JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Klinik anatomiya

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910100-Stomatologiya 
Oʻqish davomiyligi (yil) 5 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Klinik anatomiya Fan kodi KLAN1404
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
60
(aud)
60
(must)
12 48

2. Fan maqsadi

Klinik anatomiya fanining maqsadi oʻquvchilarda odam organizmi aʼzo va tizimlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, oddiy operativ koʻnikmalar va tipik jarrohlik usullarini koʻnikmalarini oʻrgatish, uzoq kelajakda talab va standartlarda belgilangan umumiy amaliyot shifokori faoliyatini mustaqil bajarish uchun zarur boʻlgan umummadaniy, umumkasbiy, kasbiy kompetensiyalarni hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Lotin tili va tibbiy terminologiya (LT1204)

2. Fiziologiya (FZ13408)

3. Odam anatomiyasi (AN112312)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • klinik anatomiyaga (operativ jarrohlik va topografik anatomiya) oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllash;
  • axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari;
  • yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish; hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususiyatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish;
  • soha tuzilishining va undagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish;
  • operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish;
  • operativ jarrohlik va topografik anatomiya moduliga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish;
  • jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash;
  • zamonaviy jarrohlik asbob va uskunalari, tikuv va boshqa jarrohlik matolari, bemorning operatsiya stolidagi vaziyatlari, operativ aralashuvlarga koʻrsatmalar, moneliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar, operativ ochib kirishlar va eng koʻp tarqalgan operatsiyalar texnikasi, operativ aralashuvlarning zamonaviy mikrojarrohlik va kam invaziv uslublari (endoskopik operatsiyalar, endovideojarrohlik) hamda yangi texnologiyalar (lazer, ultratovush, krio- va elektrjarrohlik uslublari) yordamida bajariladigan operatsiyalar haqida tasavvurga ega boʻlish;
  • operativ jarrohlik va topografik anatomiyaga oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllashni, axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini, yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
  • qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalarining hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususi-yatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish, sohalar uzilishining va ulardagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish;
  • operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish, operativ jarrohlik va topografik anatomiya faniga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirishni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalari patologiyalarini jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash, sohalar, aʼzolar va tizimlarning oʻziga xos anatomik xususiyatlariga bogʻliq intraoperatsion xato va asoratlar oldini olish muolajalari, umumiy va maxsus asboblarni qoʻllash, oddiy, jarrohlik va apodaktil tugunlarni bogʻlash, teri, fassiyalar, mushaklarni kesish va ularni tikish, teri choklarini olish ;
  • venepunksiya va veneseksiyani bajarish, nerv, pay, qon tomirlar va teriga chok qoʻyish, fassial qinlardan qon tomirlarni ajratish, jarohatdagi qon tomirni bogʻlash, yiringli jarayonlarni ochish va drenajlash ;
  • nervlar blokadasini amalga oshirish, yelka va tizza boʻgʻimlarini punksiya qilish, traxeostomiya, qovurgʻa-diafragmal sinusni, perikard boʻshligʻini punksiya qilish ;
  • xirurgik asboblar, moslamalar va uskunalardan toʻgʻri foydalanish ;
  • terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, qorin pardani kesish ;
  • jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish ;
  • chok qoʻyish va tugun bogʻlash ;
  • terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, payni, qorin pardani tikish ;
  • orqa miya boʻshligʻi punksiyasi ;
  • Duglas boʻshligʻi punksiyasi; siydik pufagini kateterlash va punksiya qilish ;
  • yuqori va pastki traxeotomiya va traxeostomiya, qovurgʻani rezeksiya qilish, oʻpka, yurak choklarini qoʻyish malakalariga ega boʻlish ;
  • ignatutqichga igna oʻrnatib, ligatura ulab koʻrsatish; mulyajda qorin boʻshligʻiga punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda siydik pufagini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda plevra boʻshligʻini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda perikardni punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda orqa miyani punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda oʻmrov osti venasiga kateter qoʻyib koʻrsatish ;
  • mulyajda tirsakning oʻrta venasiga punksiya qilib koʻrsatish; mulyajda umumiy uyqu arteriyasini bosib, qon ketishini toʻxtatish; mulyajda dumba sohasiga mushak orasi inʼeksiyasini qilib koʻrsatish; mulyajda teri osti inʼeksiyasini qilib koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Klinik anatomiya fanining maqsad va vazifalari. Bosh miya qismining klinik anatomiyasi. Bosh jarohatlariga birlamchi jarrohlik ishlovi berishning asosiy tamoyillari va kalla suyagi trepanatsiyasi haqida tushuncha. Kalla gumbazining topografik anatomiyasi: peshona-tepa-ensa, chakka va soʻrgʻichsimon sohalarning qavatlari, qon bilan taʼminlanishi va innervatsiyasi. SHipo uchburchagi va uning klinik ahamiyati. Bosh sohasi toʻqimalarini kesishning klinik-anatomik asoslari 
2

