| 1 |
Matn lingvistikasi faniga kirish.
- Matn tushunchasining umumiy taʼrifi
- Tilshunoslikda matnni oʻrganish zaruriyati
- Matnning dastlabki tadqiqi
- Adabiyotshunoslik va stilistikada matnga yondashuvlar
- Tilshunoslikda gap markaziy birlik sifatida qaralishi
- Matn lingvistikasi shakllanishi a. XX asr oʻrtalarida matn tilshunoslik obyekti sifatida b. Gʻarb tilshunosligida (Harris, Halliday, Hasan, de Beaugrande, Dressler) yondashuvlar c. Rus tilshunosligida (Lotman, Galperin, Moskalskaya) tadqiqotlar
- Matnning nazariy muammolari
|
2 |
1
|
|
| 2 |
Matn tushunchasi.
- Matnning taʼrifi va mohiyati
- Matnning tuzilishi
- Matnning asosiy belgilar
- Matnning vazifalari
- Matn turlari
- Matn va kontekst
- Matnning vazifalari
|
2 |
2
|
|
| 3 |
Matn grammatikasi va matn semantikasi.
- I. Matn grammatikasi tushunchasi: 1. Matn grammatikasining predmeti va vazifasi 2. Matn grammatikasi va gap grammatikasi oʻrtasidagi farq 3. Matn birliklari va ularning grammatik xususiyatlari a) gaplararo bogʻlanish vositalari (anashtik vositalar, koʻrsatkichlar, bogʻlovchilar); b) koheziya (grammatik va leksik bogʻliqlik)
- II. Matn semantikasi tushunchasi: 1. Matnning semantik yaxlitligi 2. Semantik bogʻlanish turlari: a) sinonimiya, antonimiya, giponimiya asosidagi bogʻlanishlar; b) tematik va izchil bogʻliqlik. 3. Kontekst va implicatura tushunchalari 4. Matnning pragmatik va semantik darajalari
- III. Matn grammatikasi va semantikasi oʻzaro aloqasi: 1. Grammatik vositalarning semantik yuklamasi 2. Matnning izchilligi va yaxlitligi: grammatik va semantik yondashuv 3. Nutq uslubi va matn tipiga koʻra grammatik-semantik xususiyatlar
|
2 |
3
|
|
| 4 |
Matn stilistikasi. Matnni lingvostatistik usullarda oʻrganish.
- Matn stilistikasi tushunchasi: 1) matn stilistikasi nima? 2) matn stilistikasining predmeti va oʻrni; 3) matn stilistikasi va umumiy stilistika oʻrtasidagi farq
- Matnning uslubiy xususiyatlari: 1) uslubiy qatlamlar: fonetik, leksik, grammatik, sintaktik; 2) matnda uslubiy vositalardan foydalanish; 3) islubiy maqsad va uslubiy taʼsir
- Matn va funksional uslublar: 1) badiiy uslub; 2) ilmiy uslub; 3) rasmiy-idoraviy uslub; 4) publitsistik uslub; 5) ogʻzaki nutq (soʻzlashuv) uslubi
- Matnning stilistik yaxlitligi: 1) uslubiy izchillik; 2) til vositalarining stilistik uygʻunligi; 3) adabiy til meʼyorlariga rioya
- Stilistik figura va troplar: 1) metafora, metonimiya, epitet, ironiya va boshqalar; 2) ularning matndagi stilistik funksiyasi
- Matn stilistikasining amaliy jihatlari: 1) matn tahlilida stilistik yondashuv; 2) matn muallifi va stilistik tanlov; 3) adabiy va notiqlik uslublarining solishtirma tahlili
|
2 |
4
|
|
| 5 |
Matn tipologiyasi.
