JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Nutq oʻstirish metodikasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60110200-Maktabgacha taʼlim 
Oʻqish davomiyligi (yil) 3 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Nutq oʻstirish metodikasi Fan kodi PSEDU203s
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
24 36

2. Fan maqsadi

talabalarda bolalarning nutqini oʻstirish mazmuni, tamoyillari, maktabgacha yoshdagi bolalarda ogʻzaki nutqni rivojlantirish yoʻllari, unga qoʻyilgan talablar, usullari, shakllari, nutqni rivojalntirish muammolari, oʻz fikrini taʼsirchan yetkazish, tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega boʻlishi, barkamol avlod tarbiyasida nutqni toʻgʻri shakllantirish yoʻllari va ish samaradorligi, muloqot qila olishga oʻrgatishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Umumiy pedagogika (EDU 101)

2. Bolalar psixologiyasi (PSY103)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • maktabgacha yosh davrida til va savodxonlikni oʻrganishga integratsiyalashgan yondashuv haqidagi bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • hozirgi ona tilini (oʻzbek, rus, va boshqa tillar) grammatik jihatdan oʻziga xos xususiyati haqidagi bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • bolalarda ilk va maktabgacha yoshda nuqtni rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlarini bilishlari lozim;
  • tildagi tasavvur, oʻyin va ijodiy sanʼatning ahamiyati, keng koʻlamli savodxonlik, yosh bolalarning tili va nutqi, savodxonligi boʻyicha til va madaniy maʼlumot rivojlanishi haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • maktabgacha yoshdagi bolalarning tilini rivojlantirish, mantiqiy nutqini oʻstirish va yozish qobiliyati, bolalarni tarbiyalashda qoʻllaniladigan turli xil tadqiqot usullarini bilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturini amalga oshirishni bilishi ;
  • lingvodidaktika asoslarini bilish asosida ularni amaliyotda qoʻllash metodikasini oʻzlashtirish; bolalar nutqining turli jihatlarini rivojlantirish, aniq uslublari va usullari haqidagi bilimlarni amalda qoʻllay olishi ;
  • oʻqish va nutqning mantiqiy, his-hayajonli-obrazli ifodasini oʻzlashtirishlari; badiiy asarni tahlil qilish va uni ijro eta olishni bilishi ;
  • bola nutqiga taʼsir koʻrsatishning eng samarali yoʻlni toʻgʻri tanlash va bolaning nafaqat yoshini, balki uning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻzaro birgalikda harakat qilish hamda olingan natijani tahlil qilish kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Nutq oʻstirish metodikasi fanining nazariy asoslari 
  1. Bolalar nutqini oʻstirish fanining maqsad va vazifalari
  2. Bolalar nutqini oʻstirishning asosiy mazmuni
  3. Nutq oʻstirishni taʼminlaydigan omillar
2

1

2 Sharq va Gʻarb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari 
  1. Sharq va Gʻarb olimlarining bolalar nutqiga oid qarashlari
  2. A. Navoiyning til va nutqqa oid qarashlari
  3. A. Avloniyning nutq haqidagi fikrlari
2

2

3 Tovushlarning toʻgʻri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni. Nutq va til rivojlantirishning lingvopsixologik va ilmiy asoslari 
  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish qonuniyatlari
  2. «Ilk qadam» davlat dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi
  3. Turli yosh bosqichlarida nutqni oʻstirishning vazifalari
2

3

4 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari, metod va vositalari 
  1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
  2. Maktabgacha oʻrta yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
  3. Maktabgacha katta va tayyorlov yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
2

4

5 Ravon nutqni rivojlantirish 
  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa oʻrgatish
  3. Toʻgʻri talaffuz jarayonini tashkil etish yoʻllari
  4. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda oila muhitining oʻrni
2

5

6 Bogʻlanishli nutq va oʻstirish vazifalari. Maktabgacha yoshdagi bolalarni monologik va dialogik nutqga oʻrgatish metodikasi 
  1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
  2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi
  3. Bolalarni dialogik nutqqa oʻrgatish
  4. Monologik nutq haqida malumot
  5. Nutqning leksik jihatlarini rivojlantirish
  6. Nutqning tovush tomonini rivojlantirish
2

6

7 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lugʻat ishini olib borishning nazariy asoslari 
  1. Lugʻat ishining vazifalari va asoslari
  2. Lugʻatni boyitish va faollashtirish
  3. Bolalar lugʻatiga yangi soʻzlar kiritish
2

7

8 Tasvirli kitobdagi tasvir va matn bilan hikoya qilishga oʻrgatish 
  1. Bolalar nutqini oʻstirishda rasmli kitoblardan foydalanish
  2. Kitobdagi rasmlar asosida hikoya tuzish
  3. Parallel va zanjir tuzilishli hikoya tuzishga oʻrgatish texnologiyalari
  4. Vizual va multimodal matnlarni yaratish
2

