JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Kompyuterlarni tashkil etilishi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60610300-Kompyuter injiniringi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Kompyuterlarni tashkil etilishi Fan kodi KTE2405
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

Talabalarga kompyuterni tashkil qilish tamoillari, zamonaviy kompyuterlarning funktsional tarkibiy qismlari va imkoniyatlari xaqidagi bilimlarni, xamda kompyuter tizimlarida axborot almashinish jarayonlarini tashkil qilish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirishdir.Talabalarga zamonaviy kompyuter tizimidagi xisoblashlarni tashkil etilishi xaqidagi bilimlarni berishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Axborot kommunikatsiya texnologiyalar (INF101)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari aytish;
  • Buyruqlar tizimi arxitekturasi tushuntirish;
  • Protsessorlar, turlari va xususiyatlarini tushuntirish;
  • Antivirus dasturiy vositalar. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoyalanishni tahlil qila olish;
  • Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar tushuntirish va foydalana olishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Kursni oʻzlashtirilgan talabalar funksiya va uninf turlarini tushuntirib bera oladi ;
  • Barcha oʻrgangan dasturlash fani tushunchalari asosida dastur yarata oladi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari 
  1. Kompyuter avlodlari va ularning klassifikatsiyasi,
  2. Kompyuterning arxitekturasi va ishlash printsiplari
  3. Kompyuterlarni tashkil etilishi tamoillari va klassifikatsiyasi
2

1

2 Kompyuterni tashkil etilishining mantiqiy asoslari 
  1. Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari
  2. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi
  3. Asosiy raqamli mantiqiy sxemalar
2

2

3 DOS buyruqlar tizimi 
  1. Buyruqlar tizimi arxitektuasi, operandlarning formatlari
  2. Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlar turlari va formatlari
  3. Qurilmalar bilan ishlashga moʻljallangan buyruqlar
2

3

4 Xotiraning tashkil etilishi va turlari 
  1. Xotira ierarxiyasi, ichki xotiraning tashkil etilishi, statik va dinamik xotira, xotiraning adreslari
  2. Doimiy xotira va uning turlari, flesh-xotira, kesh xotira, kesh xotira vazifalari va darajalari, asosiy xotira bilan oʻzaro aloqasi,
  3. Virtual xotira, vertual xotiraning tuzilishi va vazifasi, tashqi xotira va ularning turlari,
2

4

5 Tizim interfeyslari va shinalarini tashkil etilishi. Kompyuterga maʼlumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari 
  1. Tizim interfeyslari, shinalarni tashkiletilishi va turlari
  2. Kompyuterda maʼlumotlarni uzatilishi, qurilmalaring oʻzaro maʼlumot almashinish standartlari va protokollari
  3. Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi, kiritish-chiqarishni boshqarish vositalari. Kiritish chiqarish kanallari va protsessorlari, kiritish chiqarish modullari, portlar va ularning vazifalari
2

5

6 Mikroprotsessorlar, ularning tuzilishi, ishlash prinsiplari 
  1. Mikroprotsessor tuzilishi
  2. Koʻp yadroli protsessorlar
  3. Zamonaviy mikroprotsessorlarning tuzilishi
2

6

7 Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari 
  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari
  2. Kompyuterning atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari
  3. Kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprotsessor va kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi
2

7

8 Operatsion tizimlar va ularni kompyuterga oʻrnatish 
  1. Operatsion tizimning yangi turlarining imkoniyatlari
  2. Windows 7, 8, 10 operatsion tizimni kompyuterga oʻrnatish
  3. Linux operatsion tizimni kompyuterga oʻrnatish
2

8

9 Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari 
  1. CD va DVD kompakt disklariga fayllar koʻchirish
  2. Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash, disklarni fragmentatsiyasini bekor qilish, ularning ishini tezlashtirish
  3. NERO tizimi va uning imkoniyatlari
2

9

10 Arxivlashtirish dasturlari. Antivirus dasturiy vositalar. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari 
  1. Antivirus dasturiy vositalar: DoctorWeb, Kasperskiy, NOD
  2. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari
  3. Taʼsir etish yoʻllari va koʻrinishlari
2