1

2 Bosh yuz qismining klinik anatomiyasi. Boshning yuz qismidagi jarrohlik aralashuvlar haqida tushuncha. YUzning yon sohasi topografik anatomiyasi: quloq oldi chaynov sohasi, jagʻ orti chuqurchasi, quloq oldi soʻlak bezi, yuz nervi va chakka-pastki jagʻ boʻgʻimining topografiyasi. Koʻz osti va yonoq sohalarining chegaralari, fassiya va kletchatka (yogʻ) boʻshliqlari, qon bilan taʼminlanishi va innervatsiyasi 
2

2

3 Yuzning oldingi sohasi klinik anatomiyasi: burun va lunj sohasi. Lunj sohasi flegmonalari. YUqorigi jagʻ boʻshligʻini punksiya qilish, Gaymor va peshona boʻshliqlarini ochish texnikasini klinik-anatomik asoslari 
2

3

4 Yuzning oldingi sohasi klinik anatomiyasi: ogʻiz sohasi, lablar, ogʻiz dahlizi va ogʻiz boʻshligʻining klinik anatomiyasi. Qattiq va yumshoq tanglay. Ogʻiz tubi, tomoq. Pirogov-Valdeyеr limfa xalqasi. Ogʻiz boʻshligʻi gigienasi haqida tushuncha berish. YUz kontrforslari va prikuslar haqida tushuncha. Stomatologik aralashuvlarda ogʻriqsizlantirishlarni bajarish texnikasining klinik-anatomik asoslari: kontakt, mandibulyar, torusal, tuberal, infraorbital, insizival, palatinal va boshqа 
2

4

5 Boʻyin sohasining klinik anatomiyasi va operativ jarroxligi. Boʻyin sohasi jarrohlik aralashuvlari haqida tushuncha. Uyqu va til (Pirogov) uchburchaklarining klinik ahamiyati. YUza qon tomir va nervlari. Boʻyin aʼzolarining topografik anatomiyasi: jagʻ osti soʻlak bezi, hiqildoq, kekirdak, halqum va qiziloʻngach. Pastki qalqonsimon arteriya va pastki hiqildoq nervining yoʻli. Traxeotomiya, traxeostomiya, tireoidektomiya va Vishnevskiy boʻyicha vagosimpatik blokada qilishni klinik-anatomik asoslari 
2

5

6 Koʻkrak sohasining klinik anatomiyasi va operativ jarroxligi. Oldingi va orqa koʻks oraligʻi aʼzolarining klinik anatomiyasi. Orqa mediastinitlarda bajariladigan jarrohlik aralashuvlarini klinik-anatomik asoslari 
2

6

Jami 12

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. 
  1. Jarrohlik uskunalari
  2. Mahalliy ogʻriqsizlantirish usullari
  3. Jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovi berishni klinik-anatomik asoslari
2

1

2 Kalla gumbazining klinik anatomiyasi. 
  1. SHipo uchburchagi va uning klinik ahamiyati
  2. Bosh sohasi toʻqimalarini kesishning klinik-anatomik asoslari
  3. Trepanatsiya turlari
2

2

3 Kalla asosining klinik anatomiyasi. 
  1. Miya qon tomirlari jarohatlarida qon toʻxtatish usullarini klinik-anatomik asoslari
  2. Kallaning tashqi asosi klinik anatomiyasi
  3. Kallaning ichki asosi klinik anatomiyasi
2

