JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja magistratura Taʼlim yoʻnalishi 70230101-Lingvistika (roman-german tillari) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 2 Kursi 1
Semestr 1-semestr
Fan nomi Ilmiy tadqiqot metodologiyasi Fan kodi ITMI1-104
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24

2. Fan maqsadi

Ilmiy tadqiqotning oʻziga xosligi va tuzilishi, ilmiy tadqiqotning printsiplari, metodlari va usullari, ahamiyati yoritish, ilmiy axborot izlash, yigʻish va unga ishlov berish,nazariy tadqiqotlar metodologiyasi, eksperimental tadqiqotlar metodologiyasiни oʻrganish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish koʻnikmasini hosil qilishdan iborat.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • ilmiy tadqiqotga doir ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotnnng umumiy asoslari, bosqichlari, oʻzgarish sabablari va oqibatlari; hozirgi zamon tilshunosligining xususiyatlari, qonunlar va kategoriyalar toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlishi (bilim);
  • fanning nazariy asoslarini; nazariy va eksperimental tadqiqot oʻtkazish jarayoni va ularning metodologiyasi, metodologiya jarayonlarni bilishi va ulardan foydalana olishini bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • talaba magistrlik dissertatsiya tayyorlash jarayoni, usullari va yondoshuvlarini bilgan holda samarali qoʻllash, qonunlarni, ilmiy tushunchalarning (kategoriyalarning) amal qilish xususiyatlarini, mexanizmlariini bilgan xolda tadqiqot muammolar boʻyicha yechimlar qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak(malaka) koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi faniga kirish 
  1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi» fanining maqsadi va vazifalari
  2. Fan taraqqiyoti tarixi. Bilim shaklining xilma-xilligi
  3. Ilmiy va noilmiy bilimlar. Fan va ilmiy bilish tushunchasi
  4. Fan-texnika taraqqiyotining poydevori. Fanning maqsadi
2

1

2 “Fan va ijodiyot” 
  1. Asosiy taʼrif va tushuncha
  2. Qadimgi dunyoda va oʻrta asrlarda ilmiy bilimlarning paydo boʻlishi
  3. Ilmiy tadqiqot usullari
  4. Tasniflash va ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari
2

2

3 Ilmiy tadqiqot va uning mohiyati 
  1. Asosiy tushunchalar va tamoyillar
  2. Mumtoz (klassik) fanning paydo boʻlishi va rivojlanishi
  3. Noklassik fan. Postnoklassik fan
  4. Bilim egallash bosqichlari va konsepsiya
2

3

4 Tadqiqot olib borish jarayonini tashkil etish 
  1. Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili
  2. Ilmiy-ijodiy faoliyatidagi innovatsiyalar. "Kashfiyot", "ixtiro" tushunchalarining innovatsion xarakteri
  3. Ixtiro-kashfiyot va innovatsiya oʻrtasidagi oʻziga xos "oraliq" holat
  4. Novatsiyalarning oʻziga xos xususiyatlari
2

4

5 Ilmiy axborot izlash, yigʻish va unga ishlov berish 
  1. Ilmiy axborotlar va ularning ahamiyati
  2. Ilmiy texnikaviy axborotlarni izlash
  3. Axborotlarni yigʻish va tahlil qilish
  4. Ilmiy texnikaviy axborotlarni oʻrganish, tahlil qilish
2

5

6 Nazariy tadqiqotlar metodologiyasi 
  1. Nazariy tadqiqot metodolo giyasi tushunchasi
  2. Ilmiy bilish metodologiyasi. Metodlarni tasniflash
  3. Hozirgi davrning eng mashhur metodologik tamoyili va yondashuvlari
  4. Tadqiqotning umumilmiy metod va usullari. Hozirgi zamon metodologiyasi
2

6

7 Eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi 
  1. Eksperimental tadqiqotlar asosi
  2. Eksperiment reja-dasturini ishlab chiqish
  3. Eksperimentni oʻtkazish
2

7

8 Eksperimental tadqiqotlar metodologiyasi 
  1. Eksperimental tadqiqotlar asosi
  2. Eksperiment reja-dasturini ishlab chiqish. Eksperimentni oʻtkazish
  3. Oʻlchashlar natijalarini grafik tasvirlash usullari
  4. Nazariy-eksperimental tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish
2