- Matn tipologiyasi tushunchasi: 1) matn tipologiyasi nima? 2) matnlarni tasniflashning zaruriyati; 3) matn tipologiyasining tilshunoslikdagi oʻrni
- Matnni tasniflash mezonlari: 1) kommunikativ maqsadga koʻra; 2) mavzuga koʻra; 3) uslubga koʻra; 4) tuzilishiga (strukturasi) koʻra; 5) matnning ifoda shakliga (yozma/ogʻzaki) koʻra
- Matnlarning asosiy tiplari: 1) hikoya (narrativ) matnlar; 2) voqealarni izchil bayon qilish; 3) tavsiflovchi (deskriptiv) matnlar; 4) obyekt yoki hodisaning belgilari, holatini tasvirlash; 5) izohlovchi (ekspozitiv) matnlar; 6) maʼlumot berish, tushuntirish; 7) dalillovchi (argumentativ) matnlar; 8) fikr bildirish, asoslash; 9) buyruq/koʻrsatma (preskriptiv) matnlar; 10) koʻrsatma, qonun, qoida bayoni
- Matn tiplari va funksional uslublar oʻrtasidagi bogʻliqlik: 1) har bir uslubga mos matn tiplari; 2) matn turining tanlanishi va uslubiy moslik
- Aralash matnlar: 1) bir matnda bir nechta matn tipi qoʻllanilishi; 2) aralashlikning funksional ahamiyati
- Matn tipologiyasining amaliy qoʻllanilishi: 1) matn tahlilida tipologik yondashuv; 2) oʻquv matnlarini tanlash va tahlil qilish; 3) matn yaratishda tipologik bilimdan foydalanish
|
2 |
5
|
|
| 6 |
Matn va uning asosiy kategoriyalari.
- Matn tushunchasi: 1) matnning taʼrifi; 2) matnning asosiy belgilari (yaxlitlik, izchillik, bogʻliqlik); 3) matn va nutq oʻrtasidagi farq
- Matn kategoriyalari haqida umumiy tushuncha: 1) kategoriya tushunchasi va uning tilshunoslikdagi oʻrni; 2) matn kategoriyalari qanday aniqlanadi
- Matnning asosiy kategoriyalari: 1) yaxlitlik (целостность / koherensiya): a) matndagi mazmuniy butunlik; b) mavzu birligi. 2) izchillik (связность / koheziya): a) matndagi grammatika va leksika vositalari orqali bogʻlanish; b) gaplar va fikrlar orasidagi mantiqiy ketma-ketlik. 3) axborotlik (informativlik): a) matnda qanday yangi maʼlumotlar bayon etiladi; b) axborot darajasi. 4) maqsadga yoʻnaltirilganlik (intensionallik) a) muallif niyati, matnning kommunikativ vazifasi: 5) intertekstualik (intertekstualnost): a) matnlararo aloqalar va havolalar; b) iqtiboslar, kinoya, alluziyalar orqali ifoda. 6) qabul qilinuvchanlik (resepiyentlik): a) matnning oʻquvchi (yoki tinglovchi) tomonidan qabul qilinishga moʻljallanganligi
- Matn kategoriyalarining oʻzaro bogʻliqligi: a) kategoriyalar bir-birini toʻldirishi va uygʻunligi; b) matn yaxlitligiga erishishda har bir kategoriya roli
- Matn tahlilida kategoriyalarning qoʻllanilishi: a) amaliy tahlil: badiiy yoki publitsistik matn asosida; b) har bir kategoriya boʻyicha tahlil qilish
|
2 |
6
|
|
| 7 |
Badiiy matn va uning asosiy xususiyatlari.
- Badiiy matn tushunchasi
- Badiiy matnning tuzilishi
- Badiiy matnning asosiy xususiyatlari
- Badiiy matnning funksiyalari
- Badiiy matnning janrga xos xususiyatlar
- Badiiy matnni tahlil qilish mezonlari
|
2 |
7
|
|
| 8 |
Badiiy matn va uning asosiy kategoriyalari.
- Matn kategoriyalari haqida umumiy maʼlumot
- Badiiy matnning asosiy kategoriyalari
- Badiiy matn kategoriyalarining oʻzaro bogʻliqligi
|
2 |
8
|
|
| 9 |
Badiiy matnni lingvopoetik tahlil qilish.
