JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Klinik restavratsion stomatologiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 3-semestr
Fan nomi Klinik restavratsion stomatologiya Fan kodi KRS 13408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    2    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: amaliy
Ajratilgan akademik soat hajmi 60 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
30
(aud)
30
(must)
8 22

2. Fan maqsadi

talabalarni klinik fikrlash qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan uslublarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali, yaʼni tish qattiq toʻqima kasalliklarining kelib chiqish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, klinikalari, tashxis va qiyosiy tashxislari va davolash usullari hamda ularni oldini olish chora-tadbirlarini oʻrgata borish va shakllantirishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ogʻiz va tish kasalliklari, ularning sabablari va davolash usullari haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • ovqatlanish tizimi va tishlarning anatomik strukturasini aniqlash va ularni baholashni bilishlari lozim;
  • kasallar bilan munosabatlarda etik tamoyillarni qoʻllash haqida bilimga ega boʻlishlari kerak;
  • klinik restavratsion stomatologiyada yangi tendensiyalar, metodlar va texnikalarni oʻrganish va ularni amaliyotda qoʻllash bilishlari kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • klinik restavratsion stomatologiyaning sirlarini oʻrganish ;
  • fiziologiya va kasalliklar haqida umumiy tushuncha boʻyicha xulosalar chiqarish ;
  • klinik restavratsion jarayonlarini oʻrganish koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Stomatologik bemorni tekshirish usullari. Asosiy diagnostika usullari. Qoʻshimcha diagnostika usullari. Tekshiruv usullari nоzologik shakllarga bogʻliq holda. Qisqacha annotatsiya: Stomatologik bemorni tekshirish usullari, turlari, amaliyotda shifokor roli, asosiy va qoʻshimcha diagnostika tiplari, kasallikning nоzologik shakliga qarab tekshiruv usullarini tanlash mezonlari, nоzologik shakllarga qarab turli tekshiruv usullarini tanlash 
  1. Asosiy tekshirish usullari
  2. Qoʻshimcha tekshirish usullari
  3. Tekshiruv usullari nоzologik shakllarga bogʻliq holda
  4. 043-U shakli, 025-U statistik talon, 037-U shakli, 039-U shakli. 030-U dispanser hisobini yuritish shakli
2

1

2 Tish kariyesining kelib chiqish nazariyalari. Tish kariyesining tasnifi 
  1. Tish kariyesining kelib chiqish nazariyalari
  2. Tish kariyesining tasnifi
2

2

3 Kariyes bosqichlari. Boshlangʻich kariyes (dogʻ bosqichidagi kariyes). Yuza kariyesi. Oʻrta kariyes. Chuqqur kariyes 
  1. Dogʻ bosqichi va yuza kariyesi klinikasi
  2. Bemor shikoyatlari: dogʻ bosqichi va yuza kariyesi
  3. Dogʻ bosqichi va yuza kariyesini diagnostika qilish
  4. Dogʻ bosqichi va yuza kariyesini differensial diagnostikasi
2

3

4 Kariyesning etiologiyasi va patogenezi 
  1. Tish kariyesini keltirib chiqaruvchi eksogen omillar
  2. Tish kariyesini keltirib chiqaruvchi endogen omillar
2

4

Jami 8

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Stomatologik bemorni tekshirish usullari. 
  1. Asosiy diagnostika usullari
  2. Qoʻshimcha diagnostika usullari
  3. Tekshiruv usullari nоzologik shakllarga bogʻliq holda
  4. Stomatologik bemor soʻkartasi 043-U
2

1

2 Karies. 
  1. Tish kariesining kelib chiqish nazariyalari
  2. Tish kariesining tasnifi
2

2

3 Kariyes bosqichlari. Boshlangʻich kariyes (dogʻ bosqichidagi kariyes). Yuza kariyesi. 
  1. Klinikasi
  2. Bemor shikoyatlari
  3. Diagnostika
  4. Differensial diagnostika
2

3

4 Kariyes bosqichlari. Oʻrta kariyes. Chuqur kariyes. 
  1. Oʻrta va chuqur kariyes klinikasi
  2. Oʻrta va chuqur kariyesdagi bemor shikoyatlari
  3. Oʻrta va chuqur kariyesni diagnostika qilish
  4. Oʻrta va chuqur kariyesni differensial diagnostikasi
2

