JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Normal fiziologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 3,4-semestr
Fan nomi Normal fiziologiya Fan kodi NFZ13-408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    8    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 240 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
120
(aud)
120
(must)
24 76 20
12 | 12 38 | 38 10 | 10

2. Fan maqsadi

Talabalarni funksional tizim mavqei asosida sogʻliqni taʼminlash va sogʻlom organizmning ishlash mexanizmlarini bilish, sogʻliqni diagnostikasini, ish qobiliyatini, individual funktsional aktivligini prognoz qilish, ilmiy metodologik asoslarini shakllantirish, koʻnikmalarini egallash, boʻlajak umumiy amaliyot shifokori mutaxassisini davolash ishi yoʻnalishi boʻyicha tayyorlashdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Odam anatomiyasi (AN11-312)

2. Gistologiya (GS12-308)

3. Tibbiy va biologik fizika, Tibbiyotda axborot texnologiyalari (TBF, TAT 1106)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Abstrakt fikrlash va tahlil qilish qobiliyati: Talabalar fiziologik jarayonlarni tahlil qilishi va natijalarni umumlashtira olishi kerak;
  • Falsafiy bilimlarni qoʻllash: Fiziologik mexanizmlarni tibbiyotda tushuntirish uchun falsafiy bilimlardan foydalanish;
  • Gomeostaz va fiziologik tizimlarni tushunish: Talabalar asosiy fiziologik tizimlar (nerv, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqalar) ishlash mexanizmlarini tushunishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Noanʼanaviy vaziyatlarda qaror qabul qilish: Murakkab klinik holatlarda qaror qabul qilish va ijtimoiy, axloqiy javobgarlikni tushunish ;
  • Tibbiy asbob-uskunalardan foydalanish: Diagnostik uskunalar va tibbiy asboblar bilan ishlash koʻnikmasi ;
  • Oʻz-oʻzini rivojlantirish va ijodiy fikrlash: Oʻzini rivojlantirish, doimiy oʻqish va ijodiy yondashuvlarni kasbiy faoliyatda qoʻllash qobiliyati ;
  • Axborot texnologiyalaridan foydalanish: Biotibbiyot terminologiyasi va axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyati koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Markaziy nerv tizimining umumiy fiziologiyasi 
  1. Neyron va glial hujayralarning turlari
  2. Nerv markazi va nerv tarmoqlari haqida tushuncha
  3. Sinapislarning tuzilishi va ishlash mexanizimlari
2

1

2 Markaziy nerv tizimining xususiy fiziologiyasi 
  1. Orqa miya, uzunchoq miya, Varoliy koʻprigi va oraliq miyaning reflektor va oʻtkazuvchi funktsiyalari
  2. Gipotalamo-gipofizar tizim. Katta yarimsharlar poʻstlogʻi. Bazal gangliyalar
  3. Vegetativ nerv tizimi. Simpatik, parasimpatik nerv tizimlari
2

2

3 Analizatorlarning umumiy fiziologiyasi va Oliy asab faoliyati 
  1. Analizatorlarning ahamiyati va ishlash tamoyillari. Koʻrish va eshitish analizatorlarining funktsiyalari
  2. Shartli reflekslar va ularning tasnifi. Shartli refleksni rivojlantirish usuli. Vaqtinchalik aloqalarni shakllantirish mexanizmi
  3. Shartli reflekslarni tormozlanishi
2

3

4 Endokrin tizim fiziologiyasi: umumiy tamoyillar 
  1. Gormonlarning tasnifi va taʼsir mexanizmlari
  2. Gipotolamo-gipofizar tizim
  3. Gormonlarning fiziologik jarayonlarni boshqarishda roli
2

4

5 Nafas olish tizimi fiziologiyasi: Nafas mexanikasi 
  1. Tashqi nafas olish. Tashqi nafas olishni tartibga solish. Oʻpka hajmlari
  2. Oʻpka va toʻqimalarda gaz almashinuvi
  3. Nafas jarayonlarini neyro-gumoral boshqarilishi
2

