JOY

«Tasdiqlayman»
Akademik ishlar boʻyicha prorektor
I.Mamajanov
________________________
«____»________________ 2025-yil

 

Adabiyotshunoslik

fani boʻyicha sillabus

1. Umumiy maʼlumotlar

Akademik daraja bakalavr Taʼlim yoʻnalishi 60230100-Filologiya va tillarni oʻqitish (roman-german tillari) 
Oʻqish davomiyligi (yil) 4 Kursi 1
Semestr 2-semestr
Fan nomi Adabiyotshunoslik Fan kodi ADSHK1204
Taʼlim shakli kunduzgi Fan turi majburiy
Fan tili oʻzbek Modulning davomiyligi 15 hafta
Taʼlim tili oʻzbek
Fanga ajratilgan kredit ECTS:    4    Baholash shakli JB: amaliy topshiriqlar
OI: test
YI: yozma
Ajratilgan akademik soat hajmi 120 Auditoriya soatlari taqsimoti maʼr amal
48
(aud)
72
(must)
24 24

2. Fan maqsadi

talabalarga adabiyotning asosiy yoʻnalishlari, badiiy asarning tarkibiy qismlari, adabiy maktablar, til, mohiyat va interpretatsiya, poetika va ritorika, adabiy tur va janrlar haqida bilim berish. Shuningdek, adabiyot va ijtimoiy hayot, ijodiy metod va uslublar, ijodkor uslubi, badiiy obraz, adabiy qahramon, badiiy sanʼatlar va hozirgi adabiy jarayonlar boʻyicha bilimlarni takomillashtirish.

3. Fanni oʻzlashtirish uchun zarur boshlangʻich bilimlar

1. Boshlangʻich bilimlar talab etilmaydi

4. Taʼlim natijalari

Fanni oʻzlashtirish davomida talaba:

4.1. Bilimlar jihatidan:

  • badiiy adabiyotning mohiyati, uning jamiyatdagi oʻrni va vazifalari toʻgʻrisida tasavvur va bilimga ega boʻlishi;
  • badiiy asar tuzilishi, uning shakl va mazmuni tahlil qilish;
  • badiiy asar syujeti, kompozisiyasi ustida ishlashni bilishi kerak

4.2. Malaka jihatidan:

4.3. Koʻnikma jihatidan:

  • badiiy adabiyotni sanʼatga dohil etuvchi obrazlilik va obraz tushunchalarini bilishi va ulardan foydalana olish ;
  • badiiy til, inson obrazini yaratish yoʻllari va vositalari, adabiy jarayon, badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlari tahlil qila oshish ;
  • adabiy tur va janrlar, uslub va metod tushunchalari, badiiy adabiyotdagi turli oqim va yoʻnalishlar boʻyicha yechimlar qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi kerak koʻnikmaga ega boʻlishi kerak

5. Fan mazmuni

5.1. Maʼruza mashgʻulotlari mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Аdabiyotshunoslik fanining maqsad va vazifalari, badiiy adabiyot sanʼat turi sifatida 
  1. Adabiyotshunoslikning predmeti va metodlari
  2. Adabiyotshunoslikning uch boʻlimi: nazariya, tarix, tanqid
  3. Adabiyotning sanʼat sifatidagi oʻziga xosligi
2

1

2 Badiiy asarda shakl va mazmunning mutanosibligi 
  1. Shakl va mazmun tushunchalari
  2. Shakl va mazmun oʻzaro bogʻliqligi
  3. Adabiy asarda shakl va mazmun birligi
2

2

3 Badiiy asarda mavzu, gʻoya va obrazning oʻziga xos xususiyatlari 
  1. Mavzu va uning turlari
  2. Asarning gʻoyaviy yoʻnalishi
  3. Obrazning badiiy funksiyasi
2

3

4 Syujet turlari, unsurlari va badiiy asar kompozitsiyasi 
  1. Syujet va fabula tushunchalari
  2. Syujet unsurlari: ekspozitsiya, tugun, choʻqqi, yechim
  3. Kompozitsiya va uning turlari
2