3

4 Bosh sohasining klinik anatomiyasi. 
  1. Boshning miya qismi sohalari
  2. Chakka sohasi
  3. Soʻrgʻichsimon oʻsimta sohasi
  4. Quloq sohasi
2

4

5 Bosh sohasining operativ jarrohligi. 
  1. Bosh miya pardalari
  2. Toʻr parda osti boʻshliqlari, miya qorinchalari, havzalar
  3. Boshning miya qismidagi operatsiyalar
2

5

6 Yuz sohasi klinik anatomiyasi. 
  1. Yonoq sohasi
  2. Lunj sohasi
  3. Quloq oldi-chaynov sohasi
2

6

7 Yuzning oldingi boʻlimi. 
  1. Koʻz osti sohasi
  2. Burun sohasi. Burunning yondosh boʻshliqlari
  3. Ogʻiz sohasi
  4. Yuzning chuqur sohasi
2

7

8 Yuzning oldingi sohasi klinik anatomiyasi: 
  1. Qattiq va yumshoq tanglay
  2. Ogʻiz tubi, tomoq
  3. Pirogov-Valdeyеr limfa halqasi
  4. Ogʻiz boʻshligʻi gigienasi haqida tushuncha berish
2

8

9 Boshning yuz boʻlimida bajariladigan operatsiyalar. 
  1. Yuz jarohatlariga jarrohlik ishlovni berish
  2. Ogʻriqsizlantirish usullari
  3. Yuz sohasining yiringli jarayonlarida oʻtkaziladigan operatsiyalar
  4. Burun yondosh boʻshliqlarida bajariladigan operatsiyalar
2

9

10 Yuzning yon sohasi operatsiyalar. 
  1. Yiringli parotitlarni ochish hamda drenajlashni klinik-anatomik asoslari
  2. Yuzning yuza flegmonalarini ochish hamda drenajlashni klinik-anatomik asoslari
2

10

11 Yuz yon sohasi chuqur qavatlarining operativ jarrohligi. 
  1. Yuz yon sohasi chuqur qavatlari yiringli yalligʻlanish jarayonlarida ochishni klinik-anatomik asoslari
  2. Chakka osti, qanot-tanglay va halqum atrofi flegmonalarini klinik-anatomik asoslari
  3. Infeksiyaning tarqalish yoʻllarini klinik-anatomik asoslari
2

11

12 Yuzning oldingi sohasi operativ jarrohligi. 
  1. Koʻz sohasi flegmonalarini ochish va drenajlashni klinik-anatomik asoslari
2

12

13 Yuzning oldingi sohasi operativ jarrohligi. 1. Burun va lunj sohasi Lunj sohasi flegmonalari. 2. Yuqorigi jagʻ boʻshligʻini punksiya qilish. 3. Peshona boʻshliqlarini ochish texnikasini klinik-anatomik asoslari. 
  1. Yuzning oldingi sohasi operativ jarrohligi
  2. Burun va lunj sohasi Lunj sohasi flegmonalari
  3. Yuqorigi jagʻ boʻshligʻini punksiya qilish
  4. Peshona boʻshliqlarini ochish texnikasini klinik-anatomik asoslari
2

13

14 Yuqorigi va pastki jagʻlarning tuzilishi, yoshga doir xususiyatlari. 
  1. Yuz kontrforslari va prikuslar haqida tushuncha
  2. Yuz prikuslar haqida tushuncha
2

14

15 Stomatologik aralashuvlarda ogʻriqsizlantirishlarni bajarish texnikasining klinik-anatomik asoslari. 
  1. Kontakt, mandibulyar, torusal, tuberal, infraorbital, insizival, palatinal va boshqа anesteziyalar
2

15

16 Boʻyin sohasining klinik anatomiyasi. 
  1. Boʻyin sohalari, uchburchaklari
  2. Boʻyin fassiyalari
  3. Boʻyin kletchatka boʻshliqlari
2

16

17 Boʻyin aʼzolarining klinik anatomiyasi. 
  1. Tilosti suyagi usti va osti sohasidagi aʼzolar topografiyasi
  2. Uyqu uchburchagining topografiyasi
  3. Boʻyindagi qon tomir nerv tutami topografik anatomiyasi
  4. Boʻyinning limfa tugunlari
2