5

6 Qon tizimining fiziologiyasi: 
  1. Gomeostaz tushunchasi. Biologik suyuqliklar xaqida tuchuncha
  2. Qonning fizik-kimyoviy xususiyatlari. Gemostaz, koagulyatsiya. fibrinoliz
  3. Qonning shaklli elementlari. Qon guruhlari va qon quyish asoslari. Rh faktori va Rh nomuvofiqligi
2

6

7 Yurak qon tomir tizim fiziologiyasi 
  1. Yurak muskullarning xususiyatlari
  2. Qon tomirlarning funktsional klassifikatsiyasi. Gemodinamika qonuniyatlari
  3. Yurak va qon tomir tizimini neyro-gumoral boshqarilishi
2

7

8 Hazm tizimi fiziologiyasi: asosiy funksiyalar. Metabolizm va energiya balansi 
  1. Makronutrientlarni hazm qilish va singdirish
  2. Hazm fermentlarining sekretsiyasini boshqarish. Ovqat hazm qilish trakti motorikasi
  3. Uglevod, yogʻ va oqsil metabolizmining asosiy yoʻllari
2

8

9 Buyraklar va ayiruv tizimi fiziologiyasi 
  1. Nefronlarning funksiyalari va filtrlash jarayonlari
  2. Suv-elektrolit muvozanatining boshqarilishi
  3. Siydik hosil boʻlishi va uning boshqarilishi
2

9

10 Reproduktiv tizim fiziologiyasi 
  1. Reproduktiv funksiyaning gormonal boshqarilishi
  2. Hayz siklining fiziologiyasi
  3. Homiladorlik va tugʻruq: fiziologik jihatlar
2

10

11 Mushak tizimi fiziologiyasi 
  1. Mushak toʻqimalari turlari va ularning funksional tashkil etilishi
  2. Mushak qisqarishi va boʻshashish mexanizmlari
  3. Skelet, yurak va silliq mushaklar fiziologiyasi
2

11

12 Fiziologiyaga kirish. Qoʻzgaluvchan toʻqimalar fiziologiyasi 
  1. Fiziologiyaning asosiy tamoyillari. Funktsional tizimlar. Funktsiyalarning nerv va gumoral boshqaruvi. Funktsiyalaring oʻz-oʻzidan boshqaruvi
  2. Membrana strukturasi. Passiv va faol transport
  3. Membrananing tinchlik potensiali. Membrananing harakat potensiali
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Membran transporti: diffuziya, osmos va faol transport 
  1. Diffuziya va osmosning fizik-kimyoviy asoslari
  2. Faol transport mexanizmi: ATP ning roli
  3. Ion kanallari va nasoslar orqali moddalar almashinuvi
2

1

2 Membrana potensiali va uning shakllanishi 
  1. Dinamik muvozanat: natriy-kaliy nasoslari
  2. Membrana potensiali va uning oʻlchanishi
  3. Depolarizatsiya va repolarizatsiya jarayonlari
2

2

3 Taʼsir potensiali: nerv impulsining hosil boʻlishi va uzatilishi 
  1. Taʼsir potensialini bosqichma-bosqich tahlil qilish
  2. Mielin qavatining roli va impuls tezligi
  3. Oʻtkazuvchanlikning elektr va kimyoviy oʻzgarishlari
2

3

4 Sinaptik uzatish: kimyoviy va elektr sinapslar 
  1. Kimyoviy mediatorlarning sekretsiyasi va ularning taʼsiri
  2. Sinaptik boʻshliq orqali impuls uzatilishi
  3. Oddiy va murakkab reflektor yoylar. Monosinaptik va polisinaptik reflekslar: murakkab reflektor yoy mexanizmlari
2