- Kirish: Lingvopoetika tushunchasi: til va badiiyat oʻzaro bogʻliqligi. Badiiy matn – estetik va lingvistik birlik sifatida. Badiiy matnni tahlil qilishdagi lingvopoetik yondashuvning ahamiyati
- Badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari: Badiiy til va uning funksional uslubi. Estetik yuklangan til vositalari. Poetika va stilistika chegarasi
- Lingvopoetik tahlilning asosiy yoʻnalishlari: 1. Fonetik (ohang, tovush va ritm) tahlil. Aliteratsiya, assonans, tovushlar uygʻunligi. Sheʼriy ritm, ohang va muvozanat. 2. Leksik-semantik tahlil. Metafora, metonimiya, epitet, personifikatsiya va boshqa badiiy vositalar. Soʻz tanlovi va uning poetik maʼnosi. 3. Sintaktik tahlil. Sintaktik qurilmalar, inʼikoslar, parallelizm. Gap tuzilmalari va ularning estetik vazifasi. 4. Pragmatik va kontekstual tahlil. Muallifning uslubi va niyati. Matn va uning tarixiy-madaniy konteksti
- Matndagi obrazlar tizimi: Lirika, epik yoki dramatik janrlarga xos obrazlar. Qahramon tili va uni ochib beruvchi lingvistik vositalar. Obrazlarning badiiy funksiyasi va ularning til orqali ifodalanishi
- Matn strukturasining poetik tahlili: Kompozitsion tuzilma: ekspozitsiya, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim. Syujet va fabula oʻzaro munosabati. Matnning estetik yaxlitligi
- Lingvopoetik tahlilda oʻquvchining roli: Reseptiv (qabul qiluvchi) estetik yondashuv. Matnni anglashda oʻquvchi tajribasi va kontekstning roli
|
2 |
9
|
|
| 10 |
Badiiy matnning fonetik-fonologik xususiyatlari.
- Kirish: Badiiy matn va uning til darajalari. Fonetika va fonologiyaning badiiy matndagi oʻrni. Tovush vositalarining estetik va ekspressiv funksiyasi
- Fonetik vositalarning badiiy matndagi roli: Tovushlarning estetik vazifasi. Ohang, urgʻu, intonatsiya orqali maʼno va kayfiyat yaratish. Sheʼriy nutqda tovush uygʻunligi
- Badiiy matndagi asosiy fonetik usullar: 1. Aliteratsiya. Bir xil undosh tovushlarning takrorlanishi. Kayfiyat va obrazga taʼsiri. 2. Assonans. Bir xil unli tovushlarning takrorlanishi. Musiqa va ritm yaratishdagi roli. 3. Onomatopoeiya (tovushni taqlid qilish) Tabiat tovushlarini ifodalovchi soʻzlar. Jonlilik va obrazlilik yaratish. 4. Fonologik xususiyatlar: Fonema va uning badiiy matndagi funksiyasi. Fonologik oppozitsiyalar orqali semantik ifoda. Fonologik usullar bilan estetik taʼsir kuchaytirish. 5. Ritm va intonatsiyaning poetik funksiyasi: Sheʼriyatda ohangdorlik va urgʻu tizimi. Intonatsiya vositasida emotsional taʼsir. Tovush va kayfiyat oʻrtasidagi bogʻliqlik. 6. Badiiy uslubda fonetik vositalarning uygʻunligi: Fonetik vositalar va leksik-semantik darajadagi uygʻunlik. Obraz yaratishda tovushning ifoda vositasi sifatidagi roli. Muallif uslubining fonetik jihatdan namoyon boʻlishi
|
2 |
10
|
|
| 11 |
Badiiy matnning leksik-semantik xususiyatlari.
- Kirish: Badiiy matn va leksik-semantik tahlilning ahamiyati. Soʻzning badiiy matndagi estetik, emotsional va semantik yuklamasi. Leksik-semantik daraja – matn tilining asosiy qatlamlaridan biri sifatida
- Badiiy matnda leksik boylik: Soʻz boyligi va sinonimlarning roli. Soʻz tanlashdagi muallif individualligi. Milliy-madaniy leksika va uning badiiy funksiyasi
- Leksik vositalarning badiiy matndagi funksiyasi: 1. Emotsional-ekspressiv leksika Kayfiyat va hissiyot ifodasida ishlatilishi. Obrazli leksika. Tasviriylik va poetiklik vositasi sifatida. Arxaizmlar, dialektizmlar, soʻz oʻyinlari. 2. Uslubiy rang-baranglikni taʼminlash
- Badiiy matndagi semantik qatlamlar. Soʻzning koʻp maʼnoliligi (polisemantikasi). Ramziy va konnotativ maʼnolar. Kontekstda semantikaning kengayishi yoki oʻzgarishi
- Badiiy tasvir vositalari va ularning semantik roli: Metafora – maʼnoni koʻchirish orqali yangi obraz yaratish. Epitet – soʻzga emotsional-ekspressiv yuklama berish. Metonimiya va sinekdoxa – qisqa ifoda bilan chuqur mazmun yaratish. Ironiya, litota, hiperbola – baholovchanlik va kinoya vositasi sifatida
- Leksik-semantik uslublar va muallif uslubi: Muallif uslubini ochib berishda leksik vositalarning oʻrni. Leksik tanlov orqali ideya va gʻoyaning ifodalanishi. Leksik-semantik struktura va kompozitsion qurilish oʻrtasidagi bogʻliqlik
|
2 |
11
|
|
| 12 |
Badiiy matnning morfologik xususiyatlari.
