JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari Fan kodi PCE202s
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarga axborot texnologiyalari haqida bir butun tasavvur hosil qilish; MS Access maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish; Talabalarda axborot tizimlarining relatsiyon maʼlumotlar bazasini ishlab chiqish va SQL soʻrovlarini optimallashtirish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakani shakillantirishdir. SQL soʻrovlarini yaratish va bajarish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari (INF101)

2. Dasturlash asoslari (DAT101)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Maʼlumotlar bazasi, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari, jadval, satr, ustun, birlamchi kalit, ikkilamchi kalit, indeks, trigger, tranzaksiya, kursor, koʻrinish, protsedura, funksiya, rezerv nusxalash boʻyicha bilimga;
  • MBBTda maʼlumotlarni kiritish, saralash, oʻzgartirish, oʻchirish, qayta ishlash hamda jadvallar koʻrinishlar, protseduralar va funksiyalarni yaratish ulardan foydalanish boʻyicha koʻnikmaga;
  • Axborot tizimlari uchun maʼlumotlar bazasini loyhalash malakasiga ega boʻlishi lozimni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Maʼlumotlar bazasi, maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari, jadval, satr, ustun, birlamchi kalit, ikkilamchi kalit, indeks, trigger, tranzaksiya, kursor, koʻrinish, protsedura, funksiya, rezerv nusxalash boʻyicha bilimga boʻlish ;
  • MBBTda maʼlumotlarni kiritish, saralash, oʻzgartirish, oʻchirish, qayta ishlash hamda jadvallar koʻrinishlar, protseduralar va funksiyalarni yaratish ulardan foydalanish boʻyicha koʻnikmalarga ega boʻlish ;
  • Axborot tizimlari uchun maʼlumotlar bazasini loyhalash va foydalanish konpetensiyalariga ega boʻlish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 “Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlari” fanining maqsadi, vazifalari va asosiy tushunchalari 
  1. Maʼlumot baza modellari haqida Maʼlumot
  2. Ierarxik Maʼlumot modeli
  3. Tarmoqli Maʼlumot modeli
2

1

2 Maʼlumotlar bazasining arxitektrasi. Uch bosqichli arxitektura 
  1. Maʼlumotlar bazasining arxitektrasi
  2. Uch bosqichli arxitektura
  3. MB tashkil etish uchun mavjud boʻlgan yondashuvlar
2

2

3 Maʼlumotlar bazasida relyatsion model va munosabatlar 
  1. Relyatsion MB asosiy baza tushunchalari
  2. Maʼlumotlarning toifalari
  3. Munosabatlarning fundamental xususiyatlari
2

3

4 Maʼlumotlar bazasida jadvallar oʻrtasidagi aloqalar. Relyatsion algebra va relyatsion hisoblash elementlari 
  1. Relyatsion algebra
  2. Relyatsion amallarni umumiy interpretatsiyasi
  3. Relyatsion algebra va qayta nomlash amallarining yopiqligi
  4. Relyatsion algebra amallarining xususiyatlari. Relyatsion sanash
2

4

5 Relyatsion maʼlumotlar bazasini normallashtirish. Normal formalar 1NF, 2NF, 3NF va Kodd NF 
  1. Relyatsion maʼlumotlar bazasini normallashtirish
  2. Birinchi normal forma. Ikkinchi normal forma
  3. Uchinchi normal forma
  4. ER (Entity- Relationship) modelining asosiy tushunchalari
2

5

6 Maʼlumotlar bazasini Access dasturida loyihalash 
  1. АССESS MBBT
  2. Interfeys elementlari
  3. Uskunalar paneli va menyular
  4. ACCESS имкониятлари ва объектлари
2

6

7 MS Accessʼda jadvallarni bogʻlash 
  1. Munosabatlar tushunchasi
  2. Relationship oynasidan foydalanish
  3. Bogʻlash turlari
2

7

8 Maʼlumotlar bazasini boshqarish tizimlarining funksiyalari 
  1. Maʼlumotlarni saqlash va qayta tiklash
  2. Maʼlumotlarning yaxlitligini taʼminlash
  3. Maʼlumotlarni manipulyatsiya qilish
2