10

11 Amaliy dasturiy taʼminot. Amaliy dasturlar paketi bilan ishlash 
  1. Amaliy dasturiy taʼminot va uning tasnifi: matn muharrirlari, grafik muharrirlar, audio va video muharrirlar, animator dasturlar, maʼlumotlar bazalarini boshqarish tizimlari va ularning imkoniyatlari
  2. Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohalarda qoʻllanilishi
  3. TC imkoniyatlari
2

11

12 MS Oficce dasturlarining yangi versiyalari va nashriyot tizimida qoʻllanilladigan dasturlar 
  1. MS Oficce dasturlarining yaʼni Word, Excel, Power Point dasturlari versiyalari
  2. Jadvallar va diagrammalar bilan ishlash
  3. Prezantatsiya yaratish
4

12

13 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar 
  1. Elektron qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
  2. Multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar va ularning imkoniyatlari
  3. Autoplay, SbookBuilder dasturlari va ulardan foydalanish
4

13

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kompyuter tashkil etilishi va klassifikatsiyasi. 
  1. Kompyuterlarni tashkil etilishi tamoillari va klassifikatsiyasi
  2. Kompyuterlarning turlari va tashkiliy qismlari
  3. Kompyuterlarning asosiy koʻrsatkichlari va xususiyatlari
2

1

2 Kompyuterni tashil etilishining mantiqiy asoslari 
  1. Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli mantiqiy asoslari
  2. Bul funktsiyalarini amalga oshirish
  3. Ikkilik kodda buyruqlarni bajarilishi
2

2

3 DOS buyruqlar tizimi. 
  1. Buyruqlar tizimi arxitektuasi operandlarning formatlari,
  2. Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlar turlari va formatlari,
  3. Qurilmalar bilan ishlashga muoʻljallangan buyruqlar
2

3

4 Kompyuterning asosiy, atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari 
  1. Kompyuterning asosiy qurilmalari
  2. Kompyuterning atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari,
  3. Kanalli va shinali sistemotexnika
2

4

5 Xotiraning tashkil etilishi va turlari. Xotira turlari. 
  1. Xotira ierarxiyasi
  2. Ichki xotiraning tashkil etilishi
  3. Statik va dinamik xotira, xotiraning adreslari
2

5

6 Tizim interfeyslari va shinalarini tashkil etilishi. Kompyuterga maʼlumotlarni kiritish-chiqarish tizimlari. Protsessorlar, turlari va xususiyatlari 
  1. Tizim interfeyslari, shinalarni tashkiletilishi va turlari
  2. Qurilmalaring oʻzaro maʼlumot almashinish standartlari va protokollari
  3. Kiritish-chiqarish tizimlarining tashkil etilishi
2

6

7 Operatsion tizimlaniri va ularni kompyuterga oʻrnatish. 
  1. Operatsion tizimning yangi turlarining imkoniyatlari
  2. Windows 7, 8, 10 operatsion tizimni kompyuterga oʻrnatish
  3. Linux operatsion tizimni kompyuterga oʻrnatish
2

7

8 Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar: shikastlangan fayllar va disklarni tiklash. Arxivlashtirish dasturlari 
  1. HDD regenerator dasturi va undan foydalanish
  2. Acronis DiscDirectory dasturiva undan foydalanish
  3. BootSector dasturlari
  4. Arxivlashtirish dasturlari: fayllarni arxivlashtirish haqida umumiy maʼlumot, RAR va ZIP arxivator dasturlar
2

8

9 Antivirus dasturiy vositalar. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoyalanish. 
  1. Antivirus dasturiy vositalar: DoctorWeb, Kasperskiy, NOD
  2. Kompyuter viruslaridan himoyalanish usullari
  3. Viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari
2

9

10 MS Oficce dasturlarining yangi versiyalari va nashriyot tizimida qoʻllanilladigan dasturlar 
  1. Ofis dasturlarining yaʼni PowerPoint, Access, Outlook Express, keyingi versiyalarini kompyuterga oʻrnatish va ularning oldingi versiyalaridan farqli imkoniyatlari
  2. Nashriyot tizimida qoʻllanilladigan dasturlar: PageMaker, Adobe InDesign, Scribus, Calibre, Sigil, Adobe Digital Editions
  3. Nashriyot tizimida qoʻllanilladigan dasturlar yordamida kitoblarni nashrga tayyorlash
4