8

9 Magistrlik dissertatsiyasi ilmiy tadqiqot turi sifatida 
  1. Muammo tushunchasi va uning tasnifi
  2. Muammoni toʻgʻri qoʻyish uni muvaffaqiyatli echishning muhim sharti
  3. Ilmiy muammoning nazariy asoslari
  4. Muammoli vaziyat va uning ahamiyati
2

9

10 Ilmiy ijodda yangi ilmiy-texnik yechimlarni izlash metodlari, natijalarni rasmiylashtirish va axborot berish 
  1. Ilmiy tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni rasmiylashtirish
  2. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi
  3. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
  4. Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki isteʼmolchiga taqdim etish usullari
2

11

Jami 20

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining maqsadi va vazifalari. 
  1. Fan taraqqiyoti tarixi. Bilim shaklining xilma-xilligi
  2. Ilmiy va noilmiy bilimlar. Fan va ilmiy bilish tushunchasi
  3. Fan-texnika taraqqiyotining poydevori. Fanning maqsadi
2

1

2 Asosiy taʼrif va tushuncha. 
  1. Qadimgi dunyoda va oʻrta asrlarda ilmiy bilimlarning paydo boʻlishi
  2. Ilmiy tadqiqot usullari
  3. Tasniflash va ilmiy tadqiqotning asosiy bosqichlari
  4. Ilmiy tadqiqotlar mavzuini tanlash va baholash
2

2

3 Asosiy tushunchalar va tamoyillar 
  1. Mumtoz (klassik) fanning paydo boʻlishi va rivojlanishi
  2. Noklassik fan. Postnoklassik fan
  3. Bilim egallash bosqichlari va konsepsiya
  4. Ilmiy bilish dinamikasi
2

3

4 Innovatsiya tushunchasi va uning tahlili. 
  1. Ilmiy-ijodiy faoliyatidagi innovatsiyalar. "Kashfiyot", "ixtiro" tushuncha larining innovatsion xarakteri
  2. Ixtiro-kashfiyot va innovatsiya oʻrtasidagi oʻziga xos "oraliq" holat. Novatsiyalarning oʻziga xos xususiyatlari
  3. Tadqiqotni tashkil etish mexanizmini takomillashtirish
2

4

5 Ilmiy axborotlar va ularning ahamiyati. 
  1. Ilmiy texnikaviy axborotlarni izlash
  2. Axborotlarni yigʻish va tahlil qilish
  3. Ilmiy texnikaviy axborotlarni oʻrganish, tahlil qilish
  4. Axborotlarga ishlov berish
2

5

6 Nazariy tadqiqot metodologiyasi tushunchasi. 
  1. Ilmiy bilish metodologi yasi. Metodlarni tasniflash
  2. Hozirgi davrning eng mashhur metodologik tamoyili va yondashuvlari
  3. Tadqiqotning umumilmiy metod va usullari
  4. Matematik modellashtirish asoslari va vazifalari
2

6

7 Nazariy tadqiqot metodologiyasi tushunchasi. 
  1. Ilmiy bilish metodologiyasi. Metodlarni tasniflash
  2. Hozirgi davrning eng mashhur metodologik tamoyili va yondashuvlari
  3. Tadqiqotning umumilmiy metod va usullari
  4. Matematik modellashtirish asoslari va vazifalari
2

7

8 Eksperimental tadqiqotlar asosi. 
  1. Eksperiment reja-dasturini ishlab chiqish. Eksperimentni oʻtkazish
  2. Oʻlchashlar natijalarini grafik tasvirlash usullari
  3. Nazariy-eksperimental tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish
  4. Hisoblash eksperimenti
2

8

9 Muammo tushunchasi va uning tasnifi. 
  1. Muammoni toʻgʻri qoʻyish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim sharti
  2. Ilmiy muammoning nazariy asoslari
  3. Muammoli vaziyat va uning ahamiyati
  4. Muammoli vaziyatning paydo boʻlishi
2

10

10 Ilmiy tadqiqot ishlari toʻgʻrisidagi hisobotlarni rasmiylashtirish. 
  1. Ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish asosi
  2. Ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash
  3. Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki isteʼmolchiga taqdim etish usullari
  4. Ilmiy tadqiqotlar iqtisodiy samaradorligini hisoblash
2