8

9 Maʼlumotlar bazasi jadvallarini modifikatsiyalash 
  1. Ustun Turi va Nomini Oʻzgartirish
  2. Cheklovlarni Qoʻshish va Oʻchirish
  3. Ustunlarda Default Qiymatlar Oʻrnatish
2

9

10 Maʼlumotlar bazasi bilan ishlashning kеngaytirilgan imkoniyatlari. SQL tilida Maʼlumotlar ustida turli amallar bajarish 
  1. SQL operatorlarining strukturasi, tayanch elementlari
  2. SQL tilining kalit soʻzlari
  3. SQL tili tiplari va ifodalari
2

10

11 Maʼlumotlar bazasini boshqarishda bogʻlanishlar va koʻpjadvalli amallardan foydalanish 
  1. Jadvallardagi bogʻlanishlar
  2. Boglangan jadvallarda soʻrovlar
  3. Koʻp jadvalli amallardan foydalanish
  4. Bir necha jadvallar bilan ishlash
2

11

12 SQL soʻrovlari. Oddiy soʻrovlar yaratish 
  1. SELECT operatoridan foydalanish
  2. Soʻrovlar toʻgʻrisida umumiy tushunchalar
  3. SQL tilida soʻrovlarni loyihalashtirish
  4. Mantiqiy operatorlar AND, OR, IN, NOT IN, BETWEEN, LIKE
2

12

13 Cheklanishlar, taqdimotlar va tranzaksiyalar. Ilovalarni yaratish 
  1. Maʼlumotlar bazasida cheklanishlar (Constraints) tushunchasi
  2. Cheklanishlar turlari va ularning vazifalari
  3. Taqdimotlar (VIEW) va ularning qoʻllanilishi
  4. Maʼlumotlar bazasi asosida ilovalarni yaratish tushunchasi
2

13

14 Tranzaksiyalarni boshqarish. Soʻrovlar yaratish va qayta ishlash 
  1. SQL muhitida tranzaksiva tushunchasi
  2. SQL muhitida tranzaksiyalani boshqarish
  3. Soʻrovlar yaratish va qayta ishlash
2

14

15 SQLda jarayonlar va standart funksiyalar 
  1. Maʼlumotlar bazasi funksiyalari toʻgʻrisida umumiy tushunchalar
  2. SQL tilida MB funksiyalari bilan ishlash
  3. Tanlov natijalarini tartiblash usullari va funksiyalar
  4. Trigger va protseduralar
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Maʼlumotlar bazasiga kirish 
  1. Maʼlumotlar bazasi haqida tushuncha
  2. Turlari (Relyatsion, Ierarxik, Obʼektga yoʻnaltirilgan)
  3. Maʼlumotlar bazasi qoʻllanish sohalari
2

1

2 Relyatsion model rejalash 
  1. Jadvallarni belgilash
  2. Kalitlarni tanlash
  3. Bogʻlanishlarni belgilash
2

2

3 MS Accessʼda yangi baza yaratish 
  1. Yangi fayl ochish
  2. Jadval qoʻshish
  3. Saqlash va tekshirish
2

3

4 MS Accessʼda yangi baza yaratish 
  1. Soʻrovlar yaratish
  2. Hisobotlar yatatish
  3. Maʼlumot turlari va cheklovlar
2

4

5 Maʼlumot turlari va cheklovlar CREATE TABLE, Constraintlar 
  1. Jadval yaratish — CREATE TABLE
  2. PRIMARY KEY, FOREIGN KEY
  3. UNIQUE, CHECK, NOT NULL
  4. DEFAULT qiymatlar
2

5

6 SQL tiliga kirish va SELECT operatori 
  1. SQL tili haqida umumiy tushuncha
  2. SELECT operatorining asosiy sintaksisi
  3. Belgilangan ustunlarni chaqirish
  4. Aliases (AS) yordamida ustunlarni qayta nomlash
  5. Amaliy mashq: jadvaldan maʼlumot chiqarish
2

