JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Biokimyo

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 3,4-semestr
Fan nomi Biokimyo Fan kodi BK13-408
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 30 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    8    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: ogʻzaki
YI: ogʻzaki
Ajratilgan akademik soat hajmi 240 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal lab
120
(aud)
120
(must)
24 76 20
12 | 12 38 | 38 10 | 10

2. Fan maqsadi

talabalarga - biokiyo fani hаqidа tushunchа, uning tibbiyot sohasida tutgаn oʻrni, biokimyo fаnining vаzifаlаri vа аsоsiy tаrkibiy qismlаri, tirik organizmning kimyoviy tarkibi va butun organizmning faoliyat koʻrsatish jarayonida meyorda va patologik hollarda aʼzo, xujayra va molekulyar bosqichlarda vujudga keladigan oʻzgarishlar buning asosida boʻlajak mutaxassis umumiy shifokorni tayyorlash va biokimyoviy tashhisning ilmiy uslubiy asoslari hаqidа bilishi va ulardan foydalana olishi; - boʻlajak umum amaliyot shifokori uchun juda zarur odam fiziologik vazifalarining molekulyar asoslari, kasalliklar patogenezining molekulyar mexanizmlari, kasalliklarining oldini olish va davolashning biokimyoviy asoslari, kasalliklarni tashxislash va davolash samaradorligini nazorat qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi; - kasalliklarni tashxislash va davolash samaradorligini nazorat qilishga tushinib yeta oladigan, olingan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish malakalariga ega boʻlishi taʼminlanadi.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Tibbiy kimyo (TK1106)

2. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

3. Odam anatomiyasi (AN11-312)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlarning oʻzaro bogʻliqligi, gomeostaz va bu jarayonlarning boshqarilish mexanizmlari haqida;
  • baʼzi patologik holatlarda: qandli diabet, ateroskleroz, gepatit, oshqozon kasalliklari, oʻt toshi va siydik toshi kasalliklari, gipertoniya, irsiy kasalliklar, pankreatit, gipo- va gipervitaminozlar, podagra, immun-tanqislikda modda almashinuvining buzilishi haqida tasavvurlarga ega boʻlishi;
  • Yoshga bogʻliq holda qon konstantalarining biokimyoviy koʻrsatkichlari (oqsil, uglevod, lipid almashinuv koʻrsatkichlari, fermentlar spektri); oshqozon shirasining meyorida va patologik holatlardagi biokimyoviy konstantlari; meyorda va patologik holatlarda siydikning biokimyoviy koʻrsatkichlari; organizmdagi modda almashinuvining biokimyoviy asoslarini bilishi kerakni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Oshqozon shirasi kislotaligi va patologik tarkibiy qismlarini aniqlay olishi; siydik analizini oʻtkazish va uning tarkibidagi patologik moddalarni aniqlash; fermentlar faolligi va turli biosuyuqliklardagi metabolitlar miqdorini reaktivlar toʻplami va biotestlardan bilan foydalangan holda aniqlay bilishi kerak ;
  • fotoyelektrokolorimetr, polyarimetr, spektrofotometr, RN-metr, sentrifuga va termostatdan bilan foydalana bilishi; qoʻllanma, spravoshnik, jadvallardan foydalana koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak ;
  • klinik biokimyoda kimyoviy va biokimyoviy sistemalardan foydalanishni, organizm asosiy sistemalarining funksional holatini belgilovchi koʻrsatkichlarni oʻlchash va baholashda malakalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Biokimyo faniga kirish. Moddalar almashinuvi, energiya manbalari va ozuqa komponentlari. Toʻqlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik 
  1. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari
  2. Katabolizm va anabolizm
  3. Organizmning ozuqaviy statuslari. Toʻqlik, ochlik va uzoq davom etgan ochlik
  4. Moddalar almashinuvi buzilishi natijasida paydo boʻluvchi kasalliklar; Raxit, Spazmofiliya
2

1

2 Kislotalar, ishqorlar, buferlar. Aminokislotalar va peptid bogʻlar 
  1. Bufer tizimlar va uning organizmdagi ahamiyati. Gomeostaz
  2. Aminokislotalarning tuzilishi va ularning klassifikatsiyasi
  3. Oqsil tuzilishiga kirish va peptid bogʻlarning xosil boʻlishi
2

2

3 Oqsil tuzilishi. Ferment 
  1. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari
  2. Gemoglobin oqsili tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  3. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  4. Qandli diabet
2

