JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Mikrobiologiya, virusologiya, immunologiya Fan kodi MVI13-408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
60
(aud)
60
(must)
12 38 10

2. Fan maqsadi

Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish, mikroorganizmlarning tarqalishini bilish, mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish, mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash, bakteriyalarni identifikatsiya qilish, immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish, viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish,yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

2. Gistologiya, sitologiya, embriologiya (GSEM12308)

3. Tibbiy kimyo (TK1106)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Mikroorganizmlarning asosiy turlari, zamonaviy tibbiy mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fani, uning maqsad va vazifalari, odam uchun patogen bakteriya, rikketsiya, mikoplazma, viruslar, sodda jonivorlar va mikroskopik zamburgʻlarning taksonomik nizomi, morfologik va biologik xususiyatlari xaqida tasavvurga ega boʻlish kerak;
  • Mikroorganizmlarning tashqi muxitda tarqal-ganligi, tashqi muxit faktorlarini mikroorganizmlar-ga tasiri mikroorganizmlarning genetikasi va ularda roʻy beruvchi oʻzgaruvchanliklar va uning axamiyati, patogen mikroorganizmlarning patogenligi, virulent-ligi, patogenlik omillari va ularning infeksion jarayonni rivojlanishdagi ahamiyati;
  • Organizmning asosiy ximoya mexanizmlari-maxsus va nomaxsus va ularning amaliyotdagi axamiyati, kimyote-rapiya va kimyoprofilaktikaning mikrobiologik va molekuyar-biologik asoslari, odam yuqumli kasalliklari qoʻzgʻatuvchilariningdifferensial xususiyatlari, laborator tashxisi, maxsus profilaktika va terapiyasi, tashqi muxit va oziq-ovqatlarning sanitar-koʻrsatkich mikroorganizmlarining ahamiyatini bilishi kerak;
  • Tibbiyot va sanitariya-gigiena amaliyotda yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish va tashqi muhitga baho berishda bakteriologik, virusologik, serologik, biologik, allergik usullarni qoʻllash;
  • Yuqumli kasalliklarga tashxis qoʻyish extimolligini oldindan bilish, ularning rejalarini tuzish va tashxisqoʻyish usullarini tanlash, mikrobiologik izlanishlarning ilmiy usullarini oʻzlashtirish, bakteriologik, serologik, virusologik, sanitar mikrobiologik amaliy ishlarni qoʻyishni va ularni ilmiy nazariy jixatdan asoslab berishni, tashqi muxit obʼektlari, tuproq, suv, xavo, uy joy va oziq ovqatlarga sanitar mikrobiologik jixatdan baxo berish, taxlil qilishda sanitar mikrobiologik usullarni bajarish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak;
  • Yuqumli kasallik qoʻzgʻatuvchilarini tasnifi, tinktorial, kultural, bioximik, antigenlik xususiyatlarini, kasallikni etiologiyasi, manbasi yuыish yoʻllari, klinik kechishi, davolash va oldini olish usullari asosida ularga bakteriologik, virusologik va serologik tashxis qoʻyishni bajara olish malakalariga ega boʻlishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Mikroorganizmlarning tuzilishi haqida bilimga ega boʻlish ;
  • Mikroskopik usulni bajarish amaliy koʻnikmalarga ega boʻlish ;
  • Mikroorganizmlarning tarqalishini bilish ;
  • Mikroorganizmlar chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyishni bilish ;
  • Mikrobiologik tashhis qoʻyish usullarini amaliyotda qoʻllash ;
  • Bakteriyalarni identifikatsiya qilish ;
  • Infektsion jarayonlarni kelib chiqishini bilish ;
  • Immunitetni spesifik va nospesifik omillarini ajratib olish ;
  • Gumoral va hujayraviy immunitet tizimlarini vazifalarini oʻzlashtirish ;
  • Viruslarni tuzilish farqini bilish va ular chaqiradigan kasalliklarga tashhis qoʻyish bilimiga ega boʻlish ;
  • Yuqumli kasalliklarni davolash va oldini olish choralari haqida bilimga ega boʻlish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Mikroorganizmlar ekologiyasi. Suv, tuproq, havo mikroflorasi. Odam organizmi mikroflorasi, ularni oʻrganish usullari va tibbiyot amaliyotida ahamiyati 
  1. Suv, tuproq, havo mikroflorasi
  2. Odam organizmi normal mikroflorasi
  3. Tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati
2