6

7 WHERE sharti bilan saralash 
  1. WHERE operatori vazifasi
  2. Tenglik va qiyoslash operatorlari (=, ˃, ˂, ˃=, ˂=)
  3. Matn boʻyicha qidirish
  4. Sana va vaqt boʻyicha qidirish
2

7

8 Mantiqiy operatorlar — AND, OR, NOT, BETWEEN, IN, LIKE 
  1. Mantiqiy operatorlarning vazifasi
  2. AND kombinatsiyasi bilan qoʻshaloq shart
  3. OR bilan alternativ shart
  4. NOT bilan istisno berish
  5. Diapazonni tekshirish — BETWEEN
  6. Tanlash roʻyxati — IN
  7. Andozali qidiruv — LIKE
2

8

9 Agregat funksiyalar — COUNT, SUM, AVG, MIN, MAX 
  1. Agregat funksiyalar vazifasi
  2. Raqamli ustunlar bilan ishlash
  3. MAX/MIN orqali ekstremum topish
  4. Oʻrtacha qiymatni aniqlash
2

9

10 GROUP BY va HAVING, ORDER BY — Maʼlumotlarni tartiblash 
  1. ORDER BY sintaksisi Oʻsish tartibi (ASC), Kamayish tartibi (DESC)
  2. GROUP BY asosiy sintaksisi
  3. Guruhlash va agregat funksiyalar
  4. HAVING sharti bilan guruhni filtr qilish
  5. Amaliy misollar
2

10

11 Maʼlumot qoʻshish — INSERT INTO 
  1. INSERT INTO sintaksisi
  2. Toʻliq qiymatlar bilan qoʻshish
  3. Faqat ayrim ustunlarga qiymat qoʻshish
  4. Koʻp satrni birdaniga yuklash
2

11

12 Maʼlumot oʻzgartirish — UPDATE 
  1. UPDATE , DELETE operatorlari sintaksisi
  2. WHERE bilan maʼlum satrni yangilash
  3. Bir nechta ustunlarni yangilash
  4. Xatolarning oldini olish (UPDATE + WHERE)
2

12

13 JOIN turlari (INNER, LEFT, RIGHT, FULL) 
  1. JOIN nima?
  2. INNER JOIN — mos kelgan maʼlumotlar
  3. LEFT JOIN va RIGHT JOIN farqlari
  4. FULL JOIN ishlatilishi
2

13

14 Subquery (Ichki soʻrovlar) 
  1. Subquery tushunchasi
  2. SELECT ichida soʻrov
  3. WHERE ichidagi subquery
  4. EXISTS operatori
2

14

15 INDEX, VIEW va TRIGGER 
  1. INDEX yaratish va uning afzalliklari
  2. VIEW yaratish va undan foydalanish
  3. TRIGGER nima va qachon kerak?
2

15

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Talabalar maʼlumotlar bazasi – fakultet, guruh, baholar, fanlar boʻyicha maʼlumotlarni boshqarish 
  1. Talabalar maʼlumotlar bazasi – fakultet, guruh, baholar, fanlar boʻyicha maʼlumotlarni boshqarish

1

2 Kutubxona tizimi – kitoblar, mualliflar, oʻquvchilar va kitob berish jarayonlarini boshqaruvchi baza 
  1. Kutubxona tizimi – kitoblar, mualliflar, oʻquvchilar va kitob berish jarayonlarini boshqaruvchi baza

2

3 Buxgalteriya hisob tizimi – xodimlar maoshi, soliqlar va xarajatlar hisobini yurituvchi baza 
  1. Buxgalteriya hisob tizimi – xodimlar maoshi, soliqlar va xarajatlar hisobini yurituvchi baza

3

4 Mehmonxona bronlash tizimi – mijozlar, xonalar, bronlar va toʻlovlar jadvalini tuzish 
  1. Mehmonxona bronlash tizimi – mijozlar, xonalar, bronlar va toʻlovlar jadvalini tuzish

4

5 Kafedra faoliyati bazasi – oʻqituvchilar, fanlar, dars soatlari va yuklamalarni boshqarish 
  1. Kafedra faoliyati bazasi – oʻqituvchilar, fanlar, dars soatlari va yuklamalarni boshqarish