- Kirish: Morfologiya va badiiy matn oʻrtasidagi bogʻliqlik. Badiiy uslubda morfologik shakllarning roli. Morfologik vositalar – badiiy ifodaning qurilish asosi sifatida
- Badiiy matnda otlarning qoʻllanilishi: Otlarning aniqlovchi, obraz yaratishdagi roli. Abstrakt va konkret otlarning uslubiy qiymati. Sinonimik otlar va ularning estetik yuklamasi
- Sifatlar va ularning badiiy funksiyasi: Epitetlar yaratishda sifatlarning roli. Rang, holat, xarakter ifodalovchi sifatlar. Emotsional va baholovchi sifatlar orqali obraz kuchaytirish
- Feʼl va uning uslubiy imkoniyatlari: Harakatni tasvirlashda feʼlning markaziy oʻrni. Feʼl zamonlari va modal shakllarining semantik yuklamasi. Feʼl vositasida ruhiy holat, ichki kechinmalarni ifodalash
- Ravishlar va ularning badiiy ifodadagi oʻrni: Harakat tarzini, ohangini, tezligini aniqlashda qoʻllanishi. Ravishlar orqali muallif nuqtayi nazarining ifodalanishi. Emotsional-ekspressiv yuklama beruvchi ravishlar
- Olmoshlar va ularning stilistik vazifasi: Qahramon, muallif va oʻquvchi orasidagi masofani belgilovchi vosita. Shaxs olmoshlari orqali ichki monolog va lirik “men” ni ifodalash. Badiiy matnda aniqlik va noaniqlik yaratishdagi roli
- Son, bogʻlovchi, yuklama, modal soʻzlar: Sanash, koʻplik, miqdor orqali ifodaning aniqligi. Uslubiy niuanslar yaratishda modal birliklar. Bogʻlovchilar orqali matn izchilligi va mantiqiy bogʻlanish
- Morfologik shakllarning emotsional-ekspressiv imkoniyatlari: Zamon, shaxs, nisbat shakllarining estetik ishlatilishi. Morfologik variantlar orqali uslubiy maqsadlarga erishish. Muallif uslubini ochishda morfologik vositalarning roli
|
2 |
12
|
|
| 13 |
Badiiy matnning sintaktik xususiyatlari.
- Kirish: Sintaksis va badiiy matn oʻrtasidagi bogʻliqlik. Badiiy tilda gap tuzilishining estetik va ifodaviy ahamiyati. Sintaktik darajadagi vositalarning lingvopoetik roli
- Badiiy matnda gap tuzilishining oʻziga xosligi: Oddiy va murakkab gaplarning uslubiy yuklamasi. Toʻliq va toʻliqsiz gaplarning badiiy qoʻllanilishi. Ellipsis (gap qisqartmasi) vositasida ifoda kuchaytirilishi
- Sintaktik qurilmalar va ularning badiiy funksiyasi: Parallelizm: Tantanavorlik, taʼsirchanlik yaratish. Inversiya (soʻz tartibining oʻzgarishi): Emotsional urgʻu berish. Gradatsiya (kuchayish yoki kamayish ketma-ketligi): Dinamika va kuchli ifoda yaratish. Ritorik soʻroq va murojaatlar: Ichki monolog va hissiy taʼsir kuchini oshirish
- Sintaktik uslublar va muallif nutqi: Muallif uslubining gap qurilishi orqali namoyon boʻlishi. Lirik, dramatik, epik matnlarda sintaktik ifodaning farqlari. Sintaktik vositalar orqali qahramon ruhiy holatini berish
- Dialog va monologlar sintaksisi: Qahramon nutqida gap tuzilishining tabiiyligi. Ichki monolog va ichki soʻzlovchi tili. Sintaksis orqali obraz yaratish
- Sintaktik vositalarning emotsional-ekspressiv funksiyasi: Qisqa gaplar, pauzalar, takrorlar orqali dramatizm kuchayishi. Sintaktik vositalar orqali kayfiyat, ohang, ritm berish. Uslubiy sintaktik figuralar (anafora, epifora, antiteza)
- Sintaksis va matn yaxlitligi: Gaplar orasidagi izchillik va bogʻliqlik. Sintaktik qurilmalar orqali matn kompozitsiyasi. Sintaksisning matn yaxlitligidagi roli
|
2 |
13
|
|
| 14 |
Badiiy matn va uni shakllantiruvchi vositalar.