3

4 Vitaminlar va elektron tashuvchilar. Biologik oksidlanish 
  1. Suvda eruvchi vitaminlar
  2. Yogʻda eruvchi vitaminlar
  3. Makroelementlar
  4. Mikro- va ultramikroelementlar
2

4

5 Katabolizmning umumiy yoʻllari. Glikoliz, glikolizning boshqarilishi 
  1. Uglevodorodlar haqida umumiy tushuncha
  2. Glyukoza katabolizmi. Glukoza hujayraga kiritilishi va ushlab qolinishi
  3. Glikoliz reaksiyalarining borishi, boshqa metabolik jarayonlar bilan bogʻlanishi
  4. Glikogen metabolizmi. Krebs sikli
2

5

6 Glukoneogenez, fruktoza va galaktoza metabolizmi. Pentoza fosfat yoʻli 
  1. Glukoneogenez jarayoni va uning organizmdagi ahamiyati
  2. Fruktoza metobolizmi va galaktoza metobolizmi
  3. Pentoza fosfat yoʻli reaksiyalari. Pentoza fosfat yoʻlining moddalar almashinuvidagi ahamiyati
2

6

7 Lipidlarning tuzilishi va membranalar. Lipidlar funksiyasi va metabolizmi yogʻ kislotalari va triatsilglitserol sintezi 
  1. Yogʻ kislotalari va lipidlar metabolizmi
  2. Lipoproteinlar tarkibi va tuzilishi
  3. Yogʻ kislotalari metabolizmi: zaxiralanishi, mobilizatsiyasi va ishlatilishi
  4. Fosfolipidlarga umumiy tavsif
2

7

8 Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar soʻrilishi. Dezaminlanish, transaminlanish. Oqsil biosintezi, oqsillar polimorfizmi, gen injeneriya 
  1. Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar soʻrilishiOqsillarni ichakda chirishi va chirish mahsulotlarini zararsizlantirish
  2. Oqsil biosintezi va genetik kod. Matritsali biosintez jarayonlari ingibitorlari
  3. Purin va pirimidin metabolizmi
  4. Hujayra sikli
  5. Oʻsma hujayralarining rivojlanishi
2

8

9 Qon va limfa-retikulyar tizimi biokimyosi. Gormonlar sintezi. Gormonlar faoliyatining umumiy mexanizmi 
  1. Qonning asosiy funktsiyalari va kimyoviy tarkibi
  2. Qon plazmasi oqsillari. Qon fermentlari
  3. Gem biosintezi. Temir almashinuvi
  4. Qon bilan bogʻliq kasalliklar: anemiyalar, porfiriyalar, gemofiliya
2

9

10 Biriktiruvchi toʻqima biokimyosi. Yurak va qon-tomir tizimi biokimyosi 
  1. Kollagen: aminokislota tarkibining oʻziga xosligi, birlamchi va fazoviy strukturasi, biosintezi
  2. Elastin, uning tuzilishi, sintezi va katabolizmi. Glikozaminoglikanlar va proteoglikanlar
  3. Mushaklar qisqarishi va boʻshashishining biokimyoviy mexanizmlari
  4. Miokard infarktning erta va kech biokimyoviy tashxisi
2

10

11 Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi 
  1. Soʻlak, meʼda-ichak trakti, meʼda osti bezi va jigarning sekretor mahsulotlari va ulardagi metabolik va boshqaruv jarayonlari
  2. Jigar, oʻt pufagi va oʻt yoʻllarining sintetik va metabolikfunktsiyalari. Jigarning uglevod, yogʻ va aminokislotalar almashinuvidagi roli
  3. Jigarda qon plazmasi oqsillarining sintezi. Bilirubinning zararsizlanishi. “Bevosita” va “bilvosita” bilirubin. Sariqliklar va ularni laborator tashhisi
2

11

12 Endokrin tizim biokimyosi 
  1. Boshqaruv sistemalarining iyerarxiyasi
  2. Metabolizm, uni boshqarish darajalari
  3. Endokrin va nerv sistemalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik
  4. Metabolizmning irsiy\ tugʻma buzilishlari (masalan, buyrak usti bezi poʻstloq qismi giperplaziyasi, qandli diabet)
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Biokimyo faniga kirish. Moddalar almashinuvi, energiya manbalari va ozuqa komponentlari. Toʻqlik, ochlik, uzoq davom etgan ochlik. 
  1. Energiya manbalari va ozuqa komponentlari
  2. Ovqatning almashinadigan va almashtirib boʻlmaydigan komponentlari
  3. Organizmning ozuqaviy statuslari. Toʻqlik, ochlik va uzoq davom etgan ochlik
2