4

5 Mushaklarning qisqarish mexanizmlari 
  1. Mushak tolalari strukturalari: sarkomerlardan iborat
  2. Izotonik va izometrik qisqarishlar
  3. Kalsiy ionlarining roli mushak qisqarishida
2

5

6 Markaziy asab tizimining umumiy fiziologiyasi 
  1. Nerv markazlarini oʻrganish usullari
  2. Nerv markazlari. Nerv markazlarining xususiyatlari
  3. Markaziy asab tizimida koordinatsiyaning asosiy tamoyillari
2

6

7 Markaziy asab tizimining xususiy fiziologiyasi 
  1. Orqa miyaning refleks va oʻtkazuvchanlik funktsiyalari
  2. Odamlarda klinik jihatdan ahamiyatli orqa miya reflekslari
  3. Orqa va oldingi orqa miya ildizlarining funktsional tamoyillari. Orqa miya shoki
2

7

8 Bosh miya sohalari fiziologiyasi 
  1. Uzunchoq miya, koʻprik va oʻrta miyaning refleks va oʻtkazuvchanlik funktsiyalari
  2. Miyacha fiziologiyasi
  3. Oraliq miya fiziologiyasi
2

8

9 Subkortikal tuzilmalar va miya poʻstlogʻi fiziologiyasi 
  1. Subkortikal tuzilmalar, bazal ganglionlar
  2. Limbik tizim fiziologiyasi
  3. Miya poʻstlogʻi fiziologiyasi
2

9

10 Vegetativ nerv tizimining asosiy qismlari 
  1. Simpatik va parasimpatik tizimlarning umumiy tuzilishi
  2. Preganglion va postganglion nerv tolalari
  3. Vegetativ reflekslar va ularning boshqaruvi
2

10

11 Vegetativ nerv tizimining ichki organlarga taʼsiri 
  1. Yurak faoliyatiga simpatik va parasimpatik taʼsir
  2. Oshqozon-ichak traktiga taʼsiri va hazm jarayonining boshqaruvi
  3. Buyraklar va suyuqlik balansi boshqaruvi
2

11

12 Analizatorlar tuzilishi va funktsiyalari 
  1. Sensor tizimlarning uch qismi: retseptorlar, oʻtkazuvchi yoʻllar, markazlar
  2. Vizual va auditiv analizatorlar funktsiyalari
  3. Retseptorlarning sezuvchanligi va adaptatsiyasi
2

12

13 Eshitish analizatorining vazifasi. 
  1. Korti organidagi elektr hodisalari
  2. Vestibulyar analizator va uning muvozanatni saqlashdagi roli
  3. Hid bilish, taʼm bilish va taktil analizatorlarning fiziologiyasi
2

13

14 Oliy nerv faoliyati: shartli va shartsiz reflekslar 
  1. Shartsiz reflekslar va ularning fiziologik asoslari
  2. Shartli reflekslarning shakllanishi va ularning moslashishi
  3. Vaqtinchalik aloqalarning shakllanish mexanizmi
2

14

15 Shartli reflekslarning tormozlanishi 
  1. Shartli reflekslarning tormozlanish turlari
  2. Shartli reflekslarning shartli tormozlanishi
  3. Shartli reflekslarning shartsiz tormozlanishi
2

15

16 Xotira, uyqu, hissiyot va motivatsiya fiziologiyasi. Yuqori asab faoliyati turlari. Birinchi va ikkinchi signalizatsiya tizimlari. 
  1. Xotira, uyqu va tush koʻrish fiziologiyasi
  2. Hissiyot va motivatsiya fiziologiyasi
  3. Yuqori asab faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimlari. Yuqori asab faoliyati tiplari
2

16

17 Gipotalamo-gipofizar tizim: tartibga solish mexanizmi 
  1. Gipotalamus gormonlari va gipofiz funktsiyasi
  2. Oksitotsin va vazopressin sekretsiyasi
  3. Adenogipofiz gormonlari va ularning taʼsiri
2

