JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60410100-Iqtisodiyot 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi Fan kodi ECON101
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: yozma
YI: test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr sem
60
(aud)
90
(must)
30 30

2. Fan maqsadi

talabalarga antik davrdan XXI asrgacha boʻlgan iqtisodiy gʻoyalarning rivojlanishi haqida umumiy maʼlumot berish; iqtisodchilar doimo duch kelgan va hal qilishga harakat qilgan muammolar mohiyatiga alohida eʼtibor berish; iqtisodchilarning muammolarni hal qilishdagi yondashuvlari uzluksizligi va oʻzgarishlarini tushunishga yordam berish. Kursni muvaffaqiyatli tugatgandan soʻng talabalar iqtisodiy taʼlimotlar tarixidagi asosiy maktablar va tendentsiyalarni aniqlay olishlari, XIX-XX-asrlar iqtisodiy yondashuvlarining analitik asoslarini tushunishlari kerak.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • iqtisodiy kategoriyalar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi;
  • iqtisodiy taʼlimotlar tarixidagi asosiy maktablar va tendensiyalarni ajrata olishlari;
  • iqtisodiy taʼlimotlar tarixi asoslarini bilishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • makroiqtisodiy darajadagi vaziyatlarni tushinishi ;
  • milliy iqtisodiyotning amal qilishi va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi kerak ;
  • turli davrlar va jamiyatlarda paydo boʻlgan iqtisodiy fikrlar va taʼlimotlarning mamlakat rivojiga taʼsiri toʻgʻrisida bilishi ;
  • iqtisodiy taraqqiyotga olib kelgan gʻoyalar va iqtisodiy siyosatning mazmunini, iqtisodiy rivojlanishning yuksalish va sustlashuv sabablarini, ijobiy gʻoyalarning iqtisodiy taʼlimot yoki nazariyalar darajasiga erishmaganligini, iqtisodiy gʻoyalari rivojidagi cheklanganlikni batafsil tahlil etish koʻnikmalariga ega boʻlishi ;
  • turli davrdagi iqtisodiy gʻoyalarni umumlashtirish va tahlil etish, ulardan ilmiy- amaliy xulosalar chiqarish va takliflar bera olish, asosiy iqtisodiy kategoriyalarga berilgan taʼriflarning oʻsha davr va hozirgi zamon uchun ahamiyatini ochib berish, hozirgi zamonaviy iqtisodiy taʼlimotlar va nazariyalari bilan solishtira olish malakasiga ega boʻlishlari kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi faniga kirish 
  1. «Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi» fanining predmeti
  2. Fanning oʻrganish uslubiyoti
  3. Ilmiy davrlash
  4. Fanni oʻrganish vazifasi va ahamiyati
4

1

2 Qadimgi dunyo iqtisodiy taʼlimotlar 
  1. Qadimgi SHarqdagi iqtisodiy gʻoyalar
  2. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy qarashlar
  3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy gʻoyalar
2

2

3 Oʻrta asr davridagi iqtisodiy taʼlimotlar 
  1. Arab va Gʻarbiy Evropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy gʻoyalar
  2. IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar
  3. Oʻrta asr utopiyalari
2

3

4 Oʻrta Osiyodagi temuriylar davrigacha boʻlgan iqtisodiy gʻoyalar 
  1. Forobiy asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar mohiyati
  2. Beruniy asarlaridagi iqtisodiy taʼlimotlar
  3. YUsuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalari
2

4

5 Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy gʻoyalar va iqtisodiy siyosat 
  1. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
  2. SHoxruh Mirzo va Mirzo Ulugʻbek davridagi iqtisodiy islohotlar
  3. Alisher Navoiy iqtisodiy taʼlimoti
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar
2

5

6 Merkantilizm iqtisodiy taʼlimoti 
  1. Merkantilizm iqtisodiy taʼlimotining mohiyati
  2. Ilk merkantilizm va rivojlangan merkantilizm taʼlimotlar
  3. Merkantilizm va hozirgi zamon
4

6

7 Ilk klassik maktabning vujudga kelishi davridagi taʼlimotlar 
  1. Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari
  2. V. Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
  3. XVII-XVIII asrlarda Fransiya taraqqiyotining xususiyatlari va uning P. Buagilber qarashlarida aks etishi
  4. Fiziokratizm. F. Kene va A. Tyurgoning iqtisodiy taʼlimotlari
2

7

8 Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari 
  1. V. Petti va P. Buagilber iqtisodiy qarashlari
  2. A. Smit iqtisodiy nazariyalari
  3. D. Rikardoning iqtisodiy taʼlimoti
2