1

2 Kislotalar, ishqorlar, buferlar 
  1. Bufer tizimlar va uning organizmdagi ahamiyati. Gomeostaz
  2. Kislotalar va ishqorlarning umumiy kimyoviy xossalari
  3. Kislotalar va ishqorlarning turli biologik jarayonlarga taʼsiri (masalan, fermentlar faoliyati, ovqat hazm qilish, nerv impulslarini uzatish)
2

2

3 Aminokislotalar va peptid bogʻlar. Oqsil tuzilishi. Fermentlar 
  1. Aminokislotalar va peptid bogʻ
  2. Oqsil tuzilishining umumiy xususiyatlari
  3. Insulin gormonining tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  4. Fermentlar tuzilishi va uning organizmdagi ahamiyati
  5. Qandli diabet
4

3

4 Bioenergetika. Adenozin trifosfatning xususiyatlari. Vitaminlar va elektron tashuvchilar. 
  1. Bioenergetika haqida tushuncha
  2. Biologik tizimlarda erkin energiyaning oʻzgarishi
  3. Vitaminlar klassifikatsiyasi
  4. Suvda eruvchi vitaminlar
  5. Yogʻda eruvchi vitaminlar
4

4

5 Katabolizmning umumiy yoʻllari. Piruvat metabolizmi va biologik oksidlanish. 
  1. Mitoxondria tuzilishi va glikolizdagi ahamiyati
  2. Krebs sikli
  3. Toʻqima nafas olishi
  4. Terminal oksidlanish: ubixinon, sitoxromlar. Sitoxromoksidaza
  5. Elektron tashuvchilar
4

5

6 Uglevodlar tuzulishi, proteoglikalar. Glikoproteinlar va glikolipidlar 
  1. Uglevodorodlar haqida umumiy tushuncha
  2. Uglevodlarning turlari (monosaxaridlar, disaxaridlar, polisaxaridlar)
  3. Proteoglikanlar. Proteoglikanlarning taʼrifi va tuzilishi
  4. Glikolipidlarning hujayra membranalarida tutgan oʻrni va ularning transport va signal uzatishdagi roʻli
2

6

7 Uglevodlar almashinuvi va funksiyalari. Glikogen tuzilishi, glikogen kasalliklari. 
  1. Ovqatning asosiy uglevodlari
  2. Uglevodlarning hazmlanishi va soʻrilishi, bijgʻish, sutni koʻtaraolmaslik
  3. Glikogen sintezi va parchalanishi, uning fiziologik ahamiyati, glyukokinaza va geksokinazalar taʼsiri
  4. Glikogen tuzilishi, uning sintezlanishi va uning organizmdagi ahamiyati
4

7

8 Glikoliz va uning boshqarilishi. 
  1. Glikoliz jarayonining asosiy bosqichlari
  2. Glikoliz jarayoni va uning boshqarilishida taʼsir etuvchi fermentlar
  3. Piruvat kinaza fermenti defitsiti – gemolitik anemiya, qondagi LDG miqdorining oʻzgarishining diagnostic ahamiyati
2

8

9 Glyukoneogenez. 
  1. Glyukoneogenez jarayonlari
  2. Glyukoneogenezning bosqichlari
  3. Glyukoneogenez boshqarilishining allosterik mexanizmlari
  4. Galaktozemiya va qandli diabet yuzaga kelish sabablari
2

9

10 Glyukoza katabolizmi 
  1. Glyukoza katabolizmi
  2. Glyukozaning aerob parchalanishi va uning fiziologik ahamiyati
  3. Glyukozaning anaerob parchalanishi (glikoliz)
  4. Glyukoza parchalanishining apotomik yoʻli
  5. Glyukoza metabolizmi bosqichlari
4

10

11 Fruktoza va galaktoza almashinuvi. 
  1. Fruktoza almashinuvi, bolalarda irsiy fruktozemiya
  2. Galaktoza almashinuvi, irsiy galaktozemiya
  3. Qonda qand miqdorining boshqarilishi va uni yoshga bogʻliqligi
  4. Glikoprotein va proteoglikanlar. Ularning karbonsuv qismlari haqida tushincha
2