17

18 Qalqonsimon bez: metabolizmga taʼsiri 
  1. Tiroksin va triiodtironin sintez mexanizmlari
  2. Qalqonsimon bez va metabolizm boshqaruvi
  3. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaruvchi omillar
2

18

19 Buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezi va jinsiy bezlar fiziologiyasi 
  1. Buyrak usti bezlari tomonidan kortikosteroidlar va katexolaminlarning sekretsiyasi
  2. Oshqozon osti bezining endokrin funktsiyasi
  3. Jinsiy bezlarning endokrin funktsiyasi
2

19

20 Nafas olish fiziologiyasi: oʻpkadagi hajmlar va gaz almashinuvi 
  1. Spirometriya yordamida oʻpka hajmlarini oʻlchash
  2. Oʻpkada gaz almashinuvi: alveolyar-mikrosirkulyar jarayonlar
  3. Qonning gazli tarkibi va uning boshqarilishi
2

20

21 Nafas olishning boshqarilishi 
  1. Mexanoretseptorlardagi vujudga keladigan reflekslarning nafasni boshqarishdagi ahamiyati
  2. Markaziy nerv tizimining nafasni boshqarishdagi ishtiroki
  3. Nafasning gumoral boshqarilishi
2

21

22 Qonning bufer tizimlari va ularning roli 
  1. Bikarbonat, fosfat va oqsil buferlari
  2. Qonning pH darajasini boshqarish mexanizmlari
  3. Asidoz va alkaloz: sabablar va natijalar
2

22

23 Gemopoez va gemostaz 
  1. Qon hujayralarining shakllanish jarayonlari (eritropoez, trombopoez)
  2. Gemostazning birlamchi va ikkilamchi mexanizmlari
  3. Qon koagulyatsiya tizimi va uning klinik ahamiyati
2

23

24 Qonning fizik va kimyoviy xossalarini tekshirish 
  1. Eritrotsitlarning morfologik va funksional xususiyatlari, ularning soni va shakl oʻzgarishlarining etiologiyasi va patogenezi
  2. Leykotsitlar turlari (granulositlar va agranulositlar), immunologik va fagotsitar funksiyalari, leykotsitoz va leykopeniyaning etiologiyasi
  3. Trombositlarning tuzilishi va gemostazdagi roli, trombotsitopeniya va trombotsitozlarning sabablari hamda klinik koʻrinishlari
2

24

25 Yurak funktsiyalari: ritm, qon aylanishi va arterial bosim 
  1. Yurak siklining mexanik fazalari
  2. Qon aylanish tizimining bosim taqsimoti
  3. Arterial bosimni oʻlchash va uni boshqaruvchi mexanizmlar
2

25

26 Yurak faoliyatining boshqarilishini oʻrganish. 
  1. Yurak muskullarining fiziologik hossalari
  2. Yurak faoliyatini nerv orqali boshqarilishi
  3. Yurak faoliyatini gumoral boshqarish
4

26

27 Qon tomirlarda qonning harakati va arterial pulsni oʻrganish. 
  1. Mikrotsirkulyatsiya tizimi
  2. Qon tomirlar tonusini boshqarilishi
  3. Mikrotsirkulyatsiya tizimi. Qon tomirlar tonusini boshqarilishi
2

27

28 Ovqat hazm qilish fiziologiyasi: fermentlar va ularning roli 
  1. Oqsil, yogʻ va uglevodlarning hazm qilinishi
  2. Meʼda va oshqozon osti bezidan fermentlar sekretsiyasi
  3. Oshqozonning kislotali muhiti va hazm jarayonidagi roli
4

28

29 Jigar va oshqozon osti bezining hazm qilishga taʼsiri 
  1. Jigar safrosi va uning yogʻlarni parchalashdagi roli
  2. Oshqozon osti bezidan fermentlar sekretsiyasi
  3. Insulin va glyukagon sekretsiyasi va ularning metabolizmga taʼsiri
2

