JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Bioetika

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60910200-Davolash ishi 
Oʻqish davomiyligi (yil) 6 Kursi 2
Semestr 4-semestr
Fan nomi Bioetika Fan kodi BE2405
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi tanlov
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    5    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: Test
YI: Test
Ajratilgan akademik soat hajmi 150 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
74
(aud)
76
(must)
30 44

2. Fan maqsadi

Boʻlajak shifokorlarda: burch, shaʼn, qadr-qimmat, rostgoʻylik, adolatlilik kabi tushunchalar bilan bogʻliq umumetik qadriyatlar haqida tasavvur uchun zamin yaratish hamda kasbiy faoliyatda vujudga keladigan etik muammolarni aniqlash, tahlil qilish va hal etish qobiliyatini shakllantirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Odam anatomiyasi (AN112312)

2. Tibbiyot kasbiga kirish (TKK1104)

3. Tibbiy biologiya. Umumiy genetika (TBUG1106)

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • Bilimlar jihatidan:;
  • Asosiy etikaga oid atama va tushunchalarni, nazariyalar, bioetikaning asosiy tamoyillari va qoidalari, bioetikaga oid mamlakatdagi va xalqaro asosiy hujjatlar, tibbiy faoliyatdagi munosabatlarning huquqiy va etik asoslari, zamonaviy fan va texnika yutuqlarini biotibbiy tekshiruvlarda qoʻllashning huquqiy va asoslari haqida tasavvurga ega boʻlishi;
  • Biotibbiy etika va tibbiy deontologiya tamoyillari va qoidalari boʻyicha, tibbiy faoliyatdagi etik-huquqiy masalalar boʻyicha muammolarni hal etishda daliliy asoslar keltirish, tibbiy faoliyatdagi noxush oqibatlarni etik - huquqiy baholash, bioetika moduliga oid keyslar tuzish, ularni amaliyotda qoʻllash bilimga ega boʻlishlari lozimni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • Koʻnikmalar jihatidan: ;
  • Tibbiy faoliyatda, shu jumladan biotekshiruvlarni oʻtkazishda etik meʼyorlarni qoʻllash, tibbiy faoliyatda vujudga keladigan etik muammolarni falsafiy tahlil qila olishi, tibbiy aralashuvlarga nisbatan bemorning roziligi yoki noroziligini baholay olish, bemor va uning qarindoshlari bilan etik-huquqiy meʼyorlarga rioya qilgan holda munosabatni shakllantirish, tibbiy faoliyatda kuzatiladigan holatlarda munozara olib borish va nizolarni hal etishni bilishi va ulardan foydalana olishi lozim koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Kirish. Ijtimoiy-madaniy asos va biotibbiy etikaning nazariy asoslari 
  1. Biotibbiy etikaning rivojlanish bosqichlari. Biotibbiy etika modellari. Bioetika va uning vujudga kelishiga olib kelgan holatlar
  2. Universal etika. Bioetikaning xususiyatlari
  3. Bioetikaning tarkibi. Biotibbiy etikaning prinsiplari va qoidalari
2

1

2 Bioetikaning. tibbiy etikaning avvalgi modellardan farqli xususiyatlari 
  1. Bioetika ijtimoiy institut sifatida
  2. Tibbiyot xodimi va jamiyat. Tibbiy faoliyatning salbiy oqibatlari. Yatrogen kasalliklar muammosi
  3. Tibbiyot va ilmiy faoliyatda tibbiyot xodimi va bemor oʻrtasidagi munosabatlar qoidalari
  4. Tibbiy xodimlarning huquqlari. "Butunjahon tibbiyot assosiatsiyasining Jeneva deklaratsiyasi (vrachlarning xalqaro qasamyodi)". "Tibbiy etika xalqaro kodeksi"
2

2

3 Odamlar va hayvonlar ustida klinik sinovlar va tajribalar oʻtkazishda axloqiy va axloqiy masalalar 
  1. Tirik shaxslar hamda hayvonlarda tekshiruvlar oʻtkazishda bioetik meʼyorlar
  2. Belmont prinsiplari. R. Berch-U. Rassel qoidasi
  3. "Hayvonlardan foydalangan holda tibbiy-biologik tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha xalqaro tavsiyalar"
2

3

4 Hayot boshlanishining ijtimoiy, huquqiy va axloqiy jihatlari 
  1. Hayot oliy qadriyat sifatida
  2. Embrionning ahloqiy statusi. Hayot qadriyati masalasida yondoshuvlar
  3. Hayot sifati. Hayot sifati shkalalari turlari
  4. Inson hayotining boshlanish vaqtini aniqlash. Embrionning statusi belgilash
2