17

18 Boʻyin sohasining operativ jarrohligi. Bolalarda va kattalarda boʻyinda bajariladigan operaysiyalar. 
  1. Vagosimpatik blokadalar
  2. Umumiy uyqu arteriyasini ochish
  3. Traxeotomiya, traeostomiya, strumektomiya
2

18

19 Boʻyin sohasining operativ jarrohligi. 
  1. Boʻyin flegmonalarini va absesslarini kesib ochish
  2. Boʻyin qiyshiqligidagi opertsiyalar
2

19

20 Koʻkrak sohasining klinik anatomiyasi. 
  1. Koʻkrak devorining topografiyasi
  2. Diafragma
  3. Sut bezi
2

20

21 Koʻkrak sohasining jarrohligi. 
  1. Koʻkrak devori jarohatlanishidagi opertsiyalar
  2. Ochiq va klapanli pnevmotoraksdagi opertsiyalar
  3. Torokoplastika. Torakotomiya
2

21

22 Koʻkrak boʻshligʻining klinik anatomiyasi va operativ jarrohligi. 
  1. Plevra, plevra boʻshligʻI va sinuslari
  2. Oʻpka, oʻpka ildizi, nafas yoʻllarini klinik anatomiyasi
  3. Plevra boʻshligʻini punktsiya qilish, drenajlash
  4. Kekirdak intubatsiyasi. Traheya-bronhoskopiya
  5. Pnevmoektomiya, lobektomiya, segmentoektomiya
  6. Oʻpka jarohatini tikish, oʻpkadagi radikal operatsiyalar
  7. Operatsiya xonasida dars: plevra punktsiyasi, торакотомия, qovurgʻani kesish, oʻpkaga chok qoʻyish
2

22

23 Koʻks oraligʻI klinik anatomiyasi. Oldingi koʻks oraligʻi topografik anatomiyasi va operativ jarrohligi. 
  1. Oldingi koʻks oraligʻi topografik anatomiyasi
  2. Oldingi koʻks oraligʻi operativ jarrohligi. Perikard punktsiyasi. Yurakka operativ kirish hillari. Yurak jaroxatini tikish
  3. Yurak va yirik qon tomirlar tugʻma va ortirilgan poroklarida operatsiyalar
  4. Perikarditda bajariladigan opertsiyalar
2

23

24 Koʻks oraligʻi klinik anatomiyasi. Orqa koʻks oraligʻi topografik anatomiyasi. 
  1. Orqa koʻks oraligʻi topografik anatomiyasi
  2. Koʻkrak aortasi, qiziloʻngachni koʻkrak qismiga operativ yondashuv
  3. Qiziloʻngachni transplevral rezektsiyasi, ingichka va yogʻon ichakalar bilan qiziloʻngach plastikasi
  4. Aorta, qiziloʻngachni koʻkrak qismi, toq va yarim toq venalar
  5. Simpatik poya, koʻks orligʻi nerv chigallari, limfa tugunlari, kletchatkalari
  6. Umurtqa pogʻonasini koʻkrak qismi
2

24

Jami 48

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Zamonaviy ogʻriqsizlantirish usullari. Zamonaviy jarrohlik asboblar, uskunalar va moslamalar. Robotlashtirilgan jarrohlik amaliyoti. 

1

2 Aʼzo va toʻqimalar koʻchirib oʻtkazishning umumiy tamoyillari. 

2

3 Kalla nuqsonlari plastikasi – kranioplastika, Sub va epidural gematomalarni va miya qorinchalarining punktsiya qilish texnikasi. 

3

4 Kalla suyagi asosi sinishlari, belgilari va operativ davolash usullari. 

4

5 Yuzdagi plastik operatsiyalar haqida tushuncha. Yuqori lab va tanglay tugʻma nuqsonlarida tiklovchi operatsiyalar. Yuqori va pastki jagʻlar rezeksiyasi. 

