JOY
![]() |
«Tasdiqlayman» Akademik ishlar boʻyicha prorektor I.Mamajanov ________________________ «____»________________ 2025-yil |
Klinik anatomiya
fani boʻyicha sillabus
1. Umumiy maʼlumotlar
2. Fan maqsadi
klinik anatomiya fanining maqsadi oʻquvchilarda odam organizmi aʼzo va tizimlari haqida nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirish, oddiy operativ koʻnikmalar va tipik jarrohlik usullarini koʻnikmalarini oʻrgatish, uzoq kelajakda talab va standartlarda belgilangan umumiy amaliyot shifokori faoliyatini mustaqil bajarish uchun zarur boʻlgan umummadaniy, umumkasbiy, kasbiy kompetensiyalarni hosil qilishdan iborat.
3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar
1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi
4. Taʼlim natijalari
Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:
4.1. Bilimlar jihatidan:
- klinik anatomiyaga (operativ jarrohlik va topografik anatomiya) oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllash;
- axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari;
- yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish; hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususiyatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish;
- soha tuzilishining va undagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish;
- operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish;
- operativ jarrohlik va topografik anatomiya moduliga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirish;
- jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash;
- zamonaviy jarrohlik asbob va uskunalari, tikuv va boshqa jarrohlik matolari, bemorning operatsiya stolidagi vaziyatlari, operativ aralashuvlarga koʻrsatmalar, moneliklar va operatsiyadan keyingi asoratlar, operativ ochib kirishlar va eng koʻp tarqalgan operatsiyalar texnikasi, operativ aralashuvlarning zamonaviy mikrojarrohlik va kam invaziv uslublari (endoskopik operatsiyalar, endovideojarrohlik) hamda yangi texnologiyalar (lazer, ultratovush, krio- va elektrjarrohlik uslublari) yordamida bajariladigan operatsiyalar haqida tasavvurga ega boʻlish;
- operativ jarrohlik va topografik anatomiyaga oid bilimlarini kasallik tashxisini asoslash va patogenezini aniqlashda qoʻllashni, axborot yigʻish, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullarini, yangi bilimlarni mustaqil egallashni, oʻz ustida ishlash va mehnat faoliyatini ilmiy asosda tashkil qila olish;
- qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalarining hayot uchun muhim aʼzolar va anatomik tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasi xususi-yatlarini topik tashxis qoʻyishda toʻlaqonli ishlata olish, sohalar uzilishining va ulardagi patologik jarayon xususiyatlaridan kelib chiqqan holda adekvat xirurgik davo usullarini tanlay bilish;
- operativ davolash usullariga monand ravishda kerakli asbob, moslama, uskunalarni toʻgʻri tanlash, operatsiyaga koʻrsatma va qarshi koʻrsatmalarni aniq bayon qilish, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan asoratlarni oldini olish, operativ jarrohlik va topografik anatomiya faniga doir masalalarni aniqlash, tahlil etish, baholash va umumlashtirishni bilishi kerak
4.2. Malaka jihatidan:
4.3. Koʻnikma jihatidan:
- qoʻl, oyoq, bosh, boʻyin va koʻkrak sohalari patologiyalarini jarrohlik yoʻli bilan davolash maqsadida ratsional operativ ochib kirish va operativ usulni tanlash, sohalar, aʼzolar va tizimlarning oʻziga xos anatomik xususiyatlariga bogʻliq intraoperatsion xato va asoratlar oldini olish muolajalari, umumiy va maxsus asboblarni qoʻllash, oddiy, jarrohlik va apodaktil tugunlarni bogʻlash, teri, fassiyalar, mushaklarni kesish va ularni tikish, teri choklarini olish ;
- venepunksiya va veneseksiyani bajarish, nerv, pay, qon tomirlar va teriga chok qoʻyish, fassial qinlardan qon tomirlarni ajratish, jarohatdagi qon tomirni bogʻlash, yiringli jarayonlarni ochish va drenajlash ;
- nervlar blokadasini amalga oshirish, yelka va tizza boʻgʻimlarini punksiya qilish, traxeostomiya, qovurgʻa-diafragmal sinusni, perikard boʻshligʻini punksiya qilish ;
- xirurgik asboblar, moslamalar va uskunalardan toʻgʻri foydalanish ;
- terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, qorin pardani kesish ;
- jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish ;
- chok qoʻyish va tugun bogʻlash ;
- terini, fassiyani, aponevrozni, muskulni, payni, qorin pardani tikish ;
- orqa miya boʻshligʻi punksiyasi ;
- Duglas boʻshligʻi punksiyasi; siydik pufagini kateterlash va punksiya qilish ;
- yuqori va pastki traxeotomiya va traxeostomiya, qovurgʻani rezeksiya qilish, oʻpka, yurak choklarini qoʻyish malakalariga ega boʻlish ;
- ignatutqichga igna oʻrnatib, ligatura ulab koʻrsatish; mulyajda qorin boʻshligʻiga punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda siydik pufagini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda plevra boʻshligʻini punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda perikardni punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda orqa miyani punksiya qilish nuqtasini aniqlab koʻrsatish; mulyajda oʻmrov osti venasiga kateter qoʻyib koʻrsatish ;
- mulyajda tirsakning oʻrta venasiga punksiya qilib koʻrsatish; mulyajda umumiy uyqu arteriyasini bosib, qon ketishini toʻxtatish; mulyajda dumba sohasiga mushak orasi inʼeksiyasini qilib koʻrsatish; mulyajda teri osti inʼeksiyasini qilib koʻrsata olishni bilishi va ulardan foydalana olishi koʻnikmaga ega boʻlishi kerak
5. Fan mazmuni
5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni
5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni
seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan
6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari
Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar.