8

9 Marjinalizm taʼlimoti va neoklassik iqtisodiy maktablar 
  1. Marjinalizm iqtisodiy taʼlimotining shakllanishi, umumiy taʼrifi
  2. Avstriya maktabi uning xususiyatlari
  3. Kembridj maktabi A. Marshall taʼlimoti
  4. Lozanna maktabining xususiyatlari
  5. Marjinalistik taʼlimotning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
2

9

10 Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlarining asosiy yoʻnalishlari 
  1. Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy xususiyatlari
  2. Institutsionalizm yoʻnalishi
  3. Nomukammal bozor taʼlimotlari
  4. Monetarizm va neoliberalizm evolyusiyasi
2

10

11 Jon Meynard Keyns taʼlimoti va keynschilik 
  1. Keyns taʼlimoti vujudga kelishida boshqa taʼlimotlarning oʻrni
  2. Keyns iqtisodiy taʼlimotining xususiyatlari
  3. Keynschilik va neokeynschilik
  4. Keyns taʼlimotining hozirgi davrdagi ahamiyati
2

11

12 Jahon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi iqtisodiy taʼlimotlari 
  1. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid taʼlimotlarning XX asrdagi xususiyatlari
  2. Xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar
  3. Xalqaro valyuta munosabatlari
  4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar
  5. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti toʻgʻrisidagi nazariyalar
  6. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi
2

12

13 Oʻzbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi 
  1. Milliy iqtisodiyotda maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
  2. Oʻtish davri tavsifi va uning milliy xususiyati
  3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi
  4. Bozor munosabatlariga oʻtish boskichlariga oid qarashlar taxlili
  5. Xarakatlar strategiyasi - Oʻzbekistonni rivojlantirishning muhim poydevori
2

13

Jami 30

amaliy mashgʻulotlar uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda amaliy mashgʻulotlarni oʻtish nazarda tutilmagan


5.2. Seminar mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Fan predmeti va oʻrganish usullari 
  1. «Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi» fanining predmeti
  2. Fanning oʻrganish uslubiyoti
  3. Ilmiy davrlash
  4. Fanni oʻrganish vazifasi va ahamiyati
4

1

2 Qadimgi dunyo iqtisodiy taʼlimotlar. 
  1. Qadimgi SHarqdagi iqtisodiy gʻoyalar
  2. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy qarashlar
  3. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy gʻoyalar
2

2

3 Feodal jamiyati iqtisodiy taʼlimotlari. 
  1. Arab va Gʻarbiy Evropa davlatlarida feodalizm davridagi iqtisodiy gʻoyalar
  2. IX-XV asrlarda Oʻrta Osiyodagi iqtisodiy fikrlar
  3. Oʻrta asr utopiyalari
2

3

4 Oʻrta Osiyodagi temuriylar davrigacha boʻlgan iqtisodiy gʻoyalar. 
  1. Forobiy asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalar mohiyati
  2. Beruniy asarlaridagi iqtisodiy taʼlimotlar
  3. YUsuf Xos Hojib asarlaridagi iqtisodiy gʻoyalari
2

4

5 Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy gʻoyalar va iqtisodiy siyosat. 
  1. Amir Temurning iqtisodiy qarashlari
  2. SHoxruh Mirzo va Mirzo Ulugʻbek davridagi iqtisodiy islohotlar
  3. Alisher Navoiy iqtisodiy taʼlimoti
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri
2

5

6 Merkantilizm iqtisodiy taʼlimoti. 
  1. Merkantilizm iqtisodiy taʼlimotining mohiyati
  2. Ilk merkantilizm va rivojlangan merkantilizm taʼlimotlar
  3. Merkantilizm va hozirgi zamon
4

6

7 Ilk klassik maktabning vujudga kelishi davridagi taʼlimotlar. 
  1. Angliya va Fransiyada klassik iqtisodiy maktab vujudga kelishining shart-sharoitlari
  2. V. Petti - Angliya klassik iqtisodiy maktabining asoschisi
  3. XVII-XVIII asrlarda Fransiya taraqqiyotining xususiyatlari va uning P. Buagilber qarashlarida aks etishi
  4. Fiziokratizm. F. Kene va A. Tyurgoning iqtisodiy taʼlimotlari
2

7

8 Klassik siyosiy iqtisod namoyondalari. 
  1. V. Petti va P. Buagilber iqtisodiy qarashlari
  2. A. Smit iqtisodiy nazariyalari
  3. D. Rikardoning iqtisodiy taʼlimoti
2

8

9 Marjinalizm taʼlimoti va neoklassik iqtisodiy maktablar 
  1. Marjinalizm iqtisodiy taʼlimotining shakllanishi, umumiy taʼrifi
  2. Avstriya maktabi uning xususiyatlari
  3. Kembridj maktabi A. Marshall taʼlimoti
  4. Lozanna maktabining xususiyatlari
  5. Marjinalistik taʼlimotning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati
2

