JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Lotin tili va tibbiy terminologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910300-Pediatriya ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Lotin tili va tibbiy terminologiya Fan kodi LTTT1104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti amal
60
(aud)
60
(must)
60

2. Fan maqsadi

Talabalarga lotin tilining umummadaniy va tibbiyot tarixidagi oʻrni, xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishidagi roli haqidagi nazariy maʼlumotlarni, tibbiyot sohasida xalqaro miqyosda qabul qilingan yagona terminologiyani bilishi va ulardan foydalana olishi ; shuningdek, lotin va yunon tilidan oʻzlashgan soʻzlarni toʻgʻri oʻqish, yozish va talaffuz qilish hamda semantik tahlil qilishni, tibbiy atamalar tuzish, ularning etimologik ildizlarini anglash va amaliyotda toʻgʻri qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi;kelajakdagi tibbiyot mutaxassislari fan boʻyicha egallagan bilim va koʻnikmalarni kasbiy muloqotda aniqlik, ixchamlik va ilmiy standartlarga mos tarzda qoʻllash, terminlardan kontekstga mos lugʻatsiz tarjima qilish va foydalanish hamda zamonaviy ilmiy-uslubiy axborot almashinuvida ishtirok etish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanini oʻzlashtirish uchun talaba ona tili va rus tili grammatikasi, lotin alifbosi va talaffuz qoidalarini, shuningdek, biologiya hamda odam anatomiyasi (OAN112312) boʻyicha boshlangʻich tushunchalarni bilishi lozim. (LTTT1204)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Umummadaniy va tarixiy bilimlar:;
  • lotin tilining umummadaniy ahamiyati, tibbiyot tarixidagi oʻrni, xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga qoʻshgan hissasi haqidagi bilimlar;
  • Lingvistik bilimlar:;
  • lotin tili grammatikasini boshlangʻich darajasi;
  • soʻz yasalish usullari haqida asosiy tushunchalar;
  • tibbiy terminlarni tushunish, shakllantirish va amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan fonetik va grammatik qoidalar;
  • Anatomik terminologiya boʻyicha bilimlar:;
  • inson organizmi anatomik tuzilishiga oid xalqaro anatomik terminologiyaning (Terminologia Anatomica) asosiy prinsiplari va qoidalari;
  • anatomik atamalarni lotin tilida toʻgʻri talaffuz qilish va yozish;
  • anatomik atamalarning morfologik tuzilishini (asos soʻz, qoʻshimcha, prefiks va suffikslar) tahlil qilish va ularni amaliyotda qoʻllash;
  • anatomik terminlarni oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan lotin tiliga toʻgʻri tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • tana qismlari, boʻlimlari, yoʻnalishlari va sathlari, boʻshliqlari, organlar va tizimlarni ifodalovchi asosiy anatomik terminlar;
  • Klinik terminologiya boʻyicha bilimlar;
  • Klinik terminlar yasash uchun zarur boʻlgan prefikslar, suffikslar va yunon–lotin dublet soʻzlarni bilish;
  • kasallik nomlari va organizmning patologik holatini ifodalovchi terminlarni qismlarga ajratish va tarjima qilish koʻnikmasiga ega boʻlish;
  • Farmatsevtik terminologiya boʻyicha bilimlar;
  • farmatsevtik terminlarni tushunish va shakllantirish;
  • retseptlarni yozish va tarjima qilish uchun zarur fonetik va grammatik qoidalarni bilish;
  • dori shakllari, dori vositalari nomenklaturasi, xalqaro patentlanmagan nomlarni tuzishning asosiy tamoyillarini oʻzlashtirish;
  • retseptning lotincha qismini tuzish qoidalari va talablarini bilish;
  • Lugʻat va aforizmlar boʻyicha bilimlar;
  • anatomik, klinik va farmatsevtik terminologiyaga oid 900 dan ortiq leksik birliklarni bilish;
  • keng tarqalgan lotin aforizmlari, maxsus iboralar va maqollarni yoddan bilishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • xalqaro tibbiy hujjatlar, ilmiy maqolalar, retsept va boshqa kasbiy matnlardagi tibbiy terminlarni toʻgʻri oʻqish, tushunish va ilmiy tahlil qilish qobiliyatiga ega boʻladi ;
  • tibbiyot va farmatsiya sohasida lotin va yunon asosli terminlardan aniq, toʻgʻri va samarali foydalanadi, bu orqali kasbiy muloqot va ilmiy izlanishlarda yuqori saviyada ishlash imkoniyatiga ega boʻladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Otlarning 3-turlanishi. Jenskiy roddagi otlar. Nafas aʼzolari tizimi terminlari 
  1. Yuqori nafas yoʻllari terminlari
  2. Pastki nafas yoʻllari terminlari
2