- Kirish: Badiiy matn tushunchasi. Badiiy matnning asosiy xususiyatlari: estetiklik, obrazlilik, emotsionallik. Matnni badiiylashtirish vositalarining zarurati
- Badiiy matnning tarkibiy tuzilmasi: Mazmuniy (semantik) qatlam. Kompozitsion tuzilma (syujet, kompozitsiya qismlari). Formal (grammatik, stilistik) qatlam
- Badiiy matnni shakllantiruvchi asosiy vositalar: 1. Leksik vositalar. Obrazli soʻzlar, sinonimlar, antonimlar. Emotsional-ekspressiv leksika. Arxaizmlar, poetizmlar, xalqona soʻzlar. 2. Morfologik vositalar: Soʻz shakllari, zamonlar, shaxs ifodalari. Modal shakllar orqali baho va munosabat bildiruvchi birliklar. 3. Sintaktik vositalar: Gap qurilishi: oddiy, murakkab, toʻliqsiz gaplar. Sintaktik figuralar: anafora, epifora, inversiya, ritorik soʻroq va h. k. 4. Stilistik va tasviriy vositalar:
- Poetik (badiiy) tilning oʻziga xosligi: Tovush, ritm, ohang (fonetik vositalar). Tashqi shakl (sheʼriy vazn, qofiya) va ichki shakl uygʻunligi. Muallif uslubi va individual badiiy til
- Kompozitsion vositalar: Ekspozitsiya, tugun, kulminatsiya, yechim. Syujetning tuzilishidagi badiiy vositalar roli. Vaqt va makonning badiiy ifodasi
- Obraz yaratish vositalari: Til vositalari orqali obrazni ifodalash. Ichki nutq, portret, psixologik tavsif, tafsilotlar. Qahramon nutqi va uslubiy individualizatsiya
|
2 |
14
|
|
| 15 |
Intertekstuallik kategoriyasi.
- Kirish: “Intertekstualik” tushunchasining kelib chiqishi. Intertekstualikning zamonaviy tilshunoslik va matnshunoslikdagi oʻrni. Bu kategoriya nima sababli muhim: matnlararo aloqaning mohiyati
- Intertekstualikning nazariy asoslari: M. Baxhtin, Yu. Kristeva, R. Bart, G. Genett kabi olimlar qarashlari. Matn — yopiq emas, balki boshqa matnlar bilan bogʻliq tizim sifatida. Matnning “ochiqligi” va koʻp qatlamliligi
- Intertekstualikning asosiy turlari: 1. Iqtibos (sitata). Aniq matndan parcha keltirish. 2. Alluziya. Boshqa matnga ishora (bilvosita). 3. Parodiya. Matnga hazil yoki kinoya bilan murojaat. 4. Reministsensiya. Ong osti xotira orqali boshqa matnni eslatish
- Intertekstual aloqalar vositalari: Leksik vositalar (ism, toponim, ibora, frazeologizm). Stilistik mosliklar (uslub, sintaksis, nutq ohangi). Madaniy, diniy va adabiy kontekstlar orqali yuzaga keladigan bogʻliqlik
- Intertekstualik va badiiy matn: Badiiy asar ichidagi yashirin va ochiq intertekstual unsurlar. Oʻquvchining madaniy-bilimiy tajribasi intertekstual bogʻliqlikni anglashda. Intertekstualik orqali yangi mazmun va talqin paydo boʻlishi
- Intertekstualikning funksional roli: Madaniy konnotatsiya yaratish. Muallif pozitsiyasini kuchaytirish. Qahramon yoki voqeani boshqa badiiy/falsafiy qatlamlarga bogʻlash. Oʻquvchini ijodiy talqinga jalb qilish
|
2 |
15
|
|
| 16 |
Matn lingvistikasi va kommunikativ tilshunoslik.