7. Foydalanilgan adabiyotlar
7.1. Asosiy adabiyotlar:
- Shomirzaev N. H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. I jild. /Shomirzaev N. H., Axmedov Sh. M., Gulmanov I. D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y
- Shomirzaev N. H. Klinik anatomiya [Matn]: darslik. II jild. /Shomirzaev N. H., Axmedov Sh. M., Gulmanov I. D. – Toshkent: Hilol media, 2020 y
- Shamirzaev N. H., Nazarov S. H., Usmanov R. D. Topografik anatomiya (darslik). Tashkent. 2006
- Oстроверхов Г. E, Лубоцкий Д. Н., Бомаш Ю. M. “Оперативная хирургия и топографическая анатомия”, Учебник. Москва. “Meдицинское информационное агентство”. 2005 г
- Netterʼs Surgical Anatomy and Approaches, 1e (Netter Clinical Science). Conor Delaney. Saunders; 1 Har/Psc edition. 2013
7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:
- Sattibaev I. I., Gayvoronskiy I. V. . «Odam normal anatomiyasi» I-II jild. Darslik. Tarjima. Nashriyot «Spetslit» 2024 y
- Kaxarov Z. A., Sattibaev I. I., Hojiyev D. Ya. «Anatomiya». Darslik. Nashriyot «INNO -SENTER» 2024 y
- Sattibaev I. I., Kaxarov Z. A. «Bosh va boʻyin anatomiyasi». Oʻquv qoʻllanma. Toshkent 2021 y
- Kaxarov Z. A. Human anatomy Oʻquv qoʻllanma Toshkent 2021y
- Hamraev A. J., Axmedov SH. M. “Bolalar operativ jarrohligi”. Darslik. Toshkent. “Voris-nashriyot”. 2012 y
7.3. Axborot manbaalari:
Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova
8. Fanni baholash mezoni va rejasi
8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi
- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.
- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/viziual koʻranishida himoya qiladi. Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.
- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan vazifa (topshiriqlarni) bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.
- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.
Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi
Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi
8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni
| № | Nazorat turlari | Izoh | Ball | Oʻtkazilish vaqti |
|---|---|---|---|---|
| Joriy baholash | ||||
| 1. | Workshop | Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki | 10 | 2-13 haftalar davomida |
| 2. | Mustaqil ish | Dastur shakllarda amalga oshiriladi | 10 | 1-13 haftalar davomida |
| 3. | Vazifa / topshiriqlar | Uyga berilgan topshiriqlarni bajarish: konspekt yozish, rasm chizish, lugʻat yozish | 5 | 2-14 haftalar davomida |
| 4. | Davomat | Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi | 15 | 1-15 haftalar davomida |
| Jami | 40 | |||
| Oraliq imtihon | ||||
| 1. | test | Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan | 20 | 10-hafta |
| Jami | 20 | |||
| Yakuniy imtihon | ||||
| 1. | ogʻzaki | Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha | 40 | Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng |
| Jami | 40 | |||
| Jami | 100 | |||
8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi
| Baho | Foiz | GPA |
|---|---|---|
| A+ | 95-100 | 4.5 |
| A | 90-94 | 4.0 |
| B+ | 80-89 | 3.5 |
| B | 70-79 | 3.0 |
| C+ | 65-69 | 2.5 |
| C | 60-64 | 2.0 |
| F | 0-59 | 0 |
Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.
Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.
Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:
a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
- fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
- fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
- berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
- konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
- mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
- fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
- tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa
b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
- fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
- fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
- fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
- fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
- fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
- fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:
- fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
- fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
- bayon qilish ravon boʻlmasa
- fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
- fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa
d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
- fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
- fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
- fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
- fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
- fanni bilmasa
9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar
|
1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi 2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi 3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas 4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi |
5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno 6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi 7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi |
10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot
| Mualliflar: | |
|---|---|
| Elektron pochta: |
minora@saliyeva |
| Tashkilot va kafedra: | Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya kafedrasi |
| Taqrizchilar: | |
| Talabalarni erkin qabul qilish kuni: | Payshanba-juma, soat 15.00 – 18.00, A 415-xona |
Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.
Sillabus «Anatomiya, klinik va patalogik anatomiya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.
|
(imzo) G.Xolbutayev Akademik ishlar departament boshligʻi |
(imzo) F.Turdiyev Fakultet dekani (Tibbiyot fakulteti) |
(imzo) M.Saliyeva Kafedra mudiri |
(imzo) M.Saliyeva Fan oʻqituvchisi |