4

5 Kariesning etiologiyasi va patogenezi. 
  1. Eksogen omillar
  2. Endogen omillar
2

5

6 G. V. Blek boʻyicha karies tasnifi. 
  1. I sinf
  2. II sinf
  3. III sinf
  4. IV sinf
  5. V sinf
  6. VI sinf
2

6

7 Karies kovaklarini tayyorlash usullari va prinsiplari. 
  1. Profilaktik kengaytirish usuli
  2. Biologik maqsadga muvofiq kengaytirish usuli
2

7

8 G. V. Blek boʻyicha I sinf tayyorlashning oʻziga xosligi. 
  1. Blek boʻyicha I sinf karioz kovakni charxlash
2

8

9 G. V. Blek boʻyicha II sinf tayyorlashning oʻziga xosligi. 
  1. Blek boʻyicha II sinf karioz kovakni charxlash
2

9

10 G. V. Blek boʻyicha III va IV sinf karioz kovaklarini charxlashlashning oʻziga xosligi. 
  1. Blek boʻyicha III sinf karioz kovakni charxlash
  2. Blek boʻyicha IV sinf karioz kovakni charxlash
2

10

11 G. V. Blek boʻyicha V va VI sinf karioz kovaklarini charxlashlashning oʻziga xosligi. 
  1. Blek boʻyicha V sinf karioz kovakni charxlash
  2. Blek boʻyicha VI sinf karioz kovakni charxlash
2

11

Jami 22

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Klinik restavratsion stomatologiyaning asosiy prinsiplari. 

1

2 Tishlarni restavratsiya qilish uchun zamonaviy materiallar: sharh va tasnif. 

2

3 Restavratsion stomatologiyada adgeziv protokol algoritmi. 

3

4 Restavratsiya uchun material tanlashda klinik-diagnostik jihatlar. 

4

5 Kompozit materiallardan foydalangan holda tishlarni restavratsiya qilish: afzalliklari va kamchiliklari. 

5

6 Old (frontal) tishlarni restavratsiya qilishning estetik jihatlari. 

6

7 Bemor yoshining restavratsiya usulini tanlashga taʼsiri. 

7

8 Chaynov tishlarining shakli va funksiyasini tiklashdagi muammolar va ularning yechimlari. 

8

9 Oklyuziyaning restavratsiya usulini tanlashga taʼsiri. 

9

10 Restavratsion stomatologiyada CAD/CAM texnologiyalarini qoʻllash. 

10

11 Restavratsiyalar ostidagi ikkilamchi karies muammolari: sabablar va oldini olish choraları. 

11

12 Bolalarda tishlarni restavratsiya qilish: oʻziga xosligi va yondashuvlar. 

12

13 Tishlarni estetik restavratsiya qilishning psixologik jihatlari. 

13

14 Kompozitlarni “qumli” va “silliq” silliqlash texnikasi. 

14

15 Restavrativ stomatologiyada shishaionomer sementlardan foydalanish. 

15

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni xar bir mavzusini amaliy mashgʻulot, taqdimot slaydlar kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Bekchanova O. E., Yusupalixodjaeva, S. X., Klinik Restavratsion Stomatologiya, oʻquv darsligi, Toshkent 2020. -267 b      
  2. Yusupalikxodjaeva S. X., Shukurova U. A., Prelinik restavratsion stomatologiya, Oʻquv darsligi, Toshkent 2022. -341 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Komilov H. F., Yusupalikxodjaeva S. X., Fakultet terapevtik stomatologiya, oʻquv darslik, Toshkent 2017. -753 b      
  2. Боровский Е. В., Иванов В. С., Maксимовский Ю. M., Maксимовская Л. Н. Teрапевтическая стоматология. Учебник. –Moskva, 2002. – 825 c      
  3. Maксимовский Ю. M. Фантомный курс терапевтической стоматологии. Aтлас. Учебное пособие. –Moskva, 2005. – 624 c      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.stomatologu.ru      
  • https://www.medlibrary.ru      
  • https://www.medline.ru      
  • https://www.meduniver.com      
  • https://www.studfayl.net      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida amaliy shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. amaliy Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Muxtarov Ixvoljon Ibragimovich

Xasanov Axmadjon Odiljon oʻgʻli


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Iqbolibragimovich7707@gmail.com
drkhasanov773@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Stomatologiya kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

M.Safarov - Toshkent davlat stomatologiya instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Dushanba – Seshanba - Payshanba, soat 15.00 – 17.00, 301 - xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Stomatologiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Abduraxmonova

Kafedra mudiri

(imzo)

I.Muxtarov

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Xasanov

Fan oʻqituvchisi