4

5 Abort, sterilizatsiya, yangi reproduktiv texnologiyalar 
  1. Abort masalasi yuzasidan pozitsiyalar
  2. Liberal pozitsiya. Konservativ pozitsiya. Oraliq pozitsiya
  3. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlari yondoshuvlari
2

5

6 “Ayollarning kontratsepsiya vositalarini qoʻllash huquqi” toʻgʻrisidagi Jahon tibbiyot assotsiatsiyasi bayonot” 
  1. Sunʼiy urugʻlantirish, ekstrakorporal urugʻlantirish va surrogat onalik masalalari
  2. Donor tuxum hujayralaridan foydalanish va surrogat onalikning axloqiy muammolari va huquqiy jihatlari
2

6

7 Zamonaviy biotibbiyot texnologiyalari va inson tabiatiga aralashuvning axloqiy muammolari 
  1. Biotibbiyotning innovatsion texnologiyalari
  2. Konvergent texnologiyalar
2

7

8 Innovatsion biotibbiyot texnologiyalari va ularning axloqiy ahamiyati 
2

8

9 Hayotni uzaytirishning huquqiy va axloqiy muammolari. Evtanaziya va transplantatsiya bilan bogʻliq axloqiy muammolar 
  1. Evtanaziya tushunchasi
  2. Evtanaziyaning turlari
  3. Evtanaziyaning axloqiy-huquqiy jihatlari
2

9

10 Palliativ tibbiyot 
  1. Xospislar va ularning faoliyati
  2. Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining "Terminal holat toʻgʻrisida Venetsiya deklaratsiyasi,
  3. "Evtanaziya toʻgʻrisidagi",
  4. "Surunkali ogʻriqli oʻlimga mahkum bemorlarni davolash sohasida siyosat toʻgʻrisida bayonoti"
2

10

11 OITSning axloqiy va huquqiy muammolari 
  1. Epidemiya va etika
  2. OITSning dastlabki muammolari
  3. OIV bilan yashaydigan odamlarning huquqlari
2

11

12 OITSning eksperimental davolanish 
  1. Tibbiyot xodimlarining kasbiy xavfi bilan bogʻliq axloqiy muammolar
  2. Ijtimoiy hamjihatlik va oʻzaro yordam
2

12

13 Ekstremal vaziyatlarning axloqiy muammolari 
  1. Psixiatriya va psixoterapiyada etika
  2. Klinikaning ayrim boʻlimlaridagi muloqot
  3. Ruhiy, narkoman va oʻlimi tez orada muqarrar boʻlgan bemorlar bilan muloqot
2

13

14 Psixiatr ishida klinik etikaning xususiyatlari 
  1. Ruhiy kasalliklari boʻlgan odamlarning huquqlari
  2. Aqli zaif shaxslar huquqlari toʻgʻrisidagi BMT deklaratsiyasi,
  3. Ruhiy kasallarni himoya qilish va ruhiy yordamni yaxshilash tamoyillari, Jahon psixiatriya assotsiatsiyasining Madrid deklaratsiyasi,
  4. Ruhiy salomatlik toʻgʻrisidagi qonun: Oʻnta asosiy tamoyil,
2

14

15 Ruhiy kasalliklari boʻlgan shaxslarning huquqlarini taʼminlash boʻyicha koʻrsatmalar 
  1. Psixiatriya va inson huquqlari boʻyicha tavsiyalar,
  2. "Ruhiy kasalliklari boʻlgan shaxslarning inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish toʻgʻrisida" gi 10-sonli tavsiya
2

15

Jami 30

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Bioetika va uning vujudga kelishiga olib kelgan holatlar. 
  1. Universal etika. Bioetikaning xususiyatlari
  2. Bioetikaning tarkibi. Biotibbiy etikaning prinsiplari va qoidalari. Bioetikaning. tibbiy etikaning avvalgi modellardan farqli xususiyatlari. Bioetika ijtimoiy institut sifatida. Salomatlik va atrof-muhit. "Kasallik" tushunchasi
4

1

2 Xalqaro jamoat tashkilotlari: 
  1. Qizil Xoch Jamiyati, Tereza ona xayriya ordeni, Chegara bilmas shifokorlar,
  2. Butunjahon shoshilinch va tabiiy ofatlar tibbiyoti assotsiatsiyasi. OʻzGʻRes. 07. 12. 2018-yildagi PF-5590-son "Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida"
  3. OʻzGʻRes. 05. 09. 2024-yildagi PQ-311-son "Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida"
4