9

10 Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlarining asosiy yoʻnalishlari. 
  1. Hozirgi zamon iqtisodiy taʼlimotlari shakllanishi va rivojlanishining asosiy xususiyatlari
  2. Institutsionalizm yoʻnalishi
  3. Nomukammal bozor taʼlimotlari
  4. Monetarizm va neoliberalizm evolyusiyasi
2

10

11 Jon Meynard Keyns taʼlimoti va keynschilik. 
  1. Keyns taʼlimoti vujudga kelishida boshqa taʼlimotlarning oʻrni
  2. Keyns iqtisodiy taʼlimotining xususiyatlari
  3. Keynschilik va neokeynschilik
  4. Keyns taʼlimotining hozirgi davrdagi ahamiyati
2

11

12 Jahon xoʻjaligi toʻgʻrisidagi iqtisodiy taʼlimotlari. 
  1. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojiga oid taʼlimotlarning XX asrdagi xususiyatlari
  2. Xalqaro kapital harakati va investitsiyalarga oid nazariyalar
  3. Xalqaro valyuta munosabatlari
  4. Jahonshumul iqtisodiy muammolar
  5. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti toʻgʻrisidagi nazariyalar
  6. Insoniy rivojlanish konsepsiyasi
2

12

13 Oʻzbekistonda milliy bozor iqtisodiyoti shakllanishi va rivojlanishi 
  1. Milliy iqtisodiyotda maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining oqibatlari va tub islohotlar zaruriyati
  2. Oʻtish davri tavsifi va uning milliy xususiyati
  3. Iqtisodiy islohotlarning milliy modeli va yangi asr strategiyasi
  4. Bozor munosabatlariga oʻtish boskichlariga oid qarashlar taxlili
  5. Xarakatlar strategiyasi - Oʻzbekistonni rivojlantirishning muhim poydevori
2

13

Jami 30

laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Qadimgi Sharq, Yunon, Rim iqtisodiy qarashlari 
  1. prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar

1

2 Skolastika va merkantilizm: asosiy gʻoyalar 
  1. prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar

2

3 Fiziokratlar: Fransua Kene, Turgoning qarashlari 
  1. prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar

3

4 Karl Marks: qoʻshilgan qiymat, ekspluatatsiya nazariyalari 
  1. prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar

4

5 Tanlangan iqtisodiy maktab asosida referat tayyorlash 
  1. prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar

5

 
 

Izoh: Mustaqil ish prezentatsiya, keyslar, doklad, guruh loyihalar, referatlar shaklida tayyorlanadi va himoya qilinadi

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Tashmatov Sh. H. Xasanxonova N. I; “Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi”. Oʻquv qoʻllanma. ‒T.: “IQTISODIYOT DUNYOSI”, 2021, 470 b      
  2. Muminov N. G., Xolmatjonov F. M. Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi – I (Iqtisodiy tarix). Uslubiy qoʻllanma –T.: “Universitet”, 2022, 76-bet      
  3. Axunov M. A, N. X. Saidaxmedov ; Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi”: Oʻquv qoʻllanma/; ‒A.: “Andijon nashriyot manbaa” MChJ, 2023, 220 b      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Asqarova M. T. va boshq. Makroiqtisodiyot. Darslik. –T.: Innovatsiyon rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2021. – 280 b      
  2. Yoʻldashev Q, Muftaydinov Q., Abdurahmonov V., “Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi”. darslik, –T.: Iqtisodiyot, 2006, - 190 b      
  3. Islomov A., Egamov E., “Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi” . Oʻquv qoʻllanma. - T.: Iqtisodiyot Moliya Instituti. -2005-236 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ebook.tsue.uz/public/ebooks/iqtisodiy-ta%E2%80%99limotlar-tarixi      
  • https://arm-admin.xiuedu.uz/media/books/iqtisodiy_talimotlar_tarixi_1.pdf      
  • https://imv.uz/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / visual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse / hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. yozma Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Moʻydinov Xurshidbek Abdullayevich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Xurshidbek@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Iqtisodiyot va moliya kafedrasi
Taqrizchilar:

S.Maxmudov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Professor

A.Mamajonov - Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotehnologiyalar instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Chorshanba-Juma, soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Iqtisodiyot va moliya» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

B.Kurbonov

Fakultet dekani

(Iqtisodiyot va pedagogika fakulteti)

(imzo)

I.Mitillayev

Kafedra mudiri

(imzo)

X.Moʻydinov

Fan oʻqituvchisi