1

2 Otlarning 3-turlanishi. Sredniy roddagi otlar. Siydik va tanosil apparati terminlari. 
  1. Umumiy termilar
  2. Erkak tanosil tizimi terminlari
  3. Ayollar tanosil tizimi terminlari
2

2

3 Otning koʻplik shaklini yasash. Ichki sekretsiya bezlari tizimi terminlari 
  1. Ichki sekretsiya bezlari anatomik nomlari
  2. Gormonlar nomlari
2

3

4 Sifatning koʻplik shaklini yasash. Yurak-qon tomir tizimi terminlari. 
  1. Yurakka oid anatomik terminlar
  2. Arteriaga oid anatomik terminlar
2

4

5 Otlarning 3-turlanishi Nom. Plur. va Gen. Plur. da. Yurak-qon tomir tizimi terminlari 
  1. Venaga oid anatomik terminlar
  2. Limfa tizimiga oid anatomik terminlar
2

5

6 Asab tizimiga oid terminlar 
  1. Asosiy terminlar
  2. Anatomik terminologiya boʻyicha umumlashtiruvchi dars
2

6

7 Sezgi va integumentar aʼzolarga oid terminlar 
2

7

8 Klinik terminologiyaga kirish. 
  1. Klinik atamalar yasash usullari
  2. Suffiksatsiya
  3. Prefiksatsiya usuli
2

8

9 Aʼzolar va tizimlarning klinik terminlari 
  1. Asosiy organ va tizimlarga oid klinik atamalar
  2. Klinik diagnostika uchun ishlatiladigan soʻzlar
  3. Ilm-fan, davolash, kasalliklarni ifodalovchi termin-elementlar
2

9

10 Kasallik nomlari va ularning klinik ifodasi 
  1. Kasallik nomlarini yasalishi
  2. Patologik holatlar va ularning nomlari
  3. Terapevtik va xirurgik usullarni ifodalovchi termin elementlar
2

10

11 Jarrohlik va tibbiy protseduralar terminlari 
  1. Jarrohlik amaliyotiga oid klinik atamalar
  2. Tibbiy protseduralar va ularning terminlari
  3. Klinik koʻrsatmalar va belgilash
2

11

12 Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari. 
  1. Toʻqima, aʼzo, suyuqliklar, sekretlar, jins xamda yoshni ifodalovchi yakka AElar
2

12

13 Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari. 
  1. Funksional va patologik xolat hamda jarayonlarni ifodalovchi yakka AElar
2

13

14 Farmatsevtik terminologiyaga kirish. 
  1. Dorivor moddalarning trivial nomlari. Tarkibiy qismlar
  2. Dori shakllari
  3. Farmatsevtik terminlar strukturasi
2

14

15 Retsept yozish qoidalari: koʻmakchilarni qoʻllash. 
  1. Standart retseptura formulirovkalari
  2. Retsept yozishda predloglardan foydalanish
2

15

16 Retseptning asosiy qismlari 
  1. Bosh sarlavha (Rp), dori tarkibi, dozaj, qoʻllash tartibi va shifokor imzosi
  2. Retseptda dorilarni nomlash va yozish standarti
  3. Retseptda dozani va miqdorni koʻrsatish qoidalari
2

16

17 Tabletka, shamchalar va koʻz plyonkalarini yozishda tushum kelishigining qoʻllanilishi 
  1. Tushum kelishigi nima va nima uchun muhim
  2. Dori shakllariga mos feʼllarning ishlatilishi
  3. Amaliy misollar va tavsiyalar
2

17

18 Kimyoviy elementlarning retseptura terminologiyasidagi oʻrni 
  1. Elementlar nomlari va qisqartmalari
  2. Kimyoviy elementlar bilan bogʻliq terminlar (masalan, natrium, kalium)
  3. Kislotalarning nomlari va ularning farmatsevtik ahamiyati
2

18

19 Oksidlar va tuzlarning nomlanishi va qoʻllanilishi 
  1. Oksidlar va ularning dorivor xususiyatlari
  2. Standart nomenklatura va qisqartmalar
  3. Kimyoviy formulalar va ularning retseptdagi aks ettirilishi
2

19

20 Tuzlarning nomlanishi 
  1. Tuzlarning nomlanishi va dori preparatlaridagi roli
  2. Standart nomenklatura va qisqartmalar
  3. Kimyoviy formulalar va ularning retseptdagi aks ettirilishi
2

20

21 Retseptda asosiy qisqartmalar. 
  1. Rp, Da, Signa, Aqua, Tabl va boshqalar
  2. Har bir qisqartmaning toʻliq maʼnosi va ishlatilish holatlari
  3. Qisqartmalarni notoʻgʻri ishlatish oqibatlari
2