11

12 Pentozafosfat yoʻli 
  1. Pentozafosfat yoʻlining metobolik jarayonlardagi axamiyati
  2. Pentozafosfat yoʻlining asosiy bosqichlari
  3. Pentozafosfat yoʻlining oʻzgarishiga olib keluvchi kasalliklar (Wiskott – Aldrich sindromi, NADPH oksidaza yetishmovchiligi)
2

12

13 Qonda glyukoza miqdorining saqlanishi. 
  1. Glyukoza metobolizmining asosiy jarayonlari
  2. Qon glyukoza darajasining tregulatsiyasi ( Insulin va Glukagon roli)
  3. Glyukoza monitoring va kinetikasi( Glukometrlar, laboratoriyatahlillari va axamiyati)
4

13

14 Taom tarkibidagi triatsilglitserolning hazmlanishi. Yogʻ kislotalari va triatsilgliserol sintezi. 
  1. Taomdagi triatsilglitserollarning organizm uchun ahamiyati
  2. Triatsilglitserollarning hazm qilish jarayoni
  3. Yogʻni meʼda va oʻn ikki barmoq ichakda hazm qilinishi
  4. Triatsilglitserollarning yutilishi va emulsifikatsiya va yoyilgan yogʻ kislotalarining absorbtsiyasi
2

14

15 Yogʻ toʻqimasida triatsilgliserol zaxiralarining shakllanishi. Xolestrol va oʻt tuzlari metabolizmi. Yogʻ toʻqimasi triatsilglitserollarining keyingi taqdiri. 
  1. Yogʻ toʻqimasida triatsilgliserol zaxiralarining shakllanishi
  2. Xolestrolning metabolizmi va utilizatsiyasi, xolestrol esterlash va xolestrol esterlarining roʻli
  3. Triatsilglitserollarni yogʻ toʻqimalaridan mobilizatsiya qilish
4

15

16 Fosfolipid va sfingolipid metabolizmi. Eykozanoidlar metabolizmi. Etanol metabolizmi. 
  1. Fosfatidilserinning fosfatidilxolin va fosfatidiletanolaminga konversiyasi
  2. Fosfatidilinositolning metabolizmi va signalizatsiya
  3. Sfingomiyelin, cerebrosidlar, gangliosidlar, Sfingolipidlarning nevrologik funktsiyadagi roʻli
2

16

17 Oqsillar hazmlanishi va aminokislotalar soʻrilishi. Aminokislota azoti qoʻshilishi va ajratilishi (dezaminlanish , transaminlanish). Mochevina sikli. 
  1. Oqsilning oshqozon va ingichka ichakda hazm qilinishi. Polipeptidlarning aminokislotalarga parchalanishi
  2. Aminokislotalar va dipeptidlarning ingichka ichakda soʻrilishi. Soʻrilish mexanizmlari: Na+ ga bogʻliq aktiv transport, pasiv diffuziya
  3. Aminokislotalarning qon oqimiga kirishi, aminokislota transporterlarining turlari va funksiyalari
4

17

18 Qon biokimyosi. Qon tarkibi va vazifalari. Qon plazma oqsillari. Qon lipoproteinlari. 
  1. Qonning asosiy funksiyalari va plazmaning kimyoviy tarkibi
  2. Qon plazmasi oqsillari va fermentlari. “Oʻtkir faza” oqsillari. Albuminning tana suvi taqsimlanishidagi roli, shishlar kelib chiqish mexanizmi
  3. Qon yaratilishi, suyak koʻmigi hujayralarining oʻziga xos xususiyatlari. Eritrositlar yetilishi va gem sintezi, uning boshqarilishi. Eritrositlarda kechadigan metabolik jarayonlarning oʻziga xosligi
  4. Gemoglobin, oksigemoglobin, karboksigemoglobin, metgemoglobin
4

18

19 Limfa-retikulyar tizimi biokimyosi. Temir almashinuvi, gemostaz. 
  1. Limforetikulyar tizim, shakllanishi, vazifalari va ahamiyati
  2. Immun tizimining asosiy vazifalari, limfaning kimyoviy tarkibi, yoshga bogʻliq xususiyatlari
  3. Fagositlovchi hujayralarda metabolizmning oʻziga xos xususiyatlari
  4. Yalligʻlanish bosqichlari( alteratsiya, ekssudatsiya, proliferatsiya) va biokimyoviy taxlil qilish
4

