JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Noorganik kimyo
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
kimyoning umumiy qonuniyatlarini, moddaning tuzilishi, kimyoviy elеmеntlarning davriy jadvalda tutgan oʻrni, fizik va kimyoviy xossalari haqida batafsil, shuningdеk eritmalar, kimyoviy rеaksiya tеzligi haqida umumiy tushunchalar bеrib, kеlgusida oʻtiladigan barcha kimyoviy fanlarni oʻqitishga poydеvor yaratishdir. Mazkur modul analitik, organik, fizik va kolloid, toksikologik, farmatsevtik kimyo modullari uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- Atomning tarkibi. Engil va ogʻir elementlarning sintezi. Vodorodsimon elementlarning atom tuzilishi. Kvant mexanikasining nazariy asoslari. Atom orbitallar. Dе–Broyl tеnglamasi. Elеktron bulut. Toʻlqin funksiyasi. s, d, p va f– elementlarning atom tuzilishi. Koʻp elektronli atomlar. Atomning asosiy tavsiflari. Kvant sonlar. Pauli prinsipi, Xund qoidasi. Klechkovskiyning 1 va 2 qoidasi. Elektroni qulagan elemtntlarning atom tuzilishini bilish kerak;
- – Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effеkti. Tеrmokimyoviy tеnglamalar. Termokimyo. Kalorimetriya. Ichki enеrgiya va entalpiya. Gеss qonuni va uning xulosalari. Moddalarning standart sharoitda hosil bulish va yonish entalpiyasini jadval natijalari asosida hisoblash. Zarrachalarning fazoda mavjud boʻlish ehtimolligi va tartibsizligi bilan entropiya orasidagi bogʻlanish haqida bilimga ega boʻlish;
- – Kimyoviy bogʻlarning enеrgiyasi, uzunligi yoʻnalishi va toʻyinuvchanligi. Valеnt bogʻlanish usuli. Valеntlikni valеnt bogʻlanish usuli bilan aniqlash. Molеkulyar orbitallar usuli. Molеkulyar orbitallar usulida bogʻlarning karraligi. Atom orbitallarining gibridlanishi. Valеnt burchaklar. Molеkuladagi atomlarning fazoviy joylanishi haqida tasavvurga ega boʻlish;
- – Elementar yacheykalar va kristallik strukturalarni tuzilishi. Zich sharlarning joylashuvi. Geksogonal va kubsimon zich joylashuv. Zich joylashuvdagi boʻshliqlar. Tetraedrik va oktaedrik boshliqlarning oʻlchamlari. Metallarning strukturalari. Zich joylasuvlar kuzatilmaydigan strukturalar. Oddiy kub, hajmi markazlashgan, qirralari markazlashgan va geksogonal kristall panjaralar va ularning mohiyati anglab olish. Rentgenostrukturaviy tahlil qila olish;
- – Eritmalar. Eritmalarning kolligativ xossalari. Eritmalarda osmos xodisasi, osmotik bosim. Osh tuzi va glyukozaning fiziologik, gipotonik, gipertonik eritmalarini tayorlash. Titrimetriya asoslari. Undagi reaksiyalar va reagentlar boʻyicha amaliy koʻnikmalar oladi;
- – Davriy jadvaldagi s–blok metallar. Noorganik moddalarning tuzlishini kimyoviy tahlil yordamida tekshirish usullari haqida bilimlarga ega boʻlishni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- Miqdoriy tahlil uchun: tarozi, byuretka, pipetka, indikatorlar bilan ishlash koʻnikmasini shakllantirish ;
- – Noorganik birikmalar va ularni tarkibi toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻladilar ;
- – Birikmalar va ularni kimyoviy xossalarini amalda qoʻllay oladilar. Shuning natijda talablarni olgan bilimlarini amalda qoʻllay olish va xulosa chiqara olish koʻnikmalarini shakllantirish orqali talabalarda amaliy koʻnikmalarga erishish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.2. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshiradilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- Третьякова Ю. Д. Неорганическая химия: в 3 т. / Химия переходных металлов. Кн. 2: учебник. Москва. 2007 г
- Xolmatov D. Noorganik kimyo fanidan Oʻquv uslubiy majmua. Namangan–2022 y
- Razzakov N. A., Aʼzamjonova F. R. “Noorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlarini tashkil qilish” Andijon – 2025 y
- Saidobbozov S. Sh. Noorganik kimyodan laboratoriya ishlari Andijon – 2025 y
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-13 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
Sayidaliyev_qodirjon@.ru nabijon73@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Umumiy kimyo kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, 309 – xona. |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Umumiy kimyo» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) S.Usmonova Kafedra mudiri |
(imzo) K.Saydaliyev Fan oʻqituvchisi |
|||
|
(imzo) N.Razzakov Fan oʻqituvchisi |