21

22 Farmatsevtik terminologiya boʻyicha umumlashtirilgan mashgʻulot. 
  1. Oʻrganilgan terminlar va qoidalarni qayta koʻrib chiqish
  2. Terminlarni tahlil qilish va izohlar bilan mustahkamlash
2

22

23 Sifat darajalari. Qiyosiy daraja. Mushak tizimi terminlari. 
  1. Boylam va boʻgʻimlarni anatomik nomlash
  2. Tana suyaklarini birlashuvi nomlari
2

23

24 Sifat darajalari: Orttirma daraja. Mushak tizimi terminlari. 
  1. Yurak va silliq mushaklar anatomik nomlari
  2. Vazifasiga koʻra mushaklar nomlari
2

24

25 Otlarning 3-turlanishi. Mujskoy roddagi otlar. Hazm aʼzolari tizimi terminlari 
  1. Yuqori va pastki hazm yoʻllari
  2. Qoʻshimcha bezlar va organlar
2

25

26 Tibbiy terminologiyaga kirish. Alifbo. Talaffuz meyorlari. 
  1. Odam organizmi tuzilishi. Tana sathlari
  2. Anatomik terminologiya haqida maʼlumot
2

26

27 Urgʻu qoʻyish qoidalari. Tana sohalari va boʻshliqlar terminlari. 
  1. Tana sohalari nomlari
  2. Boʻshliqlar nomlanishi
2

27

28 Ot va uning grammatik kategoriyalari haqida maʼlumot. Negiz. Skelet tizimi terminlari 
  1. Suyaklarning tasnifiga koʻra nomlari
  2. Tana suyaklari
2

28

29 Sifat va grammatik kategoriyalari. Bosh skeleti terminlari 
  1. Kalla suyaklari
  2. Yuz suyaklari
2

29

30 Murakkab anatomik terminlar tuzish. Sindesmologiya terminlari 
  1. Boylam va boʻgʻimlarni anatomik nomlash
  2. Tana suyaklarini birlashuvi nomlari
2

30

Jami 60

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Odam organizmiga oid terminlar ishtirokida taqdimot. 

1

2 Tana suyaklari terminlariga lugʻat tuzish. 

2

3 Mushaklarni ifodalovchi terminlar taqdimoti. 

3

4 Asab tizimiga oid terminlarga lugʻat tuzish. 

4

5 Suffiks va prefikslarlarning qoʻllanilishi boʻyicha taqdimot. 

5

6 Ilm-fan, davolash, kasalliklarni ifodalovchi termin-elementlar boʻyicha lugʻat tuzish. 

6

7 Jarrohlik amaliyotiga oid klinik atamalar ishtirokida taqdimot tayyorlash. 

7

8 Klinik terminlar yasovchi yunon–lotin dubletlari boʻyicha lugʻat tuzish. 

8

9 Farmatsevtik terminlar strukturasi boʻyicha taqdimot tayyorlash. 

9

10 Dori shakllari va turlari boʻyicha taqdimot. 

10

11 Standart retsept yozish formulirovkalari. 

11

12 Oksidlar, tuzlarning retseptda aks ettirilishi boʻyicha taqdimot. 

12

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Nasirdinova Y. A., Atamirzayeva M. X. Lotin tili va tibbiy terminologiya. Darslik. Toshkent. 2025-yil      
  2. Rustamova S. Sh., Saydullaeva M. A., Abdullaeva R. M. Lotin tili va tibbiy terminologiya. Darslik. Toshkent. 2017-yil      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Xodjayva L. U., Zohidova X. A., Rahmatullayeva Z. Z. Lotin tili. Darslik. Andijon. 2005      
  2. Бондаренко М. А. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Киев. 2007      
  3. Чернявский М. Н. Латинский язык и основы медицинской терминологии. Учебник. Москва. 2007 г      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://rusneb.ru/catalog/000199_000009_003036460/      
  • https://n.ziyouz.com/books/kollej_va_otm_darsliklari/tibbiyot/Lotin%20tili%20(L.Xoʻjayeva,%20X.Zohidova,%20Z.Rahmatullayeva).pdf      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 3-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-14 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Nasirdinova Yorkinoy Abdumuxtarovna

Atamirzayeva Maxliyo Xabibullayevna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: nasirdinovayorkinoy@mail.com
atamirzayevamaxliyo@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi
Taqrizchilar:

M.Abduraxmonova - Andijon davlat tibbiyot instituti, Dotsent

D.Saidrahimova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Juma, soat 15.00 – 18.00, B-bino 209 - xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

Y.Nasirdinova

Kafedra mudiri

(imzo)

Y.Nasirdinova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

M.Atamirzayeva

Fan oʻqituvchisi