19

20 Biriktiruvchi toʻqima biokimyosi. Yurak va mushak biokimyosi. 
  1. Kollagen oqsilining aminokislota tarkibining oʻziga xosligi, birlamchi va fazoviy qurilishlari
  2. Kollagen tolalarini hosil boʻlishi. Kollagenning katabolizmi va uning almashinuvi boshqarilishi. Kollagen sintezi va yetilishining buzilishlari bilan bogʻliq boʻlgan kasalliklar. Elastin, uning tuzilishi, sintezi va katabolizmi
  3. Kardiomiositlar va tomir silliq mushaklari tuzilishining oʻziga xosligi, farqlari, miofibrillalarning asosiy oqsillari va molekulyar qurilishi
2

20

21 Oshqozon-ichak tizimi biokimyosi. 
  1. Soʻlak tarkibi va vazifalari
  2. Taʼm bilishning biokimyoviy asoslari. Ishtaha va ochlik hissining biokimyoviy boshqarilishi
  3. Xlorid kislotasi sintezi mexanizmi, meʼda shirasi tarkibi va ahamiyati. Meʼda osti bezi shirasi tarkibi va ahamiyati
2

21

22 Jigar biokimyosi. Toksik moddalarni jigarda zararsizlantirilishi 
  1. Jigarning uglevodlar, yogʻlar, oqsillar va aminokislotalar almashinuvidagi ahamiyati, uning yoshga bogʻliqligi
  2. Gem metabolizmi, sariqlik va uning xillari
  3. Jigar zararlanishi sindromlari: sitoliz, xolestaz, mezenximal-yalligʻlanish, jigar-hujayra yetishmovchiligi sindromlari, jigar sirrozi
  4. Toksik moddalarni zararsizlantirish mexanizmlari: mikrosomal oksidlanish, konyugasiya reaksiyalari
4

22

23 Fiziologik faol moddalar. Tetragidrofolat, vitamin B12 va S-adenozilmetionin. Aminokislotalardan hosil boʻladigan maxsus moddalar. 
  1. Fiziologik faol moddalar tasnifi
  2. Peptid tabiatli fiziologik faol moddalar (sitokinlar, oʻsish omillari va boshqalar)
  3. Aminokislotalar hosilalari, funksiyasi. Idora etishning umumiy tomonlari va idora etuvchi sistemalar iyerarxiyasi
2

23

24 Endokrin tizimi biokimyosi. 
  1. Endokrin va nerv sistemalari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik
  2. Gipotalamik-gipofizar tizim gormonlari, endokrin gormonlar, parakrin va autokrin gormonlar
  3. Qonda gormonlar kontsentratsiyasining oʻzgarishi. Gormonlar hosil boʻlishi, transporti va metabolizmi
4

24

25 Gormonlar miqdorining boshqarilishi. Spetsifik gormonlar taʼsirlari. Moddalar almashinuvini boshqarilishiva ularni buzilishlari. 
  1. Karbonsuvlar, yogʻlar va aminokislotalar almashinuvining gormonlar orqali idora etilishi, uning yoshga bogʻliqligi
  2. Kalsiy-fosfatlar almashinuvining idora etilishi, bolalarda raxit kelib chiqishi sabablari
  3. Suv-tuz almashinuvining idora etilishi, uning yoshga bogʻliqligi
  4. Mahalliy tasir koʻrsatuvchi gormonlar
4

25

Jami 76

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


5.3. Laboratoriya mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Soʻlak tarkibidagi alfa amilaza faolligini tekshirish. 
2

1

2 Qonda glyukoza miqlorini glyukometr asbobida va fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda oʻlchash. 
2

2

3 Qonda xolesterin miqdorini fermentativ usulda biokimyoviy analizatorda aniqlash. 
2

3

4 Qon plazmasi tarkibidagi albuminlar miqdorini biokimyoviy analizatorda aniqlash. 
2

4

5 Qonda bilirubin miqdorini biokimyoviy analizatorda aniqlash. 
2

5

6 Test tayoqchalar yordamida siydikning meʼyoriy va patologik tarkibiy qismlarini aniqlash. 
2

6

7 Oqsillar dializi. 
2

7

8 PZR (polimerlanuvchi zanjir reaksiyasi) usulida usulida biokimyoviy tahlillar oʻtkazish. Diagnostik ahamiyati. 
2

8

9 Mushak suksinat degidrogenaza faolligini aniqlash. 
2

9

10 Uglevodlarning anaerob parchalanishida hosil boʻlgan sut kislotani aniqlash. 
2

10

Jami 20

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Signallarni membranalar orqali oʻtkazilishi. Membranalar buzilishlarni patologik jarayonni kelib chiqishidagi oʻrni. 