1

2 Umumiy virusologiya. Bakteriofaglar 
  1. Viruslarning umumiy tavsifi
  2. Viruslarning tuzilishi
  3. Bakteriofaglar
2

2

3 Virus replikatsiyasi va ularni aniqlash usullari 
  1. Virus replikatsiyasi siklining bosqichlari
  2. Viruslarni aniqlash usullari
  3. Viruslarni aniqlashning zamonaviy usullari
2

3

4 Antigen va antitana, ularning ahamiyat 
  1. Immunitet tizimini faollashtiradigan va antikorlar ishlab chiqarishga olib keladigan moddalar
  2. Antitanalar
  3. Antigen-Antitana reaksiyalari
2

4

5 Vaksinalar va immun zardoblar, ularning turlari, olinishi, tibbiyot amaliyotida qoʻllanilishi 
  1. Organizmda immunitet hosil qilish uchun qoʻllaniladigan preparatlar. Vaktsinalar
  2. Jonli zaiflashtirilgan vaktsinalar
  3. Oʻlik vaktsinalar. Subunit vaktsinalar
2

5

6 Zamonaviy diagnostik qurilmalar va ularning tibbiyotdagi ahamiyati 
  1. PZR, MALDI-TOF
  2. ELISA
  3. Mikroskopik, biokimyoviy, serologik testlar
2

6

Jami 12

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Havo-tomchi infeksiyalari: mikobakteriyalar va aktinomitsetlar 
  1. Kislotaga chidamli bakteriyalar kulturasidan surtma tayyorlash va mikroskopda koʻrish
  2. Aktinomitsetlar morfologiyasini oʻrganish maqsadida agarli kulturadan surtma tayyorlash, Gramm usulida boʻyash, mikroskopda koʻrish, rasmini chizish
4

1

2 Viruslar 
  1. Viruslarning umumiy tavsifi
  2. Viruslar strukturasi
  3. Viruslar genetikasi
  4. Viruslar replikatsiyasi
4

2

3 DNK-saqlovchi viruslar 
  1. Gepatit viruslari В, С, D, Е, G, TTV
  2. Tasnifi va laborator tashxisi
2

3

4 RNK-saqlovchi viruslar 
  1. RNK saqlovchi viruslarning xususiyatlari
  2. Pikornoviruslar (poliomiyelit, gepatit A)
2

4

5 Gerpes viruslarining tiplari tarqalishi kasallik patogenezi 
  1. Herpes HSV-1, HSV-2, HHV-3 Varicella zoster, HHV-4 Ebstein-Bar virus
  2. HHV-5 cytomegalovirus, HHV-6, 7 roseola virus, HHV-8 Kaposi sarcoma
4

5

6 Retro viruslar 
  1. OIV virusi
  2. Tasnifi va laborator tashxisi
4

6

7 Bakteriyalarning faglarga sezgirligini oʻrganish 
  1. Bakterial shtammlarni toʻplash va identifikatsiya qilish
  2. Faglarni ajratib olish, koʻpaytirish va titrini aniqlash
  3. Bakteriyalarning faglarga sezgirligini in vitro sharoitida aniqlash
4

7

8 Immunitet va immun tizimi 
  1. Immun aʼzolari va ularning tuzilishi
  2. Tugʻma va orttirilgan immunitet
2

8

9 Infeksiya va infeksion jarayonlar 
  1. Antigen va antitana
  2. Immunoterapiya
  3. Vaksinatsiya va Immun xotira
2

9

10 Immunologik holatlar 
  1. Yalligʻlanish va surunkali kasalliklar
  2. Allergiya va Gipersevuvchanlik
  3. Immun tanqislik kasalliklari
2

10

11 Zamburugʻlar keltirib chiqaruvchi kasalliklar laboratoriya diagnostikasi, profilaktikasi. 
  1. Histoplasma capsulatum
  2. Blastomyces dermatitidis
4

11

12 Zamburugʻlar keltirib chiqaruvchi kasalliklar laboratoriya diagnostikasi, profilaktikasi 
  1. Coccidioides immitis
  2. Paracoccidioides brasiliensis
  3. Malassezia furfur
2

12

13 Internet va kompyuter yordamida gen tahlili yordamida arxeya va bakteriyalarni aniqlash 
  1. Mikroorganizmlarning 16 S rRNK genom ketmaketligini olish
  2. NCBI malumotlar bazasidan foydalanish
2

13

Jami 38

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Suv, tuproq, xavo mikroflorasi sanitar koʻrsatkichlari ahamiyati va ularni aniqlash usullari bilan tanishish 
4

1

2 Gramm musbat va gramm manfiy bakterialarni laboratoriya sharoitida oʻrganish 
4

2

3 Gramm musbat va gramm manfiy bakteriyalarni boyash va tibbiyotdagi ahamiyatini oʻrganish. 
2

3

Jami 10

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Gerpes viruslarining turlari, tarqalishi va inson salomatligiga taʼsiri 

1

2 Retroviruslar va OIV infeksiyasining molekulyar asoslari 

2

3 Bakteriofaglar va ularning bakteriyalar sezgirligini aniqlashdagi ahamiyati 

3

4 Tugʻma va orttirilgan immunitetning biologik asoslari 

4

5 Vaksinatsiya va immun xotiraning shakllanish mexanizmlari 

5

6 Allergiya va gipersezuvchanlik reaksiyalarining immunologik asoslari 

6

7 Zamburugʻlar keltirib chiqaruvchi sistematik infeksiyalar va ularning laboratoriya diagnostikasi 

7

8 Genom tahlili orqali bakteriyalar va arxeyalarning aniqlanishi 

8

9 Immunoterapiya va uning zamonaviy tibbiyotdagi oʻrni 

9

10 Immun tanqislik holatlari va ularning klinik koʻrinishlari 

10

 
 

Izoh: Mavzu yuzasidan taqdimotlar va tezislar tayyorlash, mavzu boʻyicha topshiriqlarni amaliy bajarib berish.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Muhamedov I. M, Aliyev Sh. R. va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya / Darslik. Toshkent. 2019. –573 bet      
  2. Darslik. Toshkent. 2019. –573 bet. Зверев В. В. Медицинская микробиология, вирусология и иммунология / Учебник. Москва, 2021. –471 стр      
  3. Mark Gladwin, MD William Trattler, MD C. Scott Mahan. Clinical microbiology make ridiculous. MD copyright, 2014, 403 p      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Muhamedov I. M, Aliyev Sh. R. va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya / Darslik. Toshkent. 2006. –592 bet      
  2. Aliyev Sh. R., Muhamedov I. M va boshq. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya fanidan laboratoriya ishlari / Oʻquv-uslubiy qoʻllanma. Toshkent, 2013. –127 bet      
  3. Муҳамедов И. М. и др. Клиническая микробиология. Пособия для врачов. Ташкент, 2016. –448 стр      
  4. Нурузова З. А., Алиев Ш. Р., Ёдгорова Н. Т. и друг. Лабораторные работы по предмету микробиология, вирусология и иммунология. Учебно-методическое пособие. Ташкент, 2019. –57 стр      
  5. Muhamedov I., Eshboyev E., Zokirov N, Zokirov M. “Mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya” / Darslik. Toshkent. 2006. –510 bet      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://learn.chm.msu.edu/vibl/content/antimicrobial.html      
  • http://www.rusmedserv.com/mycology/html/iomals.html      
  • http://www.ncbi.nlm.nih.gov/pubmed/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Amaliy mashgʻulot va laboratoriya mashgʻulotlariga oid vazifalarni bevosita asbob-uskunalar hamda reaktivlar yordamida bajaradi, nazariyotga asoslangan topshiriqlarni hisobot shaklida tayyorlab himoya qiladi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / vizual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Amaliy hamda laboratoriya mashgʻulot topshiriqlarini laboratoriya sharoitida bajaradi, vazifalar hisobot koʻrinishda baholanadi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Mirzayeva Saidaxon Abdusalomovna

Moʻydinova Nurxon Mirzajon qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: MIRZAYEVA@gmail.com
moydinovanurxon159@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya kafedrasi
Taqrizchilar:

O.Qodirov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

Sh.Tashbayev - Andijon davlat universiteti, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-juma, soat 15:00 – 17:00, 207 – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Mikrobiologiya, virusologiya, immunolgiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

I.Muxammedov

Kafedra mudiri

(imzo)

S.Mirzayeva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

N.Moʻydinova

Fan oʻqituvchisi