- Kirish. Matn lingvistikasi va kommunikativ tilshunoslik haqida umumiy tushuncha Matn-aloqa vositasi va kommunikativ birlik sifatida
- Matn lingvistikasi: asosiy tushunchalar. Matn tushunchasi, uning tarkibiy qismlari. Matnning strukturasi: kirish, asosiy qism, yakun. Matnning mantiqiy, semantik va grammatika asoslari
- Kommunikativ tilshunoslik: mazmun va maqsad. Kommunikatsiya va til — oʻzaro munosabatda. Tilning asosiy kommunikativ funksiyalari. Komponentlar: joʻnatuvchi, qabul qiluvchi, kanal, xabar, kontekst
- Matn va kommunikatsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik. Matnning kommunikativ holatga bogʻliqligi. Nutqiy faoliyat natijasi sifatida matn. Matn kontekstual va pragmatik jihatdan oʻrganilishi
- Matnning kommunikativ xususiyatlari. Maqsadlilik. Adresant va adresat munosabati. Axborot yetkazish darajasi (aniqlik, mantiqiylik, izchillik). Kommunikativ strategiya va taktika
- Matnning pragmatik va diskursiv tahlili. Muallif niyati va qabul qiluvchi talqini. Matndagi illokutsiya va perlokutsiya vositalari. Diskurs va matn farqlari
- Matnning muloqotdagi funksiyalari. Axborot uzatish. Taʼsir oʻtkazish. Baholash, ifoda, fikr bildirish. Shaxslararo munosabatni shakllantirish
|
2 |
16
|
|
| 17 |
Matnning kommunikativ mohiyati.
- Kirish: Matn tushunchasining umumiy tavsifi. Matn va kommunikatsiya oʻrtasidagi bogʻliqlik. Matnni kommunikativ birlik sifatida oʻrganishning dolzarbligi
- Matnning kommunikativ tabiati: Matn – til vositalari orqali amalga oshadigan muloqot shakli. Matnning axborot, ifoda va taʼsir funksiyalari. Nutqiy faoliyat mahsuli sifatida matn
- Kommunikativ jarayon va matn: Kommunikatsiya komponentlari: adresant (joʻnatuvchi), adresat (qabul qiluvchi), xabar, kontekst. Matnning joʻnatuvchi niyatiga bogʻliqligi. Matnning qabul qilinishi va talqin qilinishi
- Matnning kommunikativ xususiyatlari: Maqsadlilik. Adresatlilik (kimga qaratilgani). Axborot uzatish aniqligi. Matnning mantiqiyligi va izchilligi. Kontekstual va pragmatik moslik
- Matnning pragmatik jihatlari: Illokutsiya va perlokutsiya: matn orqali niyat va taʼsir. Matn va nutq aktlari oʻrtasidagi bogʻliqlik. Matn orqali baholash, ragʻbatlantirish, buyruq, soʻrov ifodasi
- Matnning funksional-stilistik jihatlari: Turli uslubdagi matnlarning kommunikativ farqlari. Rasmiy, ilmiy, badiiy, publitsistik matnlarda aloqa shakli. Uslub va vaziyatga mos matn qurilishi
- Matnning kommunikativ strategiyalari: Axborot beruvchi, taʼsir koʻrsatuvchi, muloqotga undovchi strategiyalar. Kompozitsion qurilish va strategik boʻlimlar: kirish, asosiy qism, yakun. Qisqa va loʻnda ifodalash, muloqotga ochiqlik
|
2 |
17
|
|
| 18 |
Matn lingvistikasi lingvopragmatik jihatlari. Matn pragmatikasi.
- Kirish: Matn lingvistikasi va lingvopragmatika tushunchalari. Lingvopragmatik yondashuvning matn tahlilidagi oʻrni. Matnni lingvopragmatik jihatdan oʻrganishning dolzarbligi
- Lingvopragmatika va uning asosiy tushunchalari: Pragmatika — tilning kontekstda qoʻllanilishi. Nutq aktlari, illokutsiya, perlokutsiya, lokutsiya. Kontekst va uning lingvistik tahlildagi roli
- Matn va uning kommunikativ vazifasi: Matnning asosiy maqsadi va uning amalga oshirilishi. Matnni yaratishda muallifning niyati va oʻquvchi talqini. Matnda til vositalarining pragmatik funktsiyalari
- Lingvopragmatik vositalar va matn: Nutq aktlari (soʻrov, buyruq, taklif, va boshqalar). Illokutsion va perlokutsion taʼsirlar. Modal soʻzlar, baholash ifodalari, pragmatik markerlar
- Matnda yuzaga keladigan pragmatik tushunmovchiliklar: Ambiguitet (ikki yoki koʻp maʼnolilik). Implisitlik (shartli maʼno). Kontekstga bogʻliq notoʻgʻri talqinlar
- Pragmatik analiz metodlari: Matn kontekstini aniqlash. Nutq aktlarini aniqlash va klassifikatsiya qilish. Pragmatik markerlarni tahlil qilish
|
2 |
18
|
|
| 19 |
Matnning kommunikativ-pragmatik mazmuni.