10

11 Maple va Matchad dasturlaridan ishlash 
  1. Maple va Matchad dasturlarini oʻrnatish
  2. Maple va Matchad dasturlari interfeysi
  3. Maple va Matchad dasturlarining operatorlari va ularda masalar ishlash
2

11

12 Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan dasturlardan foydalanish 
  1. 1C: Buxgalteriya dasturi va undan foydalanish
  2. SAP ERP (FI moduli), Stata, Eviews dasturlari va undan foydalanish
  3. Online platformalari: Soliq. uz platformasi, E-Imzo/E-Soliq
2

12

13 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladi dasturlar 
  1. Autoplay dasturi va undan foydalanish
  2. SbookBuilder dasturi va undan foydalanish
  3. Courselab dasturi va undan foydalanish
  4. AdobeCaptive dasturi va undan foydalanish
4

13

Jami 30

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Turli soxalar uchun moʻljallangan kompyuterlar va kompyuter tizimlari 

1

2 Xozirda ishlab chiqarilayotgan kompyuterlarning protsessorlari va ularning xususiyatlari 

2

3 Zamonaviy kompyuterlarning konfiguratsiyalari va ularning qoʻllanilish soxalari. 

3

4 Kompyuterlarni tashkil qilishning raqamli-mantiqiy asoslari. 

4

5 Buyruqlar tizimi arxitekturalari. 

5

6 Zamonaviy shinalarning xususiyatlari. 

6

7 Kompyuterlarga ulangan texnik qurilmalar holatini tekshirish va boshqarish Direct. 

7

8 Sistema blokining sovutish tizimiga texnik xizmat koʻrsatish. 

8

9 Markaziy mikroprotsessorning sovutish tizimi bilan tanishish. 

9

10 Markaziy mikroprotsessorni olib turini aniqlash. Markaziy mikroprotsessorga profilaktik xizmat koʻrsatish. AMD mikroprosserorning tuzulishi bilan tanishish. 

10

11 Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari 

11

12 Markziy mikroprosserorning tuzulishi bilan tanishish. Intel mikroprosserorning tuzulishi bilan tanishish. 

12

13 Mobil mikroprosserorning tuzulishi turlari bilan tanishish. Arifmetik mantiqiy qurilma uning vazifasi, tashkil etuvchilari bilan tanshish. 

13

14 Registrlar flaglar. Kiritish chiqarish kanallari va protsessorlari 

14

15 Disklarga xizmat koʻrsatuvchi dasturlar 

15

16 Antivirus dasturiy vositalar 

16

17 MS Oficce dasturlarining yangi versiyalari 

17

18 Bugalteriya, iqtisod va boshqa sohalarda qoʻllaniladigan dasturlar 

18

19 Elektron va multimediyali qoʻllanmalarni yaratishda foydalaniladi dasturlar 

19

20 Operatsion tizimlar. Server OT lar 

20

 
 

Izoh: Mustaqil ishlar taqdimot koʻrinishida boʻlishi kerak

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Miryusupov Z. Z., Djumanov J. X. «Kompyuter arxitekturasi». Oʻquv qoʻllanma. /TATU. 144 bet Toshkent, 2017. 144 bet      
  2. Orlov S. A., Tsilker B. Ya. . Организация ЭВМ и систем: Учебник для вузов. 3-э изд. — СПб.: Питер, 2015. — 685 с      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Pavlov A. V., Архитектура вычислителных систем-СПб: Университет ИТМО, 2016. –86 с      
  2. Dovgiy P. S. Polyakov V. I. Prikladnaya arxitektura bazovoy modeli protsessora Intel. Uchebnoe posobie po distsipline «Organizatsiya EVM i sistem». -–SPb.: NIU. ITMO. 2012. -115 s      
  3. TanenbaumE., Ostin T. Arxitektura kompyutera // 6-e izdanie. SPb.: Piter, 2013. – 881 s      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.computerhope.com      
  • https://www.geeksforgeeks.org/computer-organization-and-architecture/      
  • https://www.tutorialspoint.com/computer_logical_organization/      
  • https://www.khanacademy.org/computing/computer-science-      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abdumalikov Abduqodir Abdugaffor oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: abduqodircoder@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Mahkamov - Andijon davlat universiteti, Assistent

N.Kamiljanov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Kompyuter injiniringi va raqamli texnologiyalar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

N.Kabulov

Kafedra mudiri

(imzo)

A.Abdumalikov

Fan oʻqituvchisi