8

9 Badiiy adabiyot orqali bola nutqini rivojlantirish 
  1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati
  2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
  3. Bоlalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish
  4. Badiiy asarni sahnalashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
2

9

10 Nutqni rivojlantirishda didaktik oʻyinlar 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy oʻyinlar va ularning ahamiyati
  2. Ogʻzaki oʻyin orqali tilni rivojlantirish
  3. Koʻrgazmali materiallar bilan oʻynaladigan taʼlimiy oʻyinlar
  4. Raqamli va anʼanaviy oʻyin shakllari oʻrtasidagi ozaro bogʻliqlik
2

10

11 Bolalarni savodxonlikka tayyorlash 
  1. Savodxonlikka tayyorgarlikning mohiyati
  2. Savodxonlik mashgʻulotlariga tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni
  3. Katak daftarda kvadrat toʻrtburchak, doira, uchburchak va oval shakllarini yozishni mashq qilish
2

11

12 Tarbiyachi nutqiga qoʻyiladigan pedagogik talablar 
  1. Tarbiyachi nutqi bolalar nuqtini toʻgʻri rivojlantirish uchun namuna ekanligi
  2. Tarbiyachi nutqiga qoʻyiladigan pedagogik talablar
2

12

Jami 24

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Nutq oʻstirish metodikasi fanining nazariy asoslari 
  1. Bolalar nutqini oʻstirish fanining maqsad va vazifalari
  2. Bolalar nutqini oʻstirishning asosiy mazmuni
  3. Nutq oʻstirishni taʼminlaydigan omillar
2

1

2 Sharq va Gʻarb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari 
  1. Sharq va Gʻarb olimlarining bolalar nutqiga oid qarashlari
  2. A. Navoiyning til va nutqqa oid qarashlari
  3. A. Avloniyning nutq haqidagi fikrlari
2

2

3 Bolalar bogʻchasida nutq va tilni rivojlantirishning lingvopsixologik va ilmiy asoslari 
  1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish qonuniyatlari
  2. «Ilk qadam» davlat dasturida bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy asosi
  3. Turli yosh bosqichlarida nutqni oʻstirishning vazifalari
2

3

4 Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari, metod va vositalari 
  1. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
  2. Maktabgacha oʻrta yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
  3. Maktabgacha katta va tayyorlov yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari
2

4

5 Ravon nutqni rivojlantirish 
  1. Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari
  2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolalarni ravon nutqqa oʻrgatish
  3. Toʻgʻri talaffuz jarayonini tashkil etish yoʻllari
  4. Bolalarda ravon nutqni rivojlantirishda oila muhitining oʻrni
2

5

6 Maktabgacha yoshdagi bolalarni monologik va dialogik nutqga oʻrgatish metodikasi 
  1. Dialog nutqning mazmuni va vazifalari
  2. Dialogik nutqni rivojlantirishga doir ishlar tizimi
  3. Bolalarni dialogik nutqqa oʻrgatish
  4. Monologik nutq haqida malumot
2

6

7 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lugʻat ishini olib borishning nazariy asoslari. 
  1. Lugʻat ishining vazifalari va asoslari
  2. Lugʻatni boyitish va faollashtirish
  3. Bolalar lugʻatiga yangi soʻzlar kiritish
2

7

8 Tasvirli kitobdagi tasvir va matn bilan hikoya qilishga oʻrgatish 
  1. Bolalar nutqini oʻstirishda rasmli kitoblardan foydalanish
  2. Kitobdagi rasmlar asosida hikoya tuzish
  3. Parallel va zanjir tuzilishli hikoya tuzishga oʻrgatish texnologiyalari
  4. Vizual va multimodal matnlarni yaratish
2

8

9 Badiiy adabiyot orqali bola nutqini rivojlantirish 
  1. Bolalarni har tomonlama tarbiyalashda bolalar badiiy adabiyotining ahamiyati
  2. Ilk yoshdagi bolalarni bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtirish
  3. Bоlalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirish
  4. Badiiy asarni sahnalashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
2

9

10 Nutqni rivojlantirishda didaktik oʻyinlar 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlimiy oʻyinlar va ularning ahamiyati
  2. Ogʻzaki oʻyin orqali tilni rivojlantirish
  3. Koʻrgazmali materiallar bilan oʻynaladigan taʼlimiy oʻyinlar
  4. Raqamli va anʼanaviy oʻyin shakllari oʻrtasidagi ozaro bogʻliqlik
2

10

11 Bolalarni savodxonlikka tayyorlash 
  1. Savodxonlikka tayyorgarlikning mohiyati
  2. Savodxonlik mashgʻulotlariga tayyorgarlikning vazifalari va mazmuni
  3. Katak daftarda kvadrat toʻrtburchak, doira, uchburchak va oval shakllarini yozishni mashq qilish
  4. Katak daftarda kvadrat toʻrtburchak, doira, uchburchak va oval shakllarini yozishni mashq qilish
2