- Kirish: Matn tushunchasi va uning kommunikativ mohiyati. Kommunikativ va pragmatik yondashuvlar: umumiy tavsif. Matn – aloqa, axborot uzatish va taʼsir vositasi sifatida
- Matnning kommunikativ mazmuni: Matn orqali uzatiladigan axborot. Matnning adresant (joʻnatuvchi) va adresat (qabul qiluvchi) nuqtai nazaridan tahlili. Axborotning aniq, mantiqli va izchil uzatilishi
- Matnning pragmatik mazmuni: Muallifning niyati va maqsadi (illokutsion kuch). Matn orqali taʼsir oʻtkazish (perlokutsion natija). Baholovchanlik, emotsionallik, konnotatsiyalar
- Kommunikativ-pragmatik birliklar: Modal birliklar (ehtimollik, ishonch, baho bildiruvchi soʻzlar). Nutq aktlari (buyruq, taklif, soʻrov, rad etish, iltimos va h. k. ). Pragmatik markerlar (jumladan: “iltimos”, “nahotki”, “albatta”, “axir” kabi soʻzlar)
- Kontekst va situatsiya: Matnning maʼnosi situatsiyaga bogʻliqligi. Kontekstda yuzaga keladigan pragmatik maʼnolar. Qabul qiluvchining bilim doirasi va madaniy zaminining roli
- Matnda pragmatik strategiyalar: Axborot beruvchi strategiya. Ishontiruvchi va baholovchi strategiya. Emotsional taʼsir koʻrsatish usullari
- Kommunikativ-pragmatik xatoliklar: Notoʻgʻri talqin (kommunikativ uzilishlar). Noaniq, ikki maʼnoli iboralar va ularning
|
2 |
19
|
|
| 20 |
Matn lingvistikasining kognitiv aspekti.
- Kirish: Matn lingvistikasining umumiy tavsifi. Kognitiv lingvistikaning predmeti va maqsadi. Matn va tafakkur oʻzaro bogʻliqligi
- Kognitiv lingvistika va matn lingvistikasi: umumiy nuqtalar: Til va tafakkur munosabati. Kognitiv yondashuvda matn tushunchasi. Matnning bilim tuzilmalari bilan bogʻliqligi (freym, ragma, ssenariy)
- Matn strukturasi va kognitiv jarayonlar: Matnni qabul qilish va qayta ishlash jarayoni. Axborotni kognitiv qayta ishlash. Matnda implikatsiya, inferensiya va kontekstning oʻrni
- Matn tuzilishining kognitiv modellari: Kognitiv semema va konseptual struktura. Metafora va kontseptualizatsiya (Lakoff va boshqalar). Diskursdagi konseptual metaforalar va ramziy vositalar
- Matn tipologiyasi va tafakkur uslublari: Narrativ (hikoya), deskriptiv (taʼrif), argumentativ matnlar. Har bir matn turining kognitiv xususiyatlari
- Kognitiv yondashuvda matnning pragmatik va kommunikativ jihatlari: Nutq holatlari va matn tuzilmasi. Kommunikativ niyat va maʼno yaratish jarayoni
|
2 |
20
|
|
| 21 |
Matnning kognitiv-diskursiv tavsifiy xususiyatlari.