29

30 Moddalar almashinuvi: uglevodlar, yogʻ va oqsillar metabolizmi 
  1. Glikogenning sintezi va parchalanishi
  2. Lipoliz va lipogenez jarayonlari
  3. Oqsil sintezi va katabolizmi
4

30

31 Energiya almashinuvini tashkil qiluvchi qismlar. 
  1. Ovqatning oʻziga hos dinamik taʼsiri
  2. Tana haroratini boshqarish termuregulyatsiyasi
  3. Gipotermiya va gipertermiya
2

31

32 Buyrak fiziologiyasi: filtrlash, reabsorbtsiya va sekretsiya 
  1. Glomerulyar filtratsiya tezligi va uning boshqarilishi
  2. Tubular reabsorbtsiya va sekretsiya jarayonlari
  3. Buyraklar orqali kislota-ishqor muvozanatini boshqarish
2

32

33 Siydik hosil boʻlishi va ajralishini boshqarilishi. 
  1. Kanalchalardagi qayta soʻrilish
  2. Kanalchalardagi sekretsiya
  3. Siydikni osmotik bosimini oshirish va pasaytirish mexanizmlari
2

33

34 Suv-tuz muvozanati 
  1. Suv yuklamasi va suvsizlanishning organizmga taʼsirini oʻrganish
  2. Suv-tuz muvozanatini boshqarish mexanizmlarini oʻrganish
  3. Qonning bufer tizimlari. Bufer tizimlarining kislota-ishqor muvozanatini saqlashdagi rolini oʻrganish
2

34

35 Reproduktiv funksional tizim va uning fiziologiyasi: 
  1. Jinsiy bezlar: tuxumdonlar va moyaklar faoliyati
  2. Ovulyatsiya, spermatogenez va menstrual sikl fiziologiyasi
  3. Homiladorlik fiziologiyasi
2

35

Jami 76

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Baqa nerv-muskul preparatini tayyorlash. Biotoklarni kuzatish: Galʼvanining 1- va 2-tajribalari 
2

1

2 Mushak kuchini oʻlchash uchun dinamometriya usulidan foydalanish. Harakatga jalb qilingan muskullarning kuchini baholash va normativ koʻrsatkichlar bilan solishtirish. 
2

2

3 Markaziy tormozlanish hodisasi (Sechenov tajribasi) 
2

3

4 Orqa miya reflekslarini kuzatish. Turli qoʻzgʻatkichlar taʼsirida orqa miya reflekslarini kuzatish 
2

4

5 Vegetativ refleks yoyining tuzilishi. Vegetativ reflekslarni kuzatish. Ashner tajribasi. 
2

5

6 Koʻzning koʻrish oʻtkirligini va maydonini aniqlash 
2

6

7 Spirometriya yordamida oʻpkalar funktsiyasini baholash. Jismoniy yuklamani nafas faoliyatiga taʼsiri. Oʻpkaning tiriklik sigʻimini aniqlash. Spirometriya. 
2

7

8 Qondagi glyukoza darajasini laboratoriya sharoitida oʻlchash va uning gomeostazni saqlashdagi rolini oʻrganish. 
2

8

9 Yurak faoliyatiga turli kimyoviy moddalar (kaliy, natriy, kaltsiy)ning taʼsiri 
2

9

10 Yurak qon-tomir va nafas tizimlarining funksional imkoniyatlarini aniqlash (Ortostatik sinov, Shtange, Gench, Martine sinovlari) 
2

10

Jami 20

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gomeostaz: mohiyati, tizimlari va organizmdagi ahamiyati 