2

3 Fuqarolarning huquq, erkinliklari va burchlari. 
  1. Bemor huquqlari masalasi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan fuqarolarning huquq, erkinliklari va belgilangan burchlari
  2. Konstitutsiyaning 26 — va 40 — moddalarining mazmun-mohiyati. "Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida"gi qonuni
  3. Oʻzbekiston Respublikasi qonun boʻyicha bemor huquqlari va bu borada axloqiy va huquqiy jihatlarining oʻzaro bogʻliqligi. Jahon tibbiyot assosiatsiyasining bemor huquqlari boʻyicha Lissabon deklaratsiyasi (1981, 1995)
4

3

4 Yevropa Kengashi tomonidan qabul qilingan "Biologiya va tibbiyot yutuqlarining qoʻllanilishi munosabati bilan inson huquqlari va qadr-qimmatini himoya qilish toʻgʻrisida Konvensiya: 
  1. inson huquqlari va biotibbiyot toʻgʻrisida Konvensiya" (1997)
  2. Tibbiyot fani va amaliyotining rivojiga bogʻliq vrach va bemor munosabatlaridagi axloqiy muammolar. R. Vitch, T. Shash va M. Xollender, E. Emanuel va L. Emanuel boʻyicha vrach va bemor munosabatlarining etik modellari
  3. Hamshira va bemor munosabatlarining xususiyatlari. Sh. Smit modeli. Klinik xavf masalalari. Klinik xavf tushunchasi
  4. Klinik xavf holatlarining axloqiy va huquqiy jihatlari
  5. Tibbiyot muassasalarida tibbiy yordam koʻrsatilishi xavfsizligini taʼminlash muammosi va uning ahamiyati
4

4

5 Yangi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash va prenatal diagnostikaning etik jihatlari. 
  1. Sunʼiy urugʻlantirish, ekstrakorporal urugʻlantirish va surrogat onalik masalalari
  2. Donor tuxum hujayralaridan foydalanish va surrogat onalikning axloqiy muammolari va huquqiy jihatlari
4

5

6 Embrionlarda tadqiqotlar oʻtkazish masalasining axloqiy-etik jihatlari. 
  1. Jahon tibbiyot assosiatsiyasining "sunʼiy urugʻlantirish va embrionlarning transplantatsiyasi toʻgʻrisida bayonoti" (1987)
  2. "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni (2019)
  3. Oʻzbekiston Respublikasidagi tasdiqlangan yordamchi reproduktiv texnologiyalardan foydalanish tartibi boʻyicha Nizomning (2020) mazmuni
4

6

7 Oʻlish va oʻlimning axloqiy jihatlari. Klinik va vegetativ oʻlim. 
  1. Vegetativ holat. “Miya oʻlimi” masalasi va uning zamonaviy tibbiy amaliyotdagi ahamiyati. "Miya oʻlimining” klinik belgilari
  2. "Miya oʻlimi” diagnozini belgilash. Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining "oʻlim faktini konstatatsiya qilishga oid Sindey deklaratsiyasi" (1968, 1983)
  3. "Persistent vegetativ holat toʻgʻrisidagi bayonoti” (1989). Evtanaziya tushunchasi
4

7

8 Evtanaziyaning turlari 
  1. Evtanaziyaning axloqiy-huquqiy jihatlari
  2. Palliativ tibbiyot. Xospislar va ularning faoliyati
  3. Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining "Terminal holat toʻgʻrisida Venetsiya deklaratsiyasi (1983), "Evtanaziya toʻgʻrisidagi" (1987), "Surunkali ogʻriqli oʻlimga mahkum bemorlarni davolash sohasida siyosat toʻgʻrisida bayonoti" (1990)
2

8

9 Transplantologiya tarixi va holati. 
  1. Donorlik muammosi. Transplantatning turlari. Tirik shaxslar va murdalar donorligi
  2. Transplantologiyaning etik va huquqiy muammolari
  3. Murda donorligining huquqiy modellari. Oʻzbekistonda aʼzo va toʻqimalar transplantatsiyasining tarixi va hozirgi holati. Jahon tibbiyot assotsiatsiyasining
  4. "Inson aʼzolari tranplantatsiyasi toʻgʻrisida deklaratsiyasi" (1987). "Embrional toʻqimalarning transplantatsiyasi toʻgʻrisida bayonoti" (1989)
2