11

12 Tarbiyachi nutqiga qoʻyiladigan pedagogik talablar 
  1. Tarbiyachi nutqi bolalar nuqtini toʻgʻri rivojlantirish uchun namuna ekanligi
  2. Tarbiyachi nutqiga qoʻyiladigan pedagogik talablar
2

12

13 Suhbat turlari va uning mazmuni 
  1. Suhbat turlari
  2. Suhbatga tarbiyachining tayyorlanishi va oʻtkazishi
  3. Suhbatga asosiy oʻrgatish usuli orqali savollar berish
2

14

14 Badiiy asarni sahnalashtirish turlari va uni qoʻyib koʻrsatish metodlari 
  1. Badiiy asarni sahnalashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
  2. Sahnalashtirilgan oʻyinlar
  3. Badiiy asarni sahnalashtirib koʻrsatish usullari
2

15

15 Qiya chiziqli daftarga harf va son elementlarini yozishni mashq qilish 
  1. Shtrixlash orqali bolalarni qoʻlini yozishga tayyorlash
  2. Qiya chiziqli daftarga harf elementlarini kichik-katta koʻrinishda yozishni mashq qilish
  3. Katak daftarda kvadrat toʻrtburchak, doira, uchburchak va oval shakllarini
2

16

16 Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi 
  1. Bola yoshiga mos tasviriy hikoyalar tanlash
  2. Bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyasi
2

17

17 Maktabgacha taʼlim tashkiloti va oilada nutq oʻstirish boʻyicha metodik ishlar. 
  1. Maktabgacha taʼlim tashkilotining ota-onalar bilan hamkorlikdagi ishlar mazmuni
  2. Oilada bola nutqiga eʼtibor
  3. Tarbiyachining metodik ish yuritish vazifasi
2

18

Jami 34

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Nutq oʻstirish metodikasi fanining nazariy asoslari 

1

2 Sharq va Gʻarb mutafakkirlarining yosh avlodni tarbiyalashga oid qarashlari 

2

3 Bolalar bogʻchasida nutq va tilni rivojlantirishning lingvopsixologik va ilmiy asoslari 

3

4 Maktabgcha yoshdagi bolalar nutqini oʻstirish vazifalari, metod va vositalari 

4

5 Tovushlarning toʻgʻri talaffuzi yuzasidan olib boriladigan ishlar mazmuni 

5

6 Suhbat orqali mashgʻulot faoliyatini tashkil etish 

6

7 Maktabgacha taʼlim muassasalari va oilada metodik ishlar olib borish 

7

8 Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lugʻat ishini olib borishning nazariy asoslari 

8

9 Nutqning grammatik tuzilishini va uni shakllantirish metodikasi 

9

10 Bogʻlanishli nutq va uni oʻstirish usullari 

10

11 Tasvirli kitobdagi tasvir va matn bilan hikoya qilishga oʻrgatish 

11

12 Ravon nutqni rivojlantirish 

12

13 Bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish 

13

14 Badiiy adabiyot orqali bola nutqini rivojlantirish 

14

15 Bolalarni savodxonlikka tayyorlash 

15

16 Qiya chiziqli daftarga harf va son elementlarini yozishni mashq qilish 

16

17 Nutqni rivojlantirishda didaktik oʻyinlar 

17

18 Tarbiyachi nutqiga qoʻyiladigan pedagogik talablar 

18

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Babayeva D. R. Nutq oʻstirish nazariyasi va metodikasi. Darslik. Toshkent, “Barkamol fayz media”, 2018. 432 bet      
  2. Nizomova Sh. Sh. Bolalar nutqini oʻstirish nazariyasi va texnologiyalari. Oʻquv qoʻllanma. Buxoro: Fan va taʼlim, 2022. 172 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Shomahmudova R. Toʻgʻri talaffuzga oʻrgatish va nutq oʻstirish. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent, 2013. 132 bet      
  2. Muminova L. R., Maxmudova O. A., Karimova Sh. A. Nutqni tekshirish va rivojlantirish boʻyicha logopedik albom. Oʻquv qoʻllanma. “Niso Poligraf” nashriyoti. Toshkent, 2020. 145 bet      
  3. Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tashkilotlari uchun. T.: 2022-yil. 100 bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyonet.uz/      
  • https://uzedu.uz/      
  • https://pedagog.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Qoʻychiyeva Zarnigorxon Abdmannob qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: zarnigorqoychiyeva4@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Bakiyeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

N.Mamatqulova - Andijon viloyati pedagogik mahorat markazi, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 16.00, E 410-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Pedagogika, psixologiya va jismoniy madaniyat» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

M.Bakiyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

Z.Qoʻychiyeva

Fan oʻqituvchisi