4

5 Badiiy asar tilining xususiyatlari 
  1. Badiiy til va uslubiy xususiyatlar
  2. Badiiy ifoda vositalari
  3. Tilning estetik vazifasi
2

5

6 Adabiy tur va janrlar 
  1. Adabiy tur tushunchasi
  2. Epik, lirik, dramatik turlarning farqlari
  3. Janrlarning xilma-xilligi va rivoji
2

6

7 Lirik va dramatik tur janrlari 
  1. Lirik janrlar: qoʻshiq, gʻazal, sonet
  2. Dramatik janrlar: tragediya, komediya, drama
  3. Lirik va dramatik janrlarning oʻziga xosligi
2

7

8 Adabiy yoʻnalishlar: klassitsizm, realizm, romantizm, naturalizm, akmeizm, modernizm, postmodernism 
  1. Adabiy yoʻnalish tushunchasi
  2. Klassitsizm, romantizm, realizm va naturalizm asoslari
  3. Modernizm, akmeizm va postmodernizmning xususiyatlari
2

8

9 Qiyosiy adabiyotshunoslik 
  1. Qiyosiy adabiyotshunoslikning predmeti
  2. Sharq va Gʻarb adabiy aloqalari
  3. Qiyosiy tadqiqotlarning metodlari
2

9

10 Hozirgi adabiy jarayon: Sharq va Gʻarb adabiyoti 
  1. XXI asr adabiy jarayonining xususiyatlari
  2. Sharq adabiy anʼanalari va yangilanishlar
  3. Gʻarb adabiy jarayonlari va oqimlari
2

10

11 Badiiy asar tahlili va tamoyillari 
  1. Badiiy asarni tahlil qilish bosqichlari
  2. Tahlilning asosiy tamoyillari
  3. Amaliy misollar asosida tahlil
2

11

12 Adabiy asarlarning mavzu va syujet jihatidan qiyosiy oʻrganilishi 
  1. Badiiy asarni tahlil qilish bosqichlari
  2. Tahlilning asosiy tamoyillari
  3. Amaliy misollar asosida tahlil
2

12

Jami 24

5.2. Amaliy mashgʻulotlar mazmuni

Mavzu va reja soatlar hajmi Pos
1 Аdabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar: Аrastu “Poetika”, Choʻlpon “Аdabiyot nadir”, Fitrat “Аdabiyot qoidalari” 
2

1

2 Аdabiyotshunoslikka oid nazariy asarlar: Аrastu “Poetika”, Choʻlpon “Аdabiyot nadir”, Fitrat “Аdabiyot qoidalari” 
2

2

3 Sharq yoki Gʻarb yozuvchilaridan birining ijodi misolida shakl va mazmun tahlili. 
2

3

4 Sharq yoki Gʻarb yozuvchilaridan birining ijodi misolida shakl va mazmun tahlili. 
2

4

5 Badiiy obraz yaratish yoʻllari va turlari. (badiiy asar tahlili misolida) 
2

5

6 Syujetning asosiy elementlari. (badiiy asar tahlili misolida) 
2

6

7 Kompozitsiya vositalari. (badiiy asar tahlili misolida) 
2

7

8 Badiiy asar tili tahlili ( epik va lirik asarlar tahlili misolida) 
2

8

9 Sharq yoki Gʻarb lirik janrlari misolida sheʼr mazmuni va mohiyatini yoddan aytib, tahlil qilish 
2

9

10 Sharq yoki Gʻarb dramatik asarlari misolida tahlil va talqin 
2

10

11 Jahon adiblari asarlari asosida adabiy yoʻnalishlar tahlili 
2

11

12 Hozirgi adabiy jarayon (web resurslar asosida) 
2

12

Jami 24

seminar mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda seminar mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan


laboratoriya mashgʻulotlari uchun mavzu kiritilmagan yoki ushbu sillabusda laboratoriya mashgʻulotlarini oʻtish nazarda tutilmagan

6. Mustaqil taʼlim topshiriqlari

Topshiriqlar mazmuni Pos
1 Quyida keltirilgan mavzulardan biriga tahlil yozing: 
  1. “Ikki eshik orasi” romanida aks etgan millat ruhini mujassam etgan
  2. oʻziga xos urf-udumlar; anʼanalar, - qadriyatlar;
  3. millatning orzulari, armonlarining badiiy ifodasi;
  4. millatning axloqi, irodasi, eʼtiqodi