5

6 Boʻyinning oʻrta, yon oqmalari va kistalarini kesib olish. 

6

7 Ekstrakranial arteriyalardagi zamonaviy operatsiyalar. 

7

8 Boʻyin qiyshiqligida bajariladigan operatsiyalar. 

8

9 Bolalardagi torakotomiya xususiyatlari. 

9

10 Pastki jagʻ suyagi shoxini A. E. Rauer boʻyicha qiyshiq osteotomiyasi. 

10

11 Rinoplastika haqida tushuncha. F. M. Xitrov boʻyicha rinoplastika. 

11

12 Qiziloʻngach stenozlari va atreziyalarida operatsiyalar. 

12

13 Bolalardagi traxeya-qiziloʻngach oqmalarida operatsiyalar. 

13

14 Yurak ishemik kasalliklarini operativ davolashning zamonaviy usullari. 

14

15 Yuz nervida tiklash operatsiyalari va yuzdagi plastik operatsiyalar haqida. 

15

16 Koʻz sohasining rivojlanish nuqsonlari va ularni operatsiyalari. 

16

17 Peshona va yuqori jagʻ boʻshliqlarini ochish texnikasi. Endoskopik fronto-va gaymorotomiya usullari. 

17

18 Yuqori lab va tanglayni tugʻma yoriqlarini operatsiyalari. 

18

19 Parodontitlarni jarroxlik yoʻli bilan davolash usullari. Prikuslarni toʻgʻrilash usullari. toʻgʻrilash usullari. 

19

20 Boʻyinning tugʻma oqmalari va kistalarida operatsiyalar. Boʻyin qiyshiqligida bajariladigan operatsiyalar. 

20

21 Traxeya, bronx va oʻpkalarning rivojlanish nuqsonlari va ularning оperatsiyalari. 

21

22 Pankreatitlarni xirurgik davolash usullari. 

22

23 Mekkel divertikulini olib tashlash. Megakolon, Girshprung kasalliklarida operatsiyalar 

23

24 Buyraklarning tugʻma nuqsonlarida bajariladigan operatsiyalar. 

24

25 Kosmetik jarrohlik masalalari. 

25

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Shomirzaev N. H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. I jild. /Shomirzaev N. H., Axmedov Sh. M., Gulmanov I. D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y      
  2. Shomirzaev N. H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. II jild. /Shomirzaev N. H., Axmedov Sh. M., Gulmanov I. D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y      
  3. Shamirzaev N. H., Nazarov S. H., Usmanov R. D. Topografik anatomiya (darslik). Tashkent. 2006      
  4. Oстроверхов Г. E., Лубоцкий Д. Н., Бомаш Ю. M. “Оперативная хирургия и топографическая анатомия”, Учебник. Москва. “Meдицинское информационное агентство”. 2005 г      
  5. Netterʼs Surgical Anatomy and Approaches, 1e (Netter Clinical Science). Conor Delaney. Saunders; 1 Har/Psc edition. 2013      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Sattibaev I. I., Gayvoronskiy I. V. . «Odam normal anatomiyasi» I-II jild. Darslik. Tarjima. Nashriyot «Spetslit» 2024 y      
  2. Kaxarov Z. A., Sattibaev I. I., Hojiyev D. Ya. «Anatomiya». Darslik. Nashriyot «INNO -SENTER» 2024 y      
  3. Sattibaev I. I., Kaxarov Z. A. «Bosh va boʻyin anatomiyasi». Oʻquv qoʻllanma. Toshkent 2021 y      
  4. Kaxarov Z. A. Human anatomy Oʻquv qoʻllanma Toshkent 2021y      
  5. Hamraev A. J., Axmedov SH. M. “Bolalar operativ jarrohligi”. Darslik. Toshkent. “Voris-nashriyot”. 2012 y      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://e-library.sammu.uz/ru/book/983?ysclid=mf29qwpvza61645854      
  • https://lib.niuuz.online/book/16879      
  • https://library.uzfi.uz/ebooks/view?id=10646      
  • https://djvu.online/file/MWMz02qpzaRv3?ysclid=mf29upf7x8135809132      
  • https://tashpmi.uz      
  • https://djvu.online/file/qDCPTdmPulkFf?ysclid=mf29yare33556180721      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻrinishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa (topshiriqlarni) bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 1-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Uyga berilgan topshiriqlarni bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish 5 2-14 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Saliyeva Minaraxon Yulbarsovna

Karabayev Abdumalik Xamidjanovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: minora@saliyeva
---
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi
Taqrizchilar:

D.Kosimov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

Z.Kaxarov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, A 424-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

M.Saliyeva

Kafedra mudiri

(imzo)

M.Saliyeva

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

A.Karabayev

Fan oʻqituvchisi