2

2

3 Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash asoslari 
  1. Obyektga yoʻnaltirilgan dasturlash asoslari
  2. Sinf va uning xususiyatlari
  3. Obyektlarni hosil qilish. Oddiy class yaratish, xususiyatlar (properties) va metodlar (functions) qoʻshish
2

3

4 Konstruktorlar va destruktorlar 
  1. Oddiy class yaratish va unga konstruktor/destruktor yozish
  2. Parametrli konstruktor orqali obyekt yaratish
  3. Copy konstruktorni sinab koʻrish
2

4

5 Inkapsulyatsiya. Private/Public 
  1. private xossalarni public metodlar orqali oʻzgartirish
  2. Getter/setter metodlari bilan ishlovchi class yozish
  3. protected orqali meros olishga tayyorlash
2

5

6 Vorislik (Inheritance) 
  1. Asosiy class va undan voris class yaratish
  2. Hosila classda metodni chaqirish
  3. Asosiy classga tegishli qiymatni hosilada ishlatish
2

6

7 Koʻp martalik va gibrid merosxoʻrlik 
  1. Ikkita ota-classdan bitta classga voris olish
  2. Gibrid inheritance misolida 3-4 ta class yaratish
  3. Diamond problem yuzaga kelish holatini yaratish
2

7

8 Polimorfizm: Funksiyani qayta yuklash. Virtual funksiyalar 
  1. Overload qilingan bir nechta funksiya yaratish
  2. Virtual metodga ega asosiy class yozish
  3. Hosila classda override qilish
2

8

9 Interfeys va Abstrakt sinflar 
  1. Abstrakt class yaratish
  2. Pure virtual metodni hosila classda yozish
  3. 2-3 classda interfeysga oʻxshash struktura qilish
2

9

10 Operatorlarni qayta yuklash 
  1. + operatorini class uchun overload qilish
  2. == operatorini overload qilish
  3. *, / operatorini classda overload qilish
2

10

11 Operatorlarni qayta yuklash 
  1. == va != operatorlari uchun overload
  2. ˂˂ operatori yordamida obyektni ekranga chiqarish
  3. ˃˃ operatori yordamida foydalanuvchidan obyekt olish
2

11

12 Memory management 
  1. new orqali obyekt yaratish
  2. Obyektni delete orqali yoʻq qilish
  3. Dinamik massiv bilan ishlash
2

12

13 Doʻst funksiyalar va sinflar 
  1. Friend function orqali private aʼzoga kirish
  2. Ikkita classdan biri boshqasiga doʻst qilib koʻrsatish
  3. Friend class orqali funksiyani chaqirish
2

13

14 Shablonlar (Templates) 
  1. Oddiy template funksiya yozish
  2. Template class yaratish (Stack, Box)
  3. Har xil turdagi parametrlar bilan ishlatish
2

14

15 Istisnolar bilan ishlash (Exceptions). 
  1. Oddiy try-catch bloki yozish
  2. 0 ga boʻlish xatoligini ushlash
  3. Custom exception class yaratish
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Konstruktorlar va ularning turlari 

1

2 Destruktorlar va resurslarni tozalash 

2

3 Inkapsulyatsiya va private/public aʼzolar 

3

4 Asosiy vorislik (inheritance) 

4

5 Koʻp martalik vorislik (multiple inheritance) 

5

6 Gibrid merosxoʻrlik 

6

7 Polimorfizm: Funksiyani qayta yuklash (overloading) 

7

8 Virtual funksiyalar va kechiktirilgan bogʻlanish 

8

9 Abstrakt sinflar va interfeysga oʻxshash struktura 

9

10 Operatorlarni oddiy qayta yuklash 

10

11 Murakkab operatorlarni qayta yuklash 

11

12 Memory management (new/delete, pointerlar) 

12

13 Doʻst funksiyalar (friend functions) 

13

14 Doʻst sinflar (friend class) 

14

15 Funksiya shablonlari (Function templates) 

15

16 Klass shablonlari (Class templates) 

16

17 Istisnolarni ushlash (try-catch) 

17

18 Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan istisnolar. 

18

19 C++ da static aʼzolar (static variables va static functions) 

19

20 C++ da const aʼzolar va const funksiyalar 

20

21 C++ da virtual destruktorlar va ularning ahamiyati 

21

22 C++ da sof virtual funksiyalar (pure virtual functions) 

22

23 C++ da interfeyslarni yaratish va ishlatish usullari 

23

24 C++ da multiple polymorphism va virtual inheritance 

24

25 C++ da RTTI (Run Time Type Information) 

25

26 C++ da this koʻrsatkichi va uning qoʻllanilishi 

26

27 C++ da self-referential classlar (oʻz-oʻziga ishora qiluvchi sinflar) 

27

28 C++ da copy constructor va assignment operator 

28

29 C++ da move semantics va rvalue reference 

29

30 C++ da smart pointerlar (unique_ptr, shared_ptr, weak_ptr) 

30

 
 

Izoh: Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish uchun talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot/media/yozma/vizual/dastur yoki referat (15 varoqdan kam boʻlmagan hajimda) tayyorlab himoya qiladi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Васильев А. Н. Самоучитель С++ с примерами и задачами. 4-е издание (переработанное). — СПб.: Наука и Техника, 2016. - 480 с      
  2. Liberty J., Rao S., Jones B. Sams Teach Yourself C++ in one hour a day. Indianapolis: Sams Publishing, 2008. - 857 p      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Stroustrup B. A tour of C++ (2nd ed. ). Addison-Wesley. 2018. - 242 p      
  2. Бансила М. Решение задач на современном C++. пер. с англ. А. Н. Киселева – М.: ДМК Пресс, 2019. – 302 с      
  3. Марапулец Ю. В. Программирование на языке высокого уровня. Учебное пособие. Петропавловск-Камчатский: КамчатГТУ, 2008. – 189 с      
  4. Страуструп Б., Тур по C++. Третье издание. пер. с англ. В. Кирюхин. 2022. -314 стр      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://metanit.com/cpp      
  • https://www.w3schools.com/cpp/cpp_intro.asp      
  • https://ravesli.com/uroki-cpp      
  • https://purecodecpp.com      
  • https://code-live.ru/tag/cpp-manual      
  • https://code.visualstudio.com/docs/languages/cpp      
  • http://cppstudio.com/post/213      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 1-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abduvoxidov Murodjon Komilovich

Olimov Muslimbek Ulugʻbek oʻgʻli

Mahmudov Muhamadxon Nuralixon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: info@murodjon.uz
ochilov92@list.ru
email.fiery@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

S.Ibragimov - Andijon davlat texnika instituti, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-Chorshanba, soat 15.00 – 17.00, ______-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Olimov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Mahmudov

Fan oʻqituvchisi