5

6 Tibbiyot klinikasi bazasi – bemorlar, shifokorlar, tashxis va davolanish natijalarini saqlash 
  1. Tibbiyot klinikasi bazasi – bemorlar, shifokorlar, tashxis va davolanish natijalarini saqlash

6

7 Avtosalon maʼlumotlar bazasi – mashinalar, sotuvchilar va xaridorlar haqidagi maʼlumotlar 
  1. Avtosalon maʼlumotlar bazasi – mashinalar, sotuvchilar va xaridorlar haqidagi maʼlumotlar

7

8 Restoran buyurtma tizimi – menyu, buyurtma, mijoz va toʻlov modullari asosida 
  1. Restoran buyurtma tizimi – menyu, buyurtma, mijoz va toʻlov modullari asosida

8

9 Talabalar yotoqxonasi bazasi – xonalar, yashovchilar, toʻlovlar va joylashtirish jarayoni 
  1. Talabalar yotoqxonasi bazasi – xonalar, yashovchilar, toʻlovlar va joylashtirish jarayoni

9

10 Bank mijozlari maʼlumotlar bazasi – mijoz, hisob raqamlar, operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlar 
  1. Bank mijozlari maʼlumotlar bazasi – mijoz, hisob raqamlar, operatsiyalar boʻyicha maʼlumotlar

10

11 Oʻqituvchi yuklamalari boʻyicha soʻrovlar – fan, soat va oʻquv yili boʻyicha tahlil 
  1. Oʻqituvchi yuklamalari boʻyicha soʻrovlar – fan, soat va oʻquv yili boʻyicha tahlil

11

12 Savdo korxonasi bazasi – mahsulotlar, mijozlar, sotuvchilar va daromad hisobotlari 
  1. Savdo korxonasi bazasi – mahsulotlar, mijozlar, sotuvchilar va daromad hisobotlari

12

13 Aviachiptalar bronlash tizimi – yoʻlovchi, reys, sana va narx boʻyicha soʻrovlar 
  1. Aviachiptalar bronlash tizimi – yoʻlovchi, reys, sana va narx boʻyicha soʻrovlar

13

14 Farmatsiya tizimi – dorilar, yetkazib beruvchilar va sotuv statistikasi 
  1. Farmatsiya tizimi – dorilar, yetkazib beruvchilar va sotuv statistikasi

14

15 Universitet kurs ishlari bazasi – talabalar, fanlar, rahbarlar va baholar bilan bogʻliq soʻrovlar 
  1. Universitet kurs ishlari bazasi – talabalar, fanlar, rahbarlar va baholar bilan bogʻliq soʻrovlar

15

16 Elektron doʻkon bazasi – mahsulot kategoriyasi, zaxira va savdo statistikasi 
  1. Elektron doʻkon bazasi – mahsulot kategoriyasi, zaxira va savdo statistikasi

16

17 Ishchi resurslarni boshqarish – xodimlar, lavozimlar va malaka boʻyicha hisobotlar 
  1. Ishchi resurslarni boshqarish – xodimlar, lavozimlar va malaka boʻyicha hisobotlar

17

18 Transport logistika tizimi – haydovchi, yoʻnalish, yuk va manzil boʻyicha maʼlumotlar 
  1. Transport logistika tizimi – haydovchi, yoʻnalish, yuk va manzil boʻyicha maʼlumotlar

18

19 Ishlab chiqarish korxonasi bazasi – boʻlimlar, xodimlar, uskunalar, ishlab chiqarish hajmi 
  1. Ishlab chiqarish korxonasi bazasi – boʻlimlar, xodimlar, uskunalar, ishlab chiqarish hajmi

19

20 Talim grant tizimi – talabalar, grant turlari, shartlar va natijalar soʻrovlari 
  1. Talim grant tizimi – talabalar, grant turlari, shartlar va natijalar soʻrovlari

20

21 ER Diagram asosida maʼlumotlar modeli – 3–4 jadvaldan iborat ERD yaratish (masalan: Talaba–Fan–Baholar) 
  1. ER Diagram asosida maʼlumotlar modeli – 3–4 jadvaldan iborat ERD yaratish (masalan: Talaba–Fan–Baholar)