1

2 Energiya almashinuvining boshqarilishi. 

2

3 Mitoxondrial kasalliklar. Gipoenergetik holatlar. 

3

4 Glikogen kasalliklari. 

4

5 Glyukoza tashuvchilarining tuzilishi, spetsifikligi, klinik ahamiyati. 

5

6 Surunkali gepatitlar va holetsistitlarda yogʻlar hazmlanishini buzilishi. 

6

7 Yogʻ kislotalarini α-omega oksidlanishi, ahamiyati, buzilishlari. 

7

8 Geteropolisaxaridlarni ontogenez va kasalliklarda oʻzgarishi. 

8

9 Lipidlarni peroksidlanishi va hujayra shikastlanishi patogenezidagi ahamiyati. 

9

10 Xolesterin tashilishida qatnashuvchi apo oqsillar. Yogʻ bosish, semirish. Sfingolipidozlar. 

10

11 Qandli diabet va ochlikda ketonuriya va ketonemiya. 

11

12 Oshqozon suyuqligi tashhisining klinik ahamiyati. 

12

13 Parenteral ovqatlanish va uning klinik ahamiyati. 

13

14 Parenteral ovqatlanish va uning klinik ahamiyati. 

14

15 Oʻtkir pankreatit kelib chiqishi va davolashning biokimyoviy asoslari. 

15

16 Katepsinlar, ularning klinik ahamiyati. 

16

17 Neyromediatorlar biosintezi, ahamiyati va kasalliklari. 

17

18 Buyraklarda urat toshlarini hosil boʻlishi va davolash yoʻllari. 

18

19 Kallikrein-kinin tizimi, klinik ahamiyati. 

19

20 Tibbiyotda DNK rekombinantlarni qoʻllanilishi. 

20

21 Jigarda gormonlarni zararsizlantirilishi, klinik ahamiyati. 

21

22 Metabolik sindrom kelib chiqishining biokimyoviy asoslari va asoratlari 

22

23 Endemik buqoq va gipotireoz patogenezi va davolash usullari. 

23

24 Leykotsitlar metabolizmi xususiyatlari. 

24

25 Nasliy va orttirilgan trombotsitopatiyalar. 

25

26 Kamqonlik turlari va sabablari. 

26

27 Qon ivish omillarining tugʻma kasalliklari. 

27

28 Nafas va metabolik atsidoz va alkalozlarni kelib chiqishi, biokimyoviy tashxisi. 

28

29 Kollagenozlar, patogenezi va tashxisi. 

29

30 Genlar taʼsirini boshqarilishi, hujayra differentsirovkasi. 

30

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, kazus yoki media koʻrinishida topshirishadilar

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Saidabbozov S. Sh., Amanbayeva S. S., Kuvvatov J. D. “Biokimyo” Darslik Andijon : 2025 y      
  2. Sobirova R. A., Yuldashev N. M. ” Biokimyo”. Darslik 1 tom. Toshkent 2021 y      
  3. Sobirova R. A., Yuldashev N. M. ” Biokimyo”. Darslik 2 tom. Toshkent 2021 y      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Obidov O. O. va boshq. Biologik kimyo. Laboratoriya amaliyoti. 2010 y      
  2. Dalimova S. N., Umarova G. B. Klinik biokimyo oʻquv qoʻllanma Toshkent 2019      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://usmle-rx.com/proposed-errata-and-suggestions-fa-step-1/      
  • http://www.bioximia.narod.ru      
  • http://www.biochemistry.vcu.edu.com      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida ogʻzaki shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / yozma shakllarda amalga oshiriladi 10 4-13 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / essey koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. ogʻzaki Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. ogʻzaki Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Mamajonov Jasurbek Shuxratbekovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: email@umail.uz
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Biologik kimyo va farmatsevtika kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Usmonova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

K.Ubaydullayev - Andijon davlat tibbiyot instituti, Katta oʻqituvchi


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Payshanba, soat 15:00 – 16:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Biologik kimyo va farmatsevtika» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

S.Saidobbozov

Kafedra mudiri

(imzo)

J.Mamajonov

Fan oʻqituvchisi