11

Jami 20

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining asosiy kategoriya va tushunchalari: ilmiy tadqiqot, metod va metodologiya, dissertatsiya, ishning dolzarbligi, ilmiyligi, nazariya va amaliyot, ilmiy mavzu, ilmiy muammo va hokazo 
  1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi fanining asosiy kategoriya va tushunchalari: ilmiy tadqiqot, metod va metodologiya, dissertatsiya, ishning dolzarbligi, ilmiyligi, nazariya va amaliyot, ilmiy mavzu, ilmiy muammo va hokazo

1

2 Ilmiy ijodning ichki va tashqi omillari, ularning oʻzaro taʼsiri. 
  1. Ilmiy ijodning ichki va tashqi omillari, ularning oʻzaro taʼsiri

2

3 Zamonaviy ilmiy tadqiqot jarayoni va undagi tendentsiyalar 
  1. Zamonaviy ilmiy tadqiqot jarayoni va undagi tendentsiyalar

3

4 Tadqiqot olib borish jarayoniga taʼsir etuvchi omillar va zamonaviy tadqiqot olib borish tendentsiyalari 
  1. Tadqiqot olib borish jarayoniga taʼsir etuvchi omillar va zamonaviy tadqiqot olib borish tendentsiyalari

4

5 Ilmiy axborotlarni qayta ishlash va baholashning xozirgi zamon tendentsiyalari 
  1. Ilmiy axborotlarni qayta ishlash va baholashning xozirgi zamon tendentsiyalari

5

6 Dunyoni bilishning hozirgi zamon metodologiyasi va uning oʻziga xosligi 
  1. Dunyoni bilishning hozirgi zamon metodologiyasi va uning oʻziga xosligi

6

7 Eksperimentni oʻtkazish jarayoni obʼekti, subʼekti va uni amalga oshirish mexanizmi. Eksperimentni oʻtkazish jarayoniga taʼsir etuvchi omillar. 
  1. Eksperimentni oʻtkazish jarayoni obʼekti, subʼekti va uni amalga oshirish mexanizmi. Eksperimentni oʻtkazish jarayoniga taʼsir etuvchi omillar

7

8 Magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablar va ularni amalga oshirish mexanizmi 
  1. Magistrlik dissertatsiyasiga qoʻyiladigan zamonaviy talablar va ularni amalga oshirish mexanizmi

8

9 Ilmiy tadqiqotlar samarasini baholashga zamonaviy yondashuv va usullar. 
  1. Ilmiy tadqiqotlar samarasini baholashga zamonaviy yondashuv va usullar

9

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi, keys-stadi yoki media koʻrinishida topshiradilar.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Shermuxamedova N. A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. – T., 2019      
  2. Saifnazarov I., Muxtorov A. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi. – T., 2018      
  3. Кабулова Х. А. Методология научного исследования. Т. 2020 г      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Douglas C. Giancoli, Physics: Principles with Applications, Prentice Hall; 6 th edition January 17, 2018, USA      
  2. Muslimov N. A., Salaeva M. S., Qoʻysinov O. A., Ismoilova A. A. Magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash boʻyicha metodik tavsiyanoma. –T.: TDPU, 2019. – 60 b      
  3. Abduqodirov A. A., YUnusov R. Magistrlik dissertatsiyasi. Metodik qoʻllanma. – T.: TDPU nashriyoti, 2018. – 30 b      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.lex.uz      
  • https://www.cer.uz      
  • https://www.imv.uz      
  • https://www.stat.uz      
  • https://www.worldbank.org      
  • https://ocw.mit.edu/courses/14-32-econometrics-spring-2007-Massachutestexnologiyalarinstituti(QSda1-oʻrinda,THEда3-oʻrinda      
  • https://www.lomonosov.university/CambridgeUniversity(QSda2-oʻrin      
  • https://www.yale.edu/UniversityofYale(Qsda16-oʻrin      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / hisobot / dastur koʻranishida himoya qiladi Guruh aʼzolari (komanda) uyushgan holda pedagog-oʻqituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qoʻyilgan umumiy ball, har bir aʼzo-talabaga qoʻyilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi 10 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / yozma / vizual shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 5 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Abdullayeva Nargizaxon Sobirjonovna


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: annora1976@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Ibragimova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Dotsent

M.Abduvaliyev - Andijon davlat chet tillar instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba - juma , soat 15:00 – 18:00, ______ – xona.

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

D.Egamnazarova

Kafedra mudiri

(imzo)

N.Abdullayeva

Fan oʻqituvchisi