1

2 Ushbu adabiy asarlarning gʻoyasi va motivini aniqlang: 
  1. “Аndisha va gʻurur», Jeyn Ostin (Pride and Prejudice by Jane Austen)
  2. asarini tematik xususiyatiga koʻra tasnif (tarixiy, fantastik, biografik, detektiv va h. k. )lang
  3. «Аlkimyogar», Paulo Koelo (The Alchemist by Paulo Coelho)
  4. asari mavzusi (kitob nima haqida? )ni tahlil qiling (abadiy, tarixiy yoki zamonaviy mavzu)
  5. «Asrni qaritgan kun» (Ch. Aytmatov) asarida mavjud folklor
  6. namunalari (maqol, mif, rivoyat, afsona va qoʻshiq)ni asar mohiyatini ochishdagi vazifasini baholang
  7. «Chol va dengiz» (Ernst Xeminguey) asarining asosiy gʻoyasi va
  8. leytmotivini aniqlang

2

3 Amaliy topshiriqlarda oʻrganilgan mavzular asosida quyidagi asarlarning adabiy yoʻnalishi, badiiy janri va kompozitsiyasi bayononi yozing: 
  1. “Ruhlar isyoni” (Erkin Vohidov)
  2. “Oʻrik gullaganda” (Hamid Olimjon) sheʼrida aks etgan peyzaj
  3. tasvirida shoir mahoratini tahlil qilihg
  4. “Shaytonning tangriga isyoni” (Abdurauf Fitrat)
  5. “Temir xotin” (Sharof Boshbekov)
  6. “Jannatga yoʻl” (Abdulla Oripov) dostoni

3

4 Amaliy mashgʻulotlarda berilgan topshiriqlar asosida bayon yozish: 
  1. “Dorian Grey portreti” (Oskar Uayld) romani
  2. “Urush va tinchlik” (Lev Tolstoy)

4

 
 

Izoh: Talabalar fan boʻyicha mustaqil ishni loyiha ishi yoki media koʻrinishida topshiradilar

7. Foydalanilgan adabiyotlar

7.1. Asosiy adabiyotlar:

  1. Koʻchimov U. “Adabiyotshunoslik” / Darslik – Toshkent : Malik print Co, 2021      
  2. Quronov D. H. “Adabiyot nazariyasi asoslari” Darslik – Toshkent: Innovatsiya-ziyo, 2020      
  3. Susan Belasko, Theresa Strouth Gaul, Linck Johnson, and Michael Soto“A companion to American Literature”/ Darslik Willy-Blackwell Publishing, 2020      

7.2. Qoʻshimcha adabiyotlar:

  1. W. W. Norton & Company “The Northon Anthology to American Literature” , 2017      
  2. Keith Newlin “The Oxford Handbook of American Literary Realism”, 2019, Oxford University Press      
  3. Bruce Burgett, Glenn Hendler “Keywords for American Cultural Studies”, 2014      
  4. Hamdamov U. “Jahon adabiyoti” / Darslik - Toshkent: Akademnashr, 2024      

7.3. Axborot manbaalari:

  • https://ziyonet.uz      
  • https://www.britishcouncil.org      
  • https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/      
  • https://ziyouz.uz/jahon-nasri/      
  • https://ziyouz.uz/jahon-nasri/agata-kristi/      
 

Axborot resurs markazi boshligʻi ______________ G. Qodirova

8. Fanni baholash mezoni va rejasi

8.1. Talabalar bilimini baholash turlari:

Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda ushbu nazorat turlaridan foydalaniladi: Joriy baholash, Oraliq imtihon, Yakuniy imtihon.

Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semestr davomida toʻplanib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi

- Workshop. Talabaning mashgʻulotlarda faolligi va unga berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

- Mustaqil ish. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba yakka yoki mini guruhlarga boʻlingan holda berilgan vazifalarni taqdimot / media / yozma / visual koʻranishida himoya qiladi.