21

22 SQL orqali hisobot yaratish tizimi – SELECT, GROUP BY, HAVING operatorlari yordamida 
  1. SQL orqali hisobot yaratish tizimi – SELECT, GROUP BY, HAVING operatorlari yordamida

22

23 Access–Excel integratsiyasi – maʼlumotlarni eksport va import qilish loyihasi 
  1. Access–Excel integratsiyasi – maʼlumotlarni eksport va import qilish loyihasi

23

24 Talaba ishtirokini tahlil qilish moduli – dars davomati, fanlar, baholar orqali tahlil 
  1. Talaba ishtirokini tahlil qilish moduli – dars davomati, fanlar, baholar orqali tahlil

24

25 Moliya hisobot tizimi – Access va Power BI integratsiyasi (hisobotlar vizual koʻrinishda) 
  1. Moliya hisobot tizimi – Access va Power BI integratsiyasi (hisobotlar vizual koʻrinishda)

25

26 Zaxira va sotuv tahlil bazasi – mahsulotlar hajmi, oʻsish tendensiyasi, foyda 
  1. Zaxira va sotuv tahlil bazasi – mahsulotlar hajmi, oʻsish tendensiyasi, foyda

26

27 Foydalanuvchi interfeysi bilan forma dizayni – navigatsiya, tugmalar, qidiruv formasi 
  1. Foydalanuvchi interfeysi bilan forma dizayni – navigatsiya, tugmalar, qidiruv formasi

27

28 Hisobot moduli dizayni – foydalanuvchi soʻrovlariga asoslangan avtomatik PDF/Excel chiqish 
  1. Hisobot moduli dizayni – foydalanuvchi soʻrovlariga asoslangan avtomatik PDF/Excel chiqish

28

29 Maʼlumotlarni himoyalash mexanizmi – foydalanuvchi kirish huquqlari va parol tizimi 
  1. Maʼlumotlarni himoyalash mexanizmi – foydalanuvchi kirish huquqlari va parol tizimi

29

30 MBBTning optimallashtirilgan arxitekturasi – indekslash, soʻrov samaradorligi va zaxira nusxa olish 
  1. MBBTning optimallashtirilgan arxitekturasi – indekslash, soʻrov samaradorligi va zaxira nusxa olish

30

 
 

Izoh: Mustaqil taʼlim soatlarini bajarish uchun talaba berilgan mavzulardan birini tanlab taqdimot/media/yozma/vizual/dastur yoki referat (15 varoqdan kam boʻlmagan hajimda) tayyorlab himoya qiladi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Форта, Бен. SQL за 10 минут, 4-е изд.: Пер. с англ. — М .: ООО “Вильямс И. Д. ”, 2014. — 288 с      
  2. Shamsitdinov, S. K. Maʼlumotlar bazasi. – T.: IDEAL PRESS. – 2023. - 208 b      
  3. Грофф, Джеймс Р., Вайнберг, Пол Н., Оппелъ, Эндрю Дж. Г89 SQL: полное руководство, 3-е изд. : Пер. с англ. - М.: ООО "И. Д. Вильяме", 2015. - 960 с      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Моргунов, Е. П. Язык SQL. Базовый курс: учеб. -практ. пособие / Е. П. Моргунов; под ред. Рогова Е. В., Лузанова П. В. ; — М., Postgres Professional, 2017. — 256 с      
  2. Qobulov R. V., Akbaraliyev B. B., Usmonov J. T., Roʻzibayev O. B. Maʼlumotlar bazasi. (Oʻquv qoʻllanma) – T.: «Aloqachi», 2021. – 140 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.w3schools.com/sql/      
  • https://www.geeksforgeeks.org/sql/sql-tutorial/      
  • https://metanit.com/sql/      
  • https://sqlzoo.net/wiki/SQL_Tutorial      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Shamsitdinov Saloxiddin Kamardinovich

Abduvoxidov Murodjon Komilovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: salohiddinshamsitdinov@gmail.com
info@murodjon.uz
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

N.Kabulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

A.Medatov - Andijon davlat universiteti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Seshanba-chorshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

S.Shamsitdinov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Abduvoxidov

Fan oʻqituvchisi