- Kirish: Matn, kognitsiya va diskurs tushunchalarining qisqacha tavsifi. Matnni oʻrganishda kognitiv va diskursiv yondashuvlarning ahamiyati. Mavzuning dolzarbligi
- Kognitiv yondashuvda matn tushunchasi: Inson tafakkuri va til: oʻzaro bogʻliqlik. Matnning kognitiv model sifatida talqin qilinishi. Konseptlar, freymlar va skriptlar orqali matnni idrok etish
- Diskurs va matn: oʻzaro munosabat: Diskurs tushunchasi: lingvistik va ijtimoiy aspektlar. Matn va diskursning chegaralari. Diskurs kontekstida matnning shakllanishi
- Matnning kognitiv-diskursiv xususiyatlari: Maʼno yaratish jarayoni: kognitiv va diskursiv omillar. Matndagi implicatura va inferensiya. Kontekst va intertekstual aloqalar. Matn koherensiyasi va kohesiyasi kognitiv nuqtai nazardan
- Matnda konseptual tuzilmalar: Kontseptlar va metaforalarning roli. Konseptual integratsiya (blending) va matn mazmuni. Matnda til birliklari orqali konseptual maʼlumot uzatish
- Matn pragmatikasi va diskurs strategiyalari: Gapiruvchining niyati va auditoriyaga taʼsir. Diskurs markerlari va kommunikativ strategiyalar. Matnda pozitsiyalash va identitet
|
2 |
21
|
|
| 22 |
Matn Iingvistikasining lingvomadaniy aspekti.
- Kirish. Lingvomadaniyat tushunchasi va uning lingvistika bilan aloqasi. Matn lingvistikasida lingvomadaniy aspektning oʻrni va ahamiyati. Mavzuning dolzarbligi va maqsadi
- Lingvomadaniyat va matn. Madaniyat va tilning oʻzaro bogʻliqligi. Lingvomadaniyat elementlari (anʼana, urf-odat, ijtimoiy normalar). Matnda lingvomadaniy komponentlar ifodasi
- Matnda lingvomadaniy kodlar va ularning koʻrsatilishi. Tilning madaniy kodlari: frazeologizm, aforizmlar, maqollar. Madaniyatga xos leksik birliklar va ularning matndagi roli. Madaniyatga oid referentlar va ularning diskursdagi oʻrni
|
2 |
22
|
|
| 23 |
Matn Iingvistikasining lingvomadaniy aspekti.
- Madaniyat va kommunikativ vaziyat. Madaniy kontekst va uning matnni tushunishga taʼsiri. Madaniyatga xos kommunikativ strategiyalar va ularning matnda aks etishi. Madaniyatga oid notoʻgʻri tushunish va ularning oldini olish usullari
- Matnda madaniyatlararo muloqot va uning lingvistik ifodasi. Lingvomadaniy farqlar va ularning matnga taʼsiri. Madaniyatlararo kommunikatsiyada matnning roli. Tarjima va madaniyatlararo kontekstda matnning moslashuvi
- Lingvomadaniy aspektning amaliy ahamiyati. Taʼlim jarayonida lingvomadaniyatni oʻrgatishning oʻrni. Madaniyat va til oʻrganishda matn tahlilining ahamiyati. Lingvomadaniy tafovutlarni aniqlash va ularni hisobga olish
|
2 |
23
|
|
| 24 |
Matn tahlili metodlari. Kontseptual tahlil.
- Kirish: Matn tahlilining ahamiyati va predmeti. Matn tahlili metodlari haqida umumiy tushuncha. Kontseptual tahlilning oʻrni va dolzarbligi
- Matn tahlili metodlari: Lingvistik tahlil (morfologik, sintaktik, leksik). Diskurs tahlili. Pragmatik tahlil. Semantik tahlil. Kognitiv tahlil. Lingvomadaniy tahlil. Har bir metodning xususiyatlari va qoʻllanish sohalari
- Kontseptual tahlil tushunchasi: Kontsept nima? (konseptsiyalar, kontseptlar). Kontseptual tahlilning maqsadi va vazifalari. Kontseptual tahlilning nazariy asoslari (kognitiv lingvistika nuqtai nazari)
- Kontseptual tahlil metodologiyasi: Matndan kontseptlarni aniqlash va tasniflash. Kontseptual ramkalar va freymlar. Matnda konseptual strukturalarni aniqlash usullari. Kontseptlarning lingvistik ifodalari (leksik, frazeologik birliklar)
- Kontseptual tahlilning amaliy qoʻllanilishi: Matnning konseptual tahlili boʻyicha misollar. Matn mazmuni va uning kontseptual tuzilmasi. Tarjima va madaniyatlararo tahlilda kontseptual tahlilning oʻrni
- Kontseptual tahlil va boshqa tahlil metodlari oʻrtasidagi bogʻliqlik: Kontseptual va diskursiv tahlilning oʻzaro munosabati. Pragmatik va kontseptual tahlilning uygʻunligi. Integrativ yondashuvlar va ularning afzalliklari
|
2 |
24
|
|