- Vazifa / topshiriqlar. Har bir talaba individul tarzda oʻqituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat / masala / topshiriqlarni esse / hisobot koʻrinishida oldindan fan oʻqituvchi bergan namuna asosida bajaradi.

- Davomat. Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi.

Oraliq imtihon (OI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kun davomida oʻtkaziladi. Fan oʻqituvchisi oraliq imtihon shakli va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida talabalarni fan semestrining dastlabki darslarida xabardor qiladi

Yakuniy imtihon (YI). Semestr yakunlangandan soʻng yakuniy imtihonlar haftasida belgilangan shaklda olinadi

8.2. Talabalar bilimini baholash mezoni

Nazorat turlari Izoh Ball Oʻtkazilish vaqti
Joriy baholash
1. Workshop Talabaning interfaolligi, mashgʻulotlarda ishtiroki 5 2-13 haftalar davomida
2. Mustaqil ish Taqdimot / media / hisobot / dastur shakllarda amalga oshiriladi 0 ---
3. Vazifa / topshiriqlar Esse /hisobot koʻrinishida rasmiylashtiriladi 10 4-13 haftalar davomida
4. Davomat Talabaning dars mashgʻulotlariga qatnashganlik ulushidan kelib chiqib baholanadi 15 1-15 haftalar davomida
Jami 30  
Oraliq imtihon
1. test Oraliq nazorat ishigacha oʻtilgan mavzular yuzasidan 20 8-hafta
Jami 20  
Yakuniy imtihon
1. yozma Oʻquv rejadagi mavzular yuzasidan tayyorlangan savollar boʻyicha 40 Oʻquv jarayoni tugagandan soʻng
Jami 40  
Jami 90  

8.3. Qoʻqon universitetida baholash tavsifi

Baho Foiz GPA
A+ 95-100 4.5
A 90-94 4.0
B+ 80-89 3.5
B 70-79 3.0
C+ 65-69 2.5
C 60-64 2.0
F 0-59 0
 

Izoh: Talaba 0-59 oraligʻida oʻzlashtirish koʻrsatkichiga yoki bir fanning 1/3 qismiga sababsiz qatnashmasa oʻqiyotgan semestrida mazkur fandan oʻzlashtirmagan (fail), akademik qarzdor hisoblanadi.

Oʻzlashtirilmagan fanlarni qayta oʻzlashtirish uchun talaba oʻrnatilgan tartibda fan oʻqituvchisi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishi zarur.

Talabaning fan boʻyicha oʻzlashtirish koʻrsatkichini nazorat qilishda quyidagi mezonlar tavsiya etiladi:

a) aʼlo (A, A+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini toʻliq yorita olsa
  • fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiylik va mantiqiylik saqlanib, ilmiy xatolik va chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fan boʻyicha mavzu materiallarining nazariy yoki amaliy ahamiyati haqida aniq tasavvurga ega boʻlsa
  • fan doirasida mustaqil erkin fikrlash qobiliyatini namoyon eta olsa
  • berilgan savollarga aniq va loʻnda javob bera olsa
  • konspektga puxta tayyorlangan boʻlsa
  • mustaqil topshiriqlarni toʻliq va aniq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy-xuquqiy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa
  • fanga tegishli mavzulardan biri boʻyicha ilmiy maqola chop ettirgan boʻlsa
  • tarixiy jarayonlarni sharxlay bilsa

b) yaxshi (B, B+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fanning moxiyati va mazmunini tushungan, fandagi mavzularni bayon qilishda ilmiy va mantiqiy chalkashliklarga yoʻl qoʻymasa
  • fanning mazmunini amaliy ahamiyatini tushungan boʻlsa
  • fan boʻyicha berilgan vazifa va topshiriqlarni oʻquv dasturi doirisida bajarsa
  • fan boʻyicha berilgan savollarga toʻgʻri javob bera olsa
  • fan boʻyicha konspektini puxta shakllantirgan boʻlsa
  • fan boʻyicha mustaqil topshiriqlarni toʻliq bajargan boʻlsa
  • fanga tegishli qonunlar va boshqa meʼyoriy xujjatlarni oʻzlashtirgan boʻlsa

c) qoniqarli (C, C+) baho olish uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • fan xaqida umumiy tushunchaga ega boʻlsa
  • fandagi mavzularni tor doirada yoritib, bayon qilishda ayrim chalkashliklarga yoʻl qoʻyilsa
  • bayon qilish ravon boʻlmasa
  • fan boʻyicha savollarga mujmal va chalkash javoblar olinsa;
  • fan boʻyicha matn puxta shakllantirilmagan boʻlsa

d) quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi qoniqarsiz (F) baho bilan baholanishi mumkin:

