JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Lotin tili va farmatsevtik terminologiya asoslari
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
Talabalarda taʼlim tarbiya, qonun va qoidalardan hamda didaktik tamoyillaridan kelib chiqib, “Lotin tili va farmatsevtik terminologiya asoslari” fanini asosini oʻzlashtirishga, shuningdek bu bilimlarni amaliyotda qoʻllash, shakllantirishga va talabalarga farmatsevtik atamalarni oʻrganish yoʻli bilan yoʻnaltirilgan oʻz kasbiy mahoratlarini kengaytirish va rivojlantirish, ularning kundalik, ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishlarida kommunikativ kompetensiyalarini shakllantirish.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Lotin tili va tibbiy terminologiya fanini oʻzlashtirish uchun talaba ona tili va rus tili grammatikasi, lotin alifbosi va talaffuz qoidalarini, shuningdek, biologiya hamda odam anatomiyasi (OAN112312) boʻyicha boshlangʻich tushunchalarni bilishi lozim. (OAN112312)
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- lotin tilining umummadaniy ahamiyati, tibbiyot tarixidagi oʻrni, xalqaro tibbiy va farmatsevtik terminologiyaning shakllanishiga qoʻshgan hissasi haqidagi bilimlarga ega boʻlishlari kerak;
- lotin tili grammatikasini boshlangʻich darajada va soʻz yasalish usullarini togʻrisida maʼlumotga ega boʻlishlari lozim;
- axborot, bibliografik resurslar, tibbiy-biologik va farmatsevtik terminologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda axborot xafsizligini asosiy talablarini hisobga olgan holda kasbiy faoliyatning standart vazifalarini hal etishga tayyor boʻlish;
- farmatsevtik terminlar yasash uchun zarur boʻlgan prefiks, suffiks, yunon-lotin dublet soʻzlarni tushunish, atamalar shakllantirish va amalda ko ʼllash uchun kerakli bilimlarga ega boʻlish lozim; dorivor oʻsimliklar nomlari, dori shakllarini toʻgʻri yozish va tarjima qilish koʻnikma va malakalariga ega boʻlishlari lozim;
- farmatsevtik terminlarni tushunish, shakllantirish, shuningdek retseptlarni yozish va tarjima qilish uchun zarur boʻlgan fonetik va grammatik qoidalarni bilishlari lozim;
- dori shakllari, dori vositalari nomenklaturasi tipik guruhlari, xalqaro patentlanmagan nomlarini tuzishning asosiy tamoyillarini; retseptning lotincha qismini tuzish qoidalari va qoʻyiladigan talablarni bilishlari lozim;
- anatomik, klinik va farmatsevtik terminologiyaga oid 900 dan ziyod leksik birliklar, keng tarqalgan lotin aforizmlari, maxsus iboralar, maqollarni yoddan bilishlari kerakni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- lotin tilini toʻgʻri oʻqiydi va yozadi; farmatsevtik atamalarni tushunish va shakllantirish uchun zarur boʻlgan lotin grammatikasi elementlaridan foydalanadi ;
- ogʻzaki va yozma muloqotda kamida 900 ta farmatsevtik atamalardan faol foydalanadi, farmatsevtika atamalarini lotin tilidan oʻzbek tiliga va oʻzbek tilidan lotin tiliga lugʻatsiz tarjima qiladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
maʼruza mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda maʼruza mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
5.1. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, taqdimot yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 5 | 3-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi | 10 | 4-13 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | yozma | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | Ogʻzaki | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
minavarova1972@gmail.com |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Tibbiyotda tillarni oʻqitish kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Chorshanba, soat 15.00 – 16.30, B 214-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Tibbiyotda tillarni oʻqitish» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) Y.Nasirdinova Kafedra mudiri |
(imzo) G.Minavarova Fan oʻqituvchisi |