9

10 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Buyrak va (yoki) jigar boʻlagi hamda gematopoetik suyak koʻmigi oʻzak hujayralarini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom"i, 
  1. "Yaqin qarindoshlar orasida buyrak va (yoki) jigar boʻlagini transplantatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi vaqtinchalik nizom" (OʻzGʻRes VMQ 23. 10. 2017-yildagi 859-son)
  2. Oʻzbekiston Respublikasi "Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida"gi qonuni (11. 05. 2022-yildagi OʻRQ-768-son) Biotibbiy tekshiruvlarni tartibga solishning etik-huquqiy jihatlari. Tirik shaxslar hamda hayvonlarda tekshiruvlar oʻtkazishda bioetik meʼyorlar. Belmont prinsiplari. R. Berch-U. Rassel qoidasi. "Hayvonlardan foydalangan holda tibbiy-biologik tekshiruvlar oʻtkazish boʻyicha xalqaro tavsiyalar" (1985)
  3. "Butunjahon tibbiyot assotsiatsiyasini Xelsinki deklaratsiyasi" (1964). Etika qoʻmitalari, ularning statusi va vazifalari. "Biotibbiy tekshiruvlarning ekspertizasini oʻtkazuvchi etika qoʻmitalari ishiga oid qoʻllanma" (2000). Yangi dori-darmon vositalari, tibbiy texnologiyalarni eksperimental va klinik sinovlarini oʻtkazishning axloqiy-huquqiy jihatlari
  4. Dalillarga asoslangan tibbiyot. Klinik sinovlarni oʻtkazishning metodologiyasi
  5. Tasodifiy nazorat sinov (Randomized controlled trial)ini oʻtkazish xususiyatlari. Klinik sinovlarning toʻrt fazasi
2

10

11 Gen-injenerlik texnologiyalarni qoʻllashning etik muammolari. 
  1. Amaliy genetik usullar
  2. Preimplantatsion va prenatal genetik diagnostika
  3. Yevgenika tushunchasi. "Inson genomi va inson huquqlari boʻyicha umum-deklaratsiya (1997)
2

11

12 Biotexnologiya, bioxavfsizlik va gen-injenerlik masalasining holati. 
  1. Oʻzak hujayralarini qoʻllash, klonlashning bioetik jihatlari
  2. Sogʻliqni saqlash tizimining ayrim sohalaridagi etik muammolar
  3. Zamonaviy psixiatriya. narkologiyaning axloqiy-etik muammolari. Onkologik kasalliklar, OIV infeksiyasi bilan zararlangan hamda OITS kasalliklari,
  4. "Spidofobiya" fenomeni, shuningdek, oʻtkir infeksion kasalliklar holatlarida bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatishning axloqiy-huquqiy jihatlari
2

12

13 Nanotibbiyot va nanoetika. 
  1. Nanotibbiyot tushunchasi mohiyati
  2. Nanotibbiyot asosida diagnostika, monitoring, davolash, reabilitatsiya, kasalliklar profilaktikasi, salomatlikni mustahkamlash va yaxshilash
  3. Amaliy nanotibbiy ishlanma va texnologiyalarning axloqiy muammolari
  4. Nanotexnologiya vositalarining xavfsizligi va xavf nazorati muammolari. Ekologik xavfsizlik. Adolatlilik. Axborot xavfsizligi
2

13

14 Neyrovizualizatsiya texnologiyalari rivoji va ulardan foydalanishda yuzaga keladigan axloqiy muammolar. 
  1. Kompyuter, diffuz-optik, magnit-rezonans tomografiyalari va boshqa texnikalar
  2. Neyroimidjingdan notibbiy maqsadlarda foydalanish imkoniyatlari
  3. Mental enxansment. Miya biokimyosini kashf etish va unga taʼsir qilish vositalarini rivojlantirishning ijtimoiy, madaniy, siyosiy va boshqa oqibatlari
  4. Tibbiyotda raqamli texnologiyalar etikasi
2

14

15 Teletibbiyot, teledenteriya. 
  1. Raqamli texnologiyalarni tibbiyotga kirib kelishi va bioetik prinsiplarga taʼsiri
  2. Tibbiyot texnologizatsiyasi. Biotibbiy maʼlumotlar va raqamli tibbiyotda katta maʼlumotlar
  3. Tibbiyotda raqamli texnologiyalar axloqiy va huquqiy muammolar. Teletibbiyot, teledenteriya
2

15

Jami 44

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Etika nazariyalari. Tibbiy etikaning shakllanishida Gippokratning oʻrni. Tibbiy etika rivojida Al Ruxoviy, Zakariyo Al Roziy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Amron Musa bin Maʼmun va Sharq mutafakkirlarining hissalari. Bioetikaning shakllanishida A. Shveyserning faoliyati va ilmiy ishlarining ahamiyati. 

1

2 Bemorlarning maʼlumot olish masalasining etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy muolajalarga rozilik masalasi. 

2

3 “Shifokor siri” muammosining etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy yordam koʻrsatishida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash masalasining etik-huquqiy jihatlari. 

3

4 Bioetika fanining obyekti. Asosiy diniy konfessiyalarda hayot va oʻlimga nisbatan munosabat. Turli mamlakatlarda “miya oʻlimini” aniqlashga doir qoidalar, yoʻriqnomalar, nizomlar. Tibbiy faoliyatda bevosita aktiv evtanaziyani etik-huquqiy baholash. 

4

5 Bilvosita aktiv evtanaziya holatlaring etik-huquqiy jihatlari. Tibbiy faoliyatda passiv evtanaziya muammosi. 

5

6 Oʻlim axloqiy muammolar sifatida. Turli madaniy va falsafiy anʼanalarda oʻlim. Tibbiyot va bemorning jismoniy va ruhiy yaxlitligi muammosi. 

6

7 Medikotanaziya, distanaziya – evtanaziyaning variantlari. Suitsid – aktiv evtanaziyaning koʻrinishi sifatida. Xospislarning vujudga kelish tarixi. Rivojlangan mamlakatlarda xospislar faoliyati haqida. 

7

8 Murda donorligida rozilik prezumpsiyasi modeli. Murda donorligida norozilik prezumpsiyasi modeli. 

8

9 Oʻzbekistonda homiladorlikni toʻxtatish masalasi. Homiladorlikni toʻxtatish asosiy diniy konfessiyalar nuqtai nazaridan. Oʻzbekistonda yangi reproduktiv texnologiyalarni qoʻllash masalasining holati. Oʻzbekistonda skrining markazlari faoliyati. 

9

10 Oʻzbekistonda transplantatsiyaning etik-huquqiy jihatlari. Bioxavfsizlik, uning strukturasi va uni qoʻllashning huquqiy asoslari. 

10

11 Transgen oʻsimlik va hayvonlarni yaratish va ulardan foydalanishning etik jihatlari. Inson genomi. Genomika va genom tibbiyotning istiqbollari. 

11

12 Tibbiy eksperimentning axloqiy muammolari. Tibbiyotni insonparvarlashtirishda bioetikaning roli. Patologik anatomiyada etika muammolari. Sud-tibbiy ekspertizada etika masalalari 

12

13 Fuqarolarga stomatologik yordam koʻrsatishning etik jihatlari. Shifokorlar faoliyatida dalillarga asoslangan tibbiyotning ahamiyati. 

13

14 Evtanaziyani qonuniylashtirishga qarshi xospis harakati: tarixi va zamonaviy holati. Yevgenika va neoyevgenika: gʻoyalarning axloqiy tahlili. 

14

 
 

Izoh: Talabalar fan bоʼyicha mustaqil ishni taqdimot slaydlar, тahliliy mаʼlumot, тajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, maqola, tezislar va mаʼruza tayyorlash, amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ish kоʼrinishida topshiradi.

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 2022-yil      
  2. Muxamedova Z. M., Umirzakova N. A. “BIOETIKA”. Darslik. T. 2021. 432 bet      
  3. Muxamedova Z. M. va boshqalar. Bioetika. Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2021 y. 432 bet      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. Abramov V. A. Osnovo Bioetika i Biobezopasnost, Oʻquv-uslubiy qoʻllanma, Donesk. 2013      
  2. Indiaminov S. I. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari, Oʻquv qoʻllanma. Toshkent. 2014      
  3. Gʻiyasov Z. A. Vrach faoliyatining huquqiy asoslari. Darslik, Toshkent. 2012      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://www.ziyonet.uz      
  • https://www.islam.ru      
  • https://www.bilim.uz      
  • https://www.gov.uz      
  • https://www.press-service.uz      
  • https://www.edu.uz      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (10-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 10 4-14 haftalar davomida
3. Vazifa / topshiriqlar Taqdimot / hisobot / dastur koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 4-13 haftalar davomida
Jami 40  
Oraliq imtihon
1. Test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 10-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. Test Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 100  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Dadaboyev Toxirjon Zaylobidinovich


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: Dadaboyev.19910516@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Klinik fanlar kafedrasi
Taqrizchilar:

G.Qutlikova - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Kafedra mudiri

U.Musashayxov - Andijon davlat tibbiyot instituti, Kafedra mudiri


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-juma, soat 15.00 – 17.00, 04-xona

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Klinik fanlar» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

F.Turdiyev

Fakultet dekani

(Tibbiyot fakulteti)

(imzo)

G.Qutlikova

Kafedra mudiri

(imzo)

T.Dadaboyev

Fan oʻqituvchisi