  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga tayorgarlik koʻrilmagan boʻlsa
  • fan boʻyicha mashgʻulotlarga doir xech qanday tasavvurga ega boʻlmasa
  • fan boʻyicha matnlarni boshqalardan koʻchirib olganligi sezilib tursa
  • fan boʻyicha matnda jiddiy xato va chalkashliklarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa
  • fanga doir berilgan savollarga javob olinmasa
  • fanni bilmasa

9. Imtihonga qoʻyilgan talab va koʻrsatmalar

1. Talaba imtihon nazorati qoidalarini buzgan hollarda, mazkur fandan imtihon bali bekor qilinishi haqida ogohlantiriladi

2. Komissiya aʼzosi imtihon boshlanishini eʼlon qilgunga qadar imtihon varagʻini ochish taʼqiqlanadi

3. Talaba uyali yoki boshqa aloqa vositalari, gadjetlarni oʻchirib, komissiya aʼzosi koʻrsatmasiga binoan oʻzidan uzoqlikda saqlashi shart. Kitob, manuskript, daftar va boshqa koʻmaklashuvchi materiallardan foydalanish mumkin emas

4. Talabalar bir-biri bilan gaplashishi, imtihon varaqlarini koʻrsatishi, koʻchirtirishi, boshqalarni chalgʻitishi maʼn etiladi

5. Oziq-ovqat va ichimliklarni auditoriyaga olib kirishi mumkin emas. Shifokor koʻrsatmasiga binoan dori-darmon, kichik idishdagi suv bundan mustasno

6. Auditoriyadan ruxsatsiz chiqish mumkin emas. Xususan, imtihonning birinchi va oxirgi 10 minutida auditoriyadan chiqish taʼqiqlanadi. Talaba imtihon varaqasini muddatidan oldin topshirib chiqib ketgan holatda qayta auditoriyaga qoʻyilmaydi

7. Komissiya aʼzosi imtihon tugashini eʼlon qilganidan soʻng, talaba yozishni toʻxtatadi va imtihon varaqlari yigʻilgunga qadar auditoriyani tark etmaydi

10. Fan oʻqituvchisi toʻgʻrisida maʼlumot

Mualliflar:

Kurbanova Shoxidaxon Alijon qizi

Turgunova Buxalicha Abdumutalib qizi


Yangi muallif qoʻshish

Elektron pochta: shohidaxon199011@gmail.com
buxalicha1993@gmail.com
Tashkilot va kafedra: Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Ingliz filiologiyasi kafedrasi
Taqrizchilar:

A.Mamatkulov - Qoʻqon universiteti Andijon filiali, Professor

M.Abduvaliyev - Andijon davlat chet tillar instituti, Professor


Yangi taqrizchi qoʻshish

Talabalarni erkin qabul qilish kuni: Payshanba-Juma, soat 13:00 – 16:00

 

Sillabus Universitet Kengashining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan tasdiqlangan.

 

Sillabus «Ingliz filiologiyasi» kafedrasining 2025-yil ___ avgustdagi 01-sonli yigʻilish bayoni bilan maʼqullangan.

 
 
 
       

(imzo)

G.Xolbutayev

Akademik ishlar departament boshligʻi

(imzo)

S.Dadabayev

Fakultet dekani

(IT va ijtimoiy-gumanitar)

(imzo)

D.Egamnazarova

Kafedra mudiri

(imzo)

Sh.Kurbanova

Fan oʻqituvchisi

       

(imzo)

B.Turgunova

Fan oʻqituvchisi