1

2 Nutqning shakllanishi va uning bosh miya markazlari 

2

3 Mushak toliqishi, dam olishi va tiklanish jarayonlari 

3

4 Mushak ishining energetik taʼminoti 

4

5 Gemostaz va qon ivish mexanizmlari 

5

6 Yurakning elektr va mexanik faoliyati 

6

7 Arterial bosimni boshqarish mexanizmlari: asabiy va gumoral nazorat 

7

8 Mikrosirkulyatsiya va limfa tizimi funksiyasi 

8

9 Nafas olish akti: mexanikasi va markaziy boshqaruvi 

9

10 Gazlar almashinuvi va ularning gemoglobin bilan bogʻlanishi 

10

11 Gipoksiya va uning turlari, organizmga taʼsiri 

11

12 Ovqat hazm qilish bezlari (jigar, meʼda osti bezi) funksiyalari 

12

13 Ichak motorikasi va uning fiziologik nazorati 

13

14 Ovqat hazm qilishda nerv va gormonal boshqaruv roli 

14

15 Uglevod, oqsil va yogʻlar almashinuvi fiziologiyasi 

15

16 Bazal almashinuv va uni aniqlash usullari 

16

17 Termoregulyatsiya: tana haroratini boshqarish mexanizmlari 

17

18 Modda almashinuvida gormonlar va fermentlarning roli 

18

19 Giperglikemiya va gipoglikemiyaning fiziologik sabablari 

19

20 Kislota-ishqor muvozanatini ushlab turishda buyraklarning roli 

20

21 Homiladorlik fiziologiyasi va rivojlanish bosqichlari 

21

22 Tugʻruq, emizish va posnatal davr fiziologiyasi 

22

23 Emotsiyalar va motivatsiyalarni boshqarishda limbik tizimning oʻrni 

23

24 Bosh miya yarim sharlarining funksional zonalari (motor, sensor, assotsiativ) 

24

25 Harakat (motor) faoliyatni boshqarish mexanizmlari (piramidal va ekstrapiramidal yoʻllar) 

25

26 Gormonlar orqali qon bosimini, glyukoza darajasini va termoregulyatsiyani boshqarish 

26

27 Immun tizimi elementlari va ularning qon tarkibidagi roli 

27

28 Propriotsepsiya: mushak va boʻgʻimlar holati haqida maʼlumot yetkazuvchi retseptorlar 

28

29 Terining sezuvchanligi: taktil, bosim, harorat va ogʻriq sezgilari 

29

30 Ogʻriq sezgilari va ogʻriqni boshqarish mexanizmlari (endorfinlar, gate-control nazariyasi) 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Алявия O. T, Кодиров Ш. К, Қодиров А. Н, Хамрокулов Ш. Х, Халилов Э. Х Нормал физиология. Дарслик. Ташкент: "Янги Аср Авлоди НММ", 2007      
  2. Сашенков С. Л, Тишевская Н. В, Головнева Е. С, Мельников И. Ю, Комарова И. А учебное пособие. Физиология органов челюстно-лицевой области , 2023-Челябинск      
  3. Linda S, Costanzo Physiology. Elsevier. com. 2014      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Агаджанян. Н. А, Смирнов В. М Учебник Нормал физиология –МИА, 2009. -576 с      
  2. Зерчанинова Е. И, Гагарина Е. М, Евдокимов В. В Учебное пособие. Физиология челюстно-лицевой области. Екатеринбург, 2009. -138 с      
  3. Berne Robert M and Matthew N. Levy Physiology. 7th ed. St. Louis, MO: Mosby 2018      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/      
  • https://www.physoc.org/      
  • https://www.physiology.org/      
  • https://www.khanacademy.org/science/biology      
  • https://www.hapsweb.org/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni hisobot koʻrinishida topshiradi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Karimjonov Xayotbek Mirodilbek oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: karimjonovxayotbek@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Normal va patologik fiziologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Xolmirzayeva - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Juma, soat 15.00 – 17.00, 201-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Normal va patologik fiziologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

A.Mutalipov

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Karimjonov